Kosmik sayohatlar
Avvallari inson shunchaki parvoz qilishni orzu qilardi. Koinot haqidagi bilimlar rivojlanib, boshqa osmon jismlarining hamda, umuman fazoning tuzilishi borasida olimlarda muayyan ilmiy faktlar paydo bo'lar ekan, endilikda odamzot shunchaki havoda parvoz qilishni emas, balki boshqa sayyoralarga, boshqa galaktikalarga ham uchishni orzu qilib qoldi. Koinotga parvoz va kosmik sayohatlar haqidagi ilk mulohazalar albatta fantastik adabiyotlarda paydo bo'lgan. Chunonchi 1865-yilda nashrdan chiqqan "Yerdan Oyga" asarida mashhur fantast yozuvchi Jyul Vern Oyga sayohat haqida yozadi. Muallif bu asarda fizika qonunlarini deyarli inobatga olmagan holda, asosan erkin badiiy to'qimalar orqali syujetni ifodalaydi. Lekin Edvard Xeylning "g'isht Oy" nomi hikoyasi haqida bunday deya olmaymiz. Mazkur hikoyada muallif orbitaga g'ishtdan yasalgan sferani uchirilishi haqida yozadi. Hikoya g'oyasiga ko'ra, muhandislar tomonidan yasalgan g'isht sfera aslida Yer orbitasiga chiqarilishi va u Yer sharining hamma joyidan ko'rinib turadigan obyektga aylanishi kerak bo'ladi. Loyihachilar ushbu sferadan navigatsiya signali sifatida foydalanishni ko'zda tutishadi. Lekin uni uchirish paytida qilingan xato tufayli, g'isht sfera ichida odamlar qolib ketadi va ular koinotga parvoz qilishadi.






Yerda tarqalganligi bo'yicha ikkinchi o'rinda turuvchi element - davriy jadvaldagi 14-raqamli element - kremniy sanaladi. Yer qobig'ining ≈20% qismini aynan kremniy tashkil qiladi. Tosh, tuproq va boshqa ko'plab qattiq jinslarning asosi aynan kremniydan iborat bo'ladi.


