Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Yelkan va kema

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Yelkan va kema

Yelkanning ajdodi juda qadimdayoq, odam endigina qayiqlar yasab, dengizga chiqishga jur'at etgan zamonlardayoq paydo bo'lgan deb hisoblanadi. Dastavval yelkan sifatida yog'ochlarga mahkamlab bog'langan hayvon terisi xizmat qilgan. Qayiqda turgan odamga uni doimiy qo'lda tutib turishga va shamol yo'nalishiga muvofiq burib - sozlab borishga to'g'ri kelgan. Odamlar yelkanlarni mahkamlash uchun machta va to'sinlardan foydalanishni qachon ixtiro qilgani noma'lum. Lekin, davrimizgacha yetib kelgan qadimgi Misr malikasi Xatshepsut kemalarining tasvirlaridayoq yog'ochdan ishlangan kema machtasi va to'sinlarini, shuningdek shtag (machtani orqasiga ag'anab ketishidan tutib turuvchi chilvir arqonlar) hamda, yelkanni ko'tarib, tushirishga mo'ljallangan moslamalarni ko'rish mumkin. Shu tufayli Yelkanli kemalarning paydo bo'lishini ham juda qadim zamonlarga bog'lash o'rinli. Bu borada ilmiy jamoatchilikning aniq fikri yoq.

Yangilаndi: 22.01.2025 11:47
 

2015-yilning eng ilg'or fan fidoiylari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

2015-yilning eng ilg'or fan fidoiylari

Nature jurnali ilm-fan olamida 2015-yil yakunlariga bag'ishlangan qator maqolalar chop etdi. Unda jumladan 2015-yil davomida o'z fan sohasida eng katta natijalarga erishgan va ilm yo'lida fidoiylik ko'rsatgan ilg'or fan kishilari haqida so'z boradi.

"Embrion muharriri", "Pluton ovlovchi", "Iqlim posboni" va "Yadro diplomati" - "Nature" jurnali 2015 yil davomida jahon ilm osmonida yorqin iz qoldirgan eng ilg'or va fidokor olimlarni aynan shunday nomlar bilan sharaflagan. Orbita.uz sayti ham o'z mutolaachilarini ushbu olimlarning faoliyati va natijalari bilan tanishtirishni o'rinli deb topdi.

"Iqlim posboni" - Kristina Figers

Parijda o'tkazilgan iqlim o'zgarishlari konferensiyasi  � ReutersKristina Figers - Kosta-Rikalik diplomat bo'lib, o'z diplomatik faoliyatining katta qismini Yer sayyorasida iqlim o'zgarishlari masalalarini o'rganish va uning salbiy oqibatlarini oldini olishga bag'ishlagan. Figersning aytishicha, uning iqlim o'zgarishlari masalalarini o'rganishga kirishishi uchun turtki bo'lib, Kosta-Rika o'rmonlarida yashovchi qurbaqa turlaridan birining uning ko'z oldida butunlay qirilib ketganligi bo'lgan ekan. U o'sha qurbaqani bolaligida o'zi ko'rganligi, lekin katta bo'lganida bu qurbaqa turi yo'q bo'lib ketganligi va endi o'z farzandlariga qurbaqa haqida faqat ertaknamo hikoya qilayotganligini afsus bilan ta'kidlaydi. "Bu narsa meni larzaga soldi", - deydi Figers. "Atmosfera haroratining asta sekinlik bilan o'sib borishi, mazkur qurbaqaning yashash sharoitini yo'qqa chiqardi. Natijada ushbu tur butunlay yo'q bo'lib ketdi. Men bu jonzot haqida bolalarimga hikoya qilib berar ekanman, u haqida eski adabiyotlardangina ma'lumot topardim. Men bu borada yangi materiallar yig'a boshladim va o'sha lahzalarda o'zimni Yerdagi iqlim o'zgarishlari masalalariga bag'ishlashim kerakligini anglab yetdim".

Yangilаndi: 31.01.2025 08:57
 

Kichik yashil odamcha, yoki pulsarlardan signallar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Kichik yashil odamcha, yoki pulsarlardan signallar

1967-yilda Kembrij tashqarisida o'rnatilgan ulkan radioteleskop koinotdan kelayotgan qat'iy davriy impulsli signallarni qayd etdi. Albatta, o'sha paytda bu signallarni o'zga sayyoraliklar jo'natishmoqda degan fikr hech kimning aqliga sig'magan. Lekin, teleskopni tasarruf qiluvchi mutaxassislar bu signallarni aynan o'zga galaktikalardan ongli mavjudotlar yuborishmoqda degan g'oya bilan butun olamga shov-shuv ko'tarishgan edi.

Yangilаndi: 14.02.2025 14:26
 

Elektromagnit nurlanishlar spektri

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 22
Juda yomon!A'lo! 

Elektromagnit nurlanishlar spektri

Elektromagnit nurlanishlarning radioto'lqinlardan boshlanib, gamma-nurlanishlar bilan yakunlanuvchi turli xillari mavjud bo'lib, ular bir-biridan faqat to'lqin uzunligiga ko'ra farqlanadi xolos. Elektromagnit to'lqinlar vakuumda yorug'lik tezligida tarqaladi.

 

Maksvell qonunlarining kashf qilinishidan keyin, ushbu qonunlar o'sha zamonda hali fanga ma'lum bo'lmagan tabiat hodisasi - elektromagnit to'lqinlarning mavjudligiga ishora berayotgani ma'lum bo'ldi. Bunday to'lqinlar o'zaro bog'liq elektr va magnit maydonlarining fazoda yorug'lik tezligida tarqaluvchi tebranishlarini o'zida namoyon qiladi. Ushbu mulohazalarni va o'zi kashf qilgan qonunlardan kelib chiqadigan boshqa muhim xulosalarni Jeyms Klark Maksvell tenglamalar sistemasi ko'rinishida ilmiy jamoatchilik e'tiboriga havola qilgan. Ushbu tenglamalarga ko'ra, elektromagnit to'lqinlarning vakuumdagi tarqalish tezligi shunchalik muhim va fundamental qiymat bo'lib chiqdiki, uning butun olam uchun universial konstanta ekanligi vajidan, fizikagi boshqa tezliklarni ifodalash uchun qo'llaniluvchi v belgisi o'rniga, ushbu tezlik uchun (ya'ni, elektromagnit to'lqinlarning tarqalish tezligi uchun) alohida bir belgi - c qo'llanilishi kerakligiga qaror qilindi.

Ushbu kasfiyotdan keyin, Maksvell darhol shuni tushundiki, biz ko'zlarimiz bilan koradigan oddiy yorug'lik nurlari, ya'ni, ko'rinuvchi yorug'lik, tabiatda mavjud rang-barang elektromagnit to'lqinlar xilma-xilligining atiga kichik bir qismi xolos ekan. Bu vaqtda ko'zga ko'rinadigan nurlar spektridagi yorug'lik to'lqinlarining to'lqin uzunliklari allaqachon fanga ma'lum bo'lib, ya'ni, binafsharang spektridan boshlab (400 nm) spektrning qizil qismi (800 nm) gacha bo'lgan uzunlikka ega elektromagnit to'lqinlarni odamzot bevosita, o'z ko'zi bilan tabiiy ravishda kuzatib kelayotgan edi. (nm - nanometr, ya'ni, 10-9 metr uzunlik).

Yangilаndi: 13.02.2025 16:07
 

Fosfor - yog'dulanuvchi element

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Fosfor - yog'dulanuvchi element

1669-yilda olmon kimyogari Xennig Brandt siydik tarkibini tahlil qilish uchun undagi suvni bug'latib yubordi va idishda qolgan cho'kindi quyqalarni sinchiklab tekshirib chiqdi. Shu asnoda Brandt davriy jadvaldagi biz bilgan 15-raqamli element - fosforni kashf qilgan edi. Bu - yumshoq mumsimon modda holida bo'lib, oddiy xona sharoitida ochiq havoda o'zidan o'zi yonardi va shu sababli, o'zidan muayyan yorug'lik chiqarardi.

o'zi kashf qilgan moddaning yashil nur chiqarayotganligi sababli Brandt unga yunoncha fosfor, ya'ni, "nur taratuvchi" deb nom bergan.

Yangilаndi: 10.02.2025 15:43
 


Maqolaning 81 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135083

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)