Boshqa sayyoralarda Quyosh qanday ko'rinadi?
Siz Quyosh ufqda chiqishi va botishini ko'p bora kuzatgan bo'lsangiz kerak. Ayrimlarga romantik kayfiyat bag'ishlovchi tong otishidagi shafaq va kun botishidagi ufq qizarishlari, sayyoramizning o'z o'qi atrofida aylanishi tufaylidir. Lekin, hech tasavvur qilib ko'rganmisiz, boshqa sayyoralarda tong otishi qanday bo'larkin? Bezakchi-rassom Ron Miller uzoq yillardan buyon koinot va sayyoralar tasviriga oid raqamli illyustratsiyalarni ishlab kelmoqda. Quyidagi tasvirlarda Ron Miller tomonidan chizilgan va turli sayyoralarda Quyoshning qanday ko'rinishini ifodalagan illyustratsiyalar keltirilgan. Keling, biz ham rassom bilan koinot tilsimlari bo'ylab xayoliy safar qilamiz...










