Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Kimyoviy struktura nazariyasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 16
Juda yomon!A'lo! 

Kimyoviy struktura nazariyasi

XIX-asr boshlarida g'arblik kimyogarlar orasida Devi-Berselius elektrokimyoviy nazariyasi yetakchilik qilardi. Xususan, Berseliusning nazariyasiga ko'ra, har qanday kimyoviy birikma ikki qismdan iborat bo'ladi va bu qismlardan biri albatta zaryadlangan, elektrmusbat bo'lsa, ikkinchisi - elektrmanfiy bo'ladi deb ishonilgan. Shunga muvofiq, Berselius o'ziga ma'lum barcha elementlarni qatorlarga taqsimlab chiqqan va unga ko'ra, kislorod elektrmanfiyligi eng yuqori, kaliy esa elektrmusbatligi eng baland element deb hisoblangan. Olim o'zining fikricha eng yuqori elektrmanfiylikka ega elementlarni metalloidlar deb atagan va nisbatan elektrmusbatligi baland bo'lgan elementlarni esa metallar deb atagan.

Biroq, XIX-asrning 30-yillariga kelib, farang kimyogari Jan-Batist Dyuma ushbu, Devi-Berselius nazariyasiga kuchli zarba berdi. U organik birikmalar uchun "turlar nazariyasi" deb nomlangan mutlaqo boshqa bir tasniflashni taklif qilgan edi. Unga muvofiq, murakkab jismning kimyoviy tuzilishini uni tashkil qiluvchi elementlarning tabiati belgilaydi degan g'oya unchalik to'g'ri emas deb ta'kidlanadi va birikmaning kimyoviy xossalarini undagi atomlarning joylashish tartibi hamda, nechog'lik bir xilligi belgilaydi degan fikr ilgari suriladi.  Lekin Dyumaning bu qarashlari ham tez orada bir qator ziddiyatlarga borib qoldi.

Yangilаndi: 28.01.2025 16:23
 

Gugurt

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 18
Juda yomon!A'lo! 

Gugurt

Gugurt har doim inson maishiy turmushidagi eng asosiy elementlardan biri bo'lgan. Bir qarashda arzimas tuyuladigan ushbu narsa uyda bo'lmasa, pechkangizda o't qalay olmaysiz, ovqatingiz pishmaydi va ichingiz ham yorishmay yuraverasiz. Ixxolaynen arzimagan gugurtga ketib, nima sarguzashtlarni boshidan kechirganini esa ko'pchilik yaxshi eslaydi. Xullas, ro'zg'orda markaziy o'rinlardan birini egallovchi bu matoh istaymizmi, yo'qmi, o'zi bilan doim hisoblashishga majbur qiladi.

Biz gugurt donasini quti chetidagi dag'al devorga chirq etib ishqash orqali, osongina olov chiqaramiz. Va oramizda juda ko'pchilik, ushbu chirq etgan chaqnash lahzasida, shundoqqina ko'z o'ngimizda qandayin kimyoviy reaksiyalar sodir bo'lgani haqida o'ylab ham ko'rmaymiz. Vaholanki, siz bilan biz shu tarzda osongina olov chiqara olishimiz uchun bundayin qulay vositani ixtiro qilish yo'lida bir zamonlar ne-ne aql egalari bosh qotirmagan deysiz. Ha, ushbu oddiy gugurt haqiqatan ham, odamzotning eng buyuk ixtirolari sirasiga kiradi. Bunga amin bo'lish uchun, avvallari olov yoqish uchun odamlar qanchalik qiynalishganini esga olish kifoya. "Sannikov yeri" filmi esingizdami? Shaman va ikkita baquvvat yigit olov chiqaraman deb yog'ochni yog'ochga obdon ishqashadi.

Yangilаndi: 06.02.2025 10:13
 

Kimyo tili

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 47
Juda yomon!A'lo! 

Kimyo tili

Kimyo tili. Kimyoga oid atamalar va terminlar etimologiyasi.

Ushbu kitob Ilya Abramovich Leenson (1945-2019) tomonidan yozilgan ruscha «Язык науки» kitobining tarjimasi asosida tartiblangan bo'lib, elementlar, birikmalar nomlari va boshqa terminlarning o'zbek tilidagi muqobillari va ularning nomi uchun ham sharhlar tarjimon tarafidan mustaqil kiritilgan.

Asl manba, ya'ni, «Язык науки» kitobi aslida ancha katta bo'lib, ushbu tarjima uning uchdan bir qismini qamrab olgan xolos. Shu sababli, asl manbaning keyingi boblari tarjima qilinishi asnosida, ushbu kitob ham to'ldirib boriladi.

 

Diqqat! Kitobxonlardan va kimyo sohasi mutaxassislaridan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko'rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz. Kitob mutlaqo to'g'ri tarjima qilingan degan da'vodan yiroqmiz. Shunga muvofiq, taklif qilingan tuzatishlar, o'rinli ko'rsatilgan xatolarimizni tuzatishga tayyormiz.

Bu kitobni hech qanday rasmiy manba yoki ilmiy lug'at sifatida emas, balki, yordamchi ilmiy-ommbop lug'at sifatida ko'rasizlar degan umiddaman.

Yangilаndi: 05.02.2025 08:31
 

Antoni van Levenguk

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 16
Juda yomon!A'lo! 

Antoni van Levenguk
(1632-1723)

Antoni van Levenguk 1623-yilning 24-oktyabrida Gollandiyaning Delft shahrida, Antonizon van Levenguk hamda, Margaret Bel van den Berch oilasida tug'ilgan. Uning bolalik yillari qiyinchilikda kechgan. U 6 yoshidayoq otasidan ayrilgan. Shu sababli, ishlab, oilasiga moddiy yordam berish uchun, bolalik paytidanoq u mahalliy hunarmandlarga xizmat qila boshlagan. Ko'p o'tmay, uni movut to'qiydigan ustaga shogirdlikka berishgan. O'smir yoshiga yetgan Levenguk allaqachon o'zi movut va kigiz tayyorlash qo'lidan keladigan va o'z mahsulotlari bilan o'zi savdo qiladigan ustaga aylangan edi. U avvaliga o'zi kigiz tayyorlab sotib yurib, keyin esa, savdo va hisob-kitob (buxgalteriya) ishlariga uquvi borligini namoyish qildi. Uning o'zi mustaqil shug'ullanish orqali egallagan matematik bilimlari, maktabda maxsus o'qiganlardan qolishmas darajada edi. Uning savdo va hisobchilik qoidalarini puxta bilishi tufayli, Amsterdamlik bir puldor savdogar o'ziga qarashli savdo markazida moliyaviy ishlarni yuritishni unga ishonib topshiradi. U avvaliga shunchaki, g'aznachi, keyinroq esa, hisobchi bo'lib ham ishlagan. Amsterdamda bir muddat ishlagach, Levenguk yana Delftga qaytadi va shahar sudida qo'riqchi bo'lib ishga kiradi. Uning vazifasi sud bo'layotgan paytda tinchlikni ta'minlash bo'lsa, boshqa payt, sud binosi va mulkini qo'riqlashdan iborat bo'lgan.

Yangilаndi: 10.02.2025 07:41
 

Edvin Xabbl

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 29
Juda yomon!A'lo! 

Edvin Xabbl

(1889-1953)

Edvin Xabbl XX-asr ilm-fani uchun tom ma'noda yorqin iz qoldirgan shaxsdir. Olim o'zidan keyin, uning nomi bilan ataladigan qonuniyat asosida evolyutsion rivojlanuvchi galaktikalar olami va Koinotning muttasil va shiddatli kengayishi bilan bog'liq favqulodda ulkan ilmiy meros qoldirdi. Uning astronomiya sohasida amalga oshirgan kashfiyotlari ko'lami shu qadar ulkanki, bejizga Xabbl Kopernik zamonasidan buyon dunyoga kelgan eng buyuk astronom deb e'tirof etilmagan.

Edvin Xabbl 1889-yilning 20-noyabr sanasida AQSHning Missuri shtatidagi Mensfild nomli kichik shaharchada dunyoga kelgan. Uning ajdodlari Amerikaga Angliyadan ko'chib kelishgan bo'lib, Xabblar shajarasi bu shaharda XVI-asrdan buyon yashab kelgan. Edvin Xabblning otasi Jon Paul Xabbl sug'urta agenti, onasi Virginiya Jeyms esa uy bekasi bo'lgan. Xabbl doim o'z oilasi, ayniqsa ota-onasi haqida eslaganda entikib, samimiy jilmayish bilan yodga olar edi. U doim o'z do'stlariga, ota-onasining naqadar mehribon va o'zaro ahil oila bo'lishgani haqida gapirib bergan. Haqiqatan ham, Xabbllar oilasi o'z yaqinlari ichida katta hurmat qozongan, mustahkam va ahil oila bo'lgan. Xabbllar oilasida Edvindan tashqari yana 7 ta farzand bo'lgan. Edvin Xabblning ona tomondan bobosining uyida eng oddiy, havaskor teleskop mavjud edi. Bo'lajak astronom olim, falakkiyot ilmiga qiziqishni aynan shu teleskop orqali, bobosi yordamida shakllantirib borgan.

Yangilаndi: 22.01.2025 09:25
 


Maqolaning 9 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14134822

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis