Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

"Shotland kitobi"

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

"Shotland kitobi"

"Shotland kitobi" - matematiklar uchun mutaxassislikka oid kitoblar ichida o'ziga xos "muqaddas" kitoblardan biri sanaladi (ko'chma ma'noda albatta). "Shotland kitobi" - turli qiyinlik darajasidagi matematik masalalardan iborat to'plam bo'lib, ulardan aksariyati o'z yechimini topgan, aksariyati esa, hamon yechimini kutayotgan masalalardir. Qiziqarli va sirli tarixi tufayli ushbu kitob hozirda ham butun jahon bo'ylab professional va havaskor matematiklarning diqqat markazida bo'lib kelmoqda. Eng qizig'i esa, kitob nomi "Shotland kitobi" bo'lishiga qaramasdan, uning Shotlandiyaga ham, shotland millatiga ham umuman aloqasi yo'q...

Yangilаndi: 20.02.2025 10:27
 

Qochish tezligi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Qochish tezligi

Kamondan osmonga tik yo'naltirib (vertikal) o'q uzilganda, o'q ma'lum masofagacha ko'tarilib, keyin yana baribir Yerga qaytib tushadi. Agar kamon ipini tarangroq tortib o'q uzilsa, o'q nisbatan uzoqroqqa ko'tariladi va ko'proq muddat havoda bo'lib qaytadi. Kamondan o'q uzilganda o'q hech qachon Yerga qaytib tushmaydigan darajada tezlik olib uchib ketsa, bunday tezlikni "qochish tezligi" (ilmiy tilda "ikkinchi kosmik tezlik") deyiladi va fizik formulalarda u ve bilan belgilanadi. Ushbu tezlikni o'rta maktab fizika kursida tanishtirladigan oddiy formula vositasida hisoblash mumkin:

Yangilаndi: 08.10.2026 16:12
 

"MIR" orbital stantsiyasi

E-mail Chop etish PDF

"MIR" orbital stantsiyasi

 

1986-yilda orbitaga chiqarilgan "MIR" orbital stantsiyasi Yer sayyorasi atrofida sun'iy yo'ldosh sifatida 89067 marotaba aylanib chiqdi, 12 ta davlatdan koinotga parvoz qilgan 104 nafar fazogirga o'ziga xos fazoviy uy bo'lib xizmat qildi. 2001 yilda esa aylanishdan to'xtatilib, yerga qaytarildi.

 

"MIR" orbital stantsiyasi - XX asr fan-texnikasining eng buyuk yutuqlaridan biri bo'lib, u 1986 yilning 19 fevralida, Sobiq ittifoq tomonidan bir modulli - asosiy blok shaklida yer orbitasiga chiqarilgan edi. Bosqichma bosqich ravishda fazoviy yuk kemalari yordamida "MIR" orbital stantsiyasi uchun qo'shimcha modullarni olib chiqib o'rnatildi va ular 6 ta tutashuvchi portlarga ulandi. 2001 yilga kelib, "MIR" orbital stantsiyasining vazni 124 tonnaga yetib qoldi va eng yirik fazoviy apparat maqomini oldi. (hozirda Xalqaro Fazoviy Stantsiya - XFSning vazni bundan ortib ketgan.) fazoviy ekspeditsiyalardan birining ishtirokchisining iborasi bilan aytganda, "MIR" orbital stantsiyasi bir biri bilan old oynalari tarafdan maxkam jipslashtirilgan 4 ta maktab avtobuslarini eslatardi. Mazkur stantsiyaga fazogirlar odatda "Soyuz TM" fazoviy kemasida uchib borishgan va qaytishgan. Kosmik yuklar va jo'natmalarni esa, uchuvchisiz fazo kemasi "Progress-M" da tashilgan. 1990 yillarning o'rtalariga kelib, "MIR" Xalqaro Orbital Stantsiya maqomini oldi. 1995 yilning 27 iyun kuni "MIR" va AQSHning "Atlantis" fazo kemasi bilan dastlabki tutashuvi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Shu vaqtdan boshlab, "MIR"ga rus (ittifoq) fazoviy kemalaridan tashqari AQSHning "Endeavor", "Atlantis" va "Discovery" fazoviy shatllarining to'qqiz marotaba parvozi amalga oshirildi.

Yangilаndi: 06.02.2025 10:17
 

Bronza

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Bronza

Milodgacha bo'lgan uchinchi ming yillikdayoq insonlar o'z xo'jalik faoliyatlarida metalllardan keng miqyosda foydalana boshladilar. Toshdan yasalgan mehnat qurollaridan metall asboblarga o'tish jarayoni insoniyat tarixida juda ulkan va mislsiz ahamiyatga ega bo'lgan. Aytish mumkinki, insoniyatning ijtimoiy taraqqiyotiga boshqa hech bir ixtiro bu darajadagi ta'sir ko'rsatmagan.

Keng miqyosda qo'llanila boshlagan birinchi metall - mis bo'lgan. Mis ajratib olish uchun zarur tosh ma'danlarni doimiy izlash jarayonida qadimgi odamlar misning qizg'ish-yashil yoki, yashil-kulrang ranglardagi tabiiy yaxlit namunasiga e'tibor qaratishgan. Qoyatoshli sohillar bo'ylab ular mis kolchedan va qizil misli ruda (kuprit)lar duch kelishgan. Avvaliga odamlar ularni oddiy toshlarga ishlov bergandek qayta ishlab foydalanishgan. Tez orada ular mis bo'lagining toshbolg'a zarbalari bilan urib ishlov berilganidan so'ng, uning qattiqlik xususiyati sezilarli darajada ortgani va yanada qulayroq asboblar yasash uchun yaroqli holatga kelganini payqashdi.

Yangilаndi: 22.01.2025 11:48
 

Kobalt

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 22
Juda yomon!A'lo! 

Kobalt

Kobalt - kimyoviy elementlar davriy jadvalining to'rtinchi davrning to'qqizinchi elementi. Formulasi Co. Kobaltning formulasi, uning lotincha nomi  "Cobaltum"ning dastlabki ikki harfidan kelib chiqqan bo'lib, u olmon tilidagi "kobold"  "uy pakanasi", "uy gnomi" ma'nolarini angltadi.

Oddiy modda sifatidagi kobalt Co  oqish, lekin biroz sarg'ishga tortadigan kumush rangli modda.  U ikki xil kristall modifikatsiyalrga ega, bular: geksagonal zich strukturali kobalt  Î±-Co , hamda, kubsimon panjarali strukturali kobalt bo'lmish β-Co.

Yangilаndi: 30.01.2025 07:48
 


Maqolaning 82 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Bir kuni Evkliddan so'rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma'qulmi, yoki to'rtta yarimtakkimi?

-To'rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo'qmi aniq ko'rinib turgan bo'ladi.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135081

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!