Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Shryodinger tenglamasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 27
Juda yomon!A'lo! 

Shryodinger tenglamasi

Ervin Shryodinger

Zamonaviy fizikadagi eng asosiy tenglamalardan biri bo'lgan mashhur Shryodinger tenglamalarining yuzaga kelishi haqida fizik olimlar ichida o'ziga xos folklor shakllangan. Haqiqatan ham, mohiyatiga e'tibor qaratilsa, Shryodinger tenglamalari o'zaro ziddiyatli g'oyalarni uyg'unlashtirayotganga o'xshaydi. Aslida ushbu tenglamalar orqali odamzot olam tuzilishiga oid eng nozik sirlardan birini bilib olgan. Shryodinger tenglamasi kvant zarralarining dual, ya'ni, ikki xil tabiatini bitta ixcham tenglamada mujassamlashtiruvchi differensial tenglama bo'lib, u kvant zarralarining korpuskulyar va to'lqin tabiatini namoyon qiladi.

Hikoya qilinishicha, 1926-yilda Avstriyalik nazariyotchi fizik Ervin Shryodinger Syurix shahrida tashkillangan xalqaro ilmiy seminarda mikrodunyodagi obyektlar tabiatiga ko'ra zarracha emas, balki to'lqin xossalarini namoyon qilishi haqidagi g'alati g'oyalar haqida ma'ruza o'qiydi. Uning fikrlari aksariyat fiziklar uchun anglash qiyin bo'lgan uydirma singari yangragan. Masalaning asl mohiyatidan bexabar ba'zi hamkasblari esa Shryodingerni ochiqchasiga kalaka qilishga ham jazm qilishgan. Chunonchi, seminarda hozir bo'lgan keksa fizik-akademiklardan biri so'z olib, "Shryodinger, nahotki aytayotganlaringizning barchasi bo'lmag'ur safsata ekanini o'zingiz sezmayapsiz? Yoki bizlarni to'lqinlarni to'lqin tenglamalari orqali ifodalanishini bilmaydi deb o'ylaysizmi?" - deb kesatiq qilgan ekan.

Yangilаndi: 10.02.2025 16:03
 

Antrop tamoyili

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Antrop tamoyili

Hozirgi kunda zamonaviy fizika, ayniqsa astrofizika hamda subatom zarrachalar tabiati bilan shug'ullanuvchi olimlarning aksariyati (deyarli hammasi) shunday yakdillikka kelmoqdalar: "Agar koinot, butun olam, ya'ni borliq salgina boshqacharoq tuzilganida, unda hayotning vujudga kelishi imkonsiz bo'lur edi va koinot-borliq haqida tafakkur yurituvchi biz kabi ongli mavjudotlar umuman bo'lmasdi".

Olam muvozanatining ilmiy qonuniyatlari bilan tanishib, hayratlanmaslikning, yaratuvchining favqulodda buyuk qudratidan lol qolmaslikning iloji yo'q. Biz yashayotgan koinot aynan biz uchun, maxsus yaratilgandek. U hayot paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun yagona imkonli tizim-muvozanatga asoslangan eng oliy va mukammal yaratilmishdir. Bunday yondoshuvni, ya'ni, olam tuzilishining biz ko'rib, yashab turgan shaklidan boshqacha shakli bo'lishi mumkin emasligini olimlar "Antrop tamoyili" deb yuritishadi. Unga ko'ra, agar koinot Ulkan Portlashdan keyin, salgina boshqacha yo'nalishda rivojlanganida, masalan, sal tezroq yoki sal sekinroq rivojlanganida, hozirgidek, materiyaning turli shakllari - qattiq jismlar ham, gazlar ham va umuman moddiyat dunyosi shakllanmagan bo'lardi deb taxmin qilinadi.

Yangilаndi: 08.10.2026 16:12
 

Slanesli neft

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Slanesli neft

Avvalo slanes haqida. Slanes - qatlam-qatlam ko'rinishdagi tog' jinsi bo'lib, bu qatlamlar osonlik bilan o'zaro ajraladi. Slanesli neft (inglizchasi - "shale oil") - yonuvchan slaneslarga qo'shimcha kimyoviy va mexanik ishlov berish natijasida olinadigan noaa'anaviy neft bo'lib, u kerogen moddasiga boy bo'lgan slaneslardan olinadi. Kerogen - butum holiga kelib qolgan organik moddadir. Slanesli neft olishda odatda salnes konlaridan olingan jinslarni piroliz qilinadi yoki gidrogenlanadi, yoxud, termik eritish bilan qayta ishlanadi. Bunda slaneslardagi organik moddalar qoldiqlari sintetik uglevodorodlarga, ya'ni, sintetik gaz va neftga aylanadi. Bunday usul bilan olingan neft to'g'ridan-to'g'ri yoqilg'i sifatida ishlatilishi, yoki, NQZ larda qo'shimcha qayta ishlanishi (oltingugurt va azot qoldiqlaridan tozalanishi) mumkin. Slanesli neft mahsulotlari ham an'anaviy neft mahsulotlari singari, ular bilan bir xil maqsadlarda qo'llanilishi mumkin.

Slanesli neft ("shale oil") atamasi shuningdek, an'anavaiy yengil neftni ifodalash uchun ham keng qo'llanliadi (ayniqsa AQSHda). Bunday neft ham slanesli qatlamlar jinslari va ularga yaqin zich kollektorlardan qazib olinadi. Lekin bunda piroliz va boshqa kimyoviy ta'sir usullari qo'llanilmaydi. Bunday yengil neft bilan slanesli neftni, o'zaro farqlab belgilash uchun, Xalqaro Energetika Agentligi, "light tight oil" (qisqacha LTO) atamasini qo'llashni tavsiya qiladi.

Yangilаndi: 17.02.2025 08:06
 

Fraungofer chiziqlari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Fraungofer chiziqlari

Yozef Fraungofer 1814-yilda quyosh spektrida yuzlab noma'lim chiziqlarni (yutilish chiziqlari) aniqladi va difraksion panjara yordamida ulardan aksariyatining to‘lqin uzunliklarini o‘lchadi. Nisbatan intensiv chiziqlarni Fraungofer lotin harflari bilan belgiladi. Jadvalda ularning qiymatlari keltriladi.

Yangilаndi: 13.12.2018 17:08
 

Stefan-Bolsman qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 28
Juda yomon!A'lo! 

Stefan-Bolsman qonuni

Mutlaq qora jismning yorqinligi, uning haroratining to'rtinchi darajasiga teng.

Qizigan jismlar turli to'lqin uzunliklariga ega bo'lgan elektromagnit nurlanishlar taratadi. Biz biror jism haqida "qip-qizarib qizib ketibdi" deganimizda, shu narsa oydinlashadiki, mazkur jismning harorati, uning issiqlik nurlanishi spektrning ko'zga ko'rinadigan qismida sodir bo'ladigan darajada baland ekan. Jarayonga atomlar miqyosida nazar tashlasak, nurlanish bu - qo'zg'atilgan atomlar tomonidan fotonlarning uchirib chiqarilishi natijasi ekanligini ko'rgamiz. Issiqlik nurlanishi energiyasining jism harorati bilan bog'liqligini ifodalovchi fizika qonuni avvaliga amaliy tajriba natijalari asosida, Avstriyalik fizik Yozef Stefan tomonidan qayd qilingan bo'lib, ushbu ilmiy qonunning nazariy asoslanishini esa, Stefanning yurtdoshi va shogirdlaridan biri - Lyudvig Bolsman tomonidan amalga oshirilgan.

Ushbu qonunning amalda qanday bajarilishini tasavvur qilish uchun, shunday narsani faraz qilamiz: Quyoshning qa'rida nur taratayotgan atomni tasavvur qiling. Uning taratgan nurini boshqa bir atom yutadi va u ham o'z navbatida qayta nurlantiradi. Shu tarzda nur atomdan atomga uzatilib, zanjir tarzida tarqatiladi va shu sababli ham butun yalpi sistema umumiy energetik muvozanatni saqlab turadi. Muvozanat holatida, muayyan bir aniq chastotadagi yorug'lik nurini bir atom biror joyda yutsa, huddi shu chastotadagi aynan shunday yorug'lik nurini boshqa bir atom boshqa bir joyda nurlatadi. Natijada, spektrning har bir to'lqin uzunligiga tegishli yorug'lik nurlari intensivligi o'zgarmasdan saqlanadi.
Quyosh ichakrisidagi harorat, uning markazidan uzoqlashgan sari pastlab boradi. Shu sababli ham, Quyosh sirtiga tomon harakatlanar ekan, yorug'lik nurlanishining spektri atrof muhit haroratiga nisbatan balandroq haroratga ega darajalarga intilib-muvofiqlashib boradi. Natijada, Stefan-Bolsman qonuniga binoan, endilikda Quyosh sirtiga kelib qolgan yorug'lik nurlanishi, nisbatan past energiya hamda, chastotlarda chiqa boshlaydi. Lekin, ayni damda, energiyaning saqlanish qonuniga muvofiq, ushbu yorug'lik nurlanishi ko'p sondagi fotonlarning uchib chiqishiga xizmat qila boshlaydi. Shu tarzda, mazkur fotonlarning Quyosh sirtiga yetib kelgan paytidagi spektral taqsimoti, Quyosh qa'ri markazining haroratiga (≈15000000 K) emas, balki, Quyosh sirtining haroratiga (taxminan ≈5800 K yoki, ≈6000 °C) muvofiq keladi.

Yangilаndi: 10.02.2025 16:06
 


Maqolaning 85 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135083

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)