Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Chumolilarda qadam hisobi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Chumolilarda qadam hisobi

Chumolilar taxminan 150 million yil muqaddam, o'rta bo'r davrida paydo bo'lgan va kuchli ijtimoiylashgan hashoratlardir. Taxminan 100 million yillar muqaddam tabiatda gullaydigan o'simliklar ham keng tarqala boshlashi natijasida chumolilarning ham juda ko'p turlari shakllandi va yer yuzi bo'ylab tarqalib ketdi.

Sahroi Kabirda yashaydigan chumolilardan bir turi, ya'ni, Cataglypshis fortis (mahalliy xalqlar tilida chopqir chumoli deyiladi) ozuqa izlab sahro bo'ylab katta masofalarni bosib o'tadi. Sahro odatda faqat qumliklardan iborat ulkan landshaftlardan iborat bo'lishini yaxshi bilasiz. Bunda odamlar uchun ham, jonivorlar uchun ham biror bir vizual orientir mavjud bo'lmaydi. Xullas, o'z nomi bilan sahro. Shunday sharoitda yashab, harakatlanadigan ushbu tur chumolilari tabiatan ajoyib bir xususiyatga ega.

Yangilаndi: 20.02.2025 10:26
 

Qog'oz

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Qog'oz

Qog'oz

Qog'ozni Xitoyliklar kashf etishgan. Va bu tasodif emas.

Birinchidan, Xitoy juda qadim zamonlardayoq o'zining kitobiy sermushohada mafkurasi hamda, amaldorlardan doimiy hisobot talab etuvchi murakkab rasmiyatchilik tizimi bilan dong taratgan. Shu tufayli, bu yerda doimo, ixcham va arzon yozuv vositasi va materialiga talab yuqori bo'lgan. Qog'oz ixtiro qilingunicha Xitoyliklar bambuk taxtachalar, yoki, shoyi matolarga yozishgan. Lekin shoyi doimo o'ta qimmat, bambuk esa, noqulay va o'g'ir bo'lgan. Masalan bitta bambuk taxtachaga o'rtacha 30 ieroglif siqqan. Endi tasavvur qiling, bitta o'rtacha hajmdagi kitob yozish uchun bunday taxtachadan qancha zarur bo'lgan ekan? Bunday "Bambukli kitob"ni ko'tarib yurish uchun butun boshli arava darkor bo'lgan.

Yangilаndi: 22.01.2025 11:46
 

Pluton

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Pluton

OCHILISHI TARIXI

Nyuton mexanikasi qonuniyatlariga ko'ra izlanishlar olib borgan astronom olim Urban Leverye, Uran orbitasidagi anomaliyalarga asoslanib, o'sha vaqtlarda hali noma'lum bo'lgan sayyora - Neptunning mavjud ekanligini ilmiy bashorat qilgan edi. 1846-yilda Neptun Leverye ko'rsatib bergan joyda haqiqatan ham kashf qilindi. Biroq, keyingi kuzatishlar, Uranning orbital trayektoriyasiga Neptundan boshqa yana bir osmon jismi ham jiddiy ta'sir qilayotganligini ko'rsatardi. Bu esa olimlar va jamoatchilik orasida yirik Transneptun osmon jismi, ya'ni to'qqizinchi sayyoraning ham mavjud ekanligi haqidagi fikrlarning rivojlanishiga olib keldi. Natijada, 1906 yilda, Bostonlik millioner Persival Louell tomonidan, shartli ravishda "X-sayyora" deb nomlangan keng ko'lamli loyiha ishlab chiqilib, to'qqizinchi sayyorani qidirish ishlari boshlab yuborildi. Persival Louellning o'zi 1894-yilda "Louell" Rasadxonasini tashkil etib, uni shaxsiy mablag'i evaziga moliyalashtirib kelayotgan edi. 1909-yilda Louellning o'zi hamda astronom Uilyam Pikeringlar tomonidan, "X-sayyora"ning joylashuvi taxmin qilingan ba'zi hisob kitoblar ishlab chiqildi. Qidiruv ishlari Persival Louellning vafoti yuz bergan 1916-yilgacha davom etdi. Aslida, Louell rasadxonasi 1915-yilning 15-mart kunida ilk marta Plutonning fototasvirini olishga muvaffaq bo'lgan ekan. Biroq, tasvirning sifatining o'ta yomonligi tufayli, rasadxona xodimlari bu haqida o'zlari bilmay qolishgan.

Yangilаndi: 31.01.2025 10:57
 

Vitaminlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 16
Juda yomon!A'lo! 

Vitaminlar

1893-yilda yosh golland vrachi Eykman, vatanini tark etib, Yava orolidagi Baraviya shahriga ko'chib o'tadi va o'sha yerda yashay boshlaydi. Bu yerda «Beri-beri» deb atalgan dahshatli kasallik tarqalgan edi. Lekin bu kasallik faqat yavada emas, Xitoy, Yaponiya, Koreya kabi sharqiy osiyo davlatlarida, Afrika va Janubiy Amerikaning bir qancha davlatlarida ham keng tarqalgan bo'lib, Eykman kasallikning asosan muttasil guruch iste'mol qiladigan aholi orasida uchrayotganligiga e'tibor qaratdi. Odam yoki jonivorlar «Beri-beri» bilan hastalanganida avval qo'llari keyin oyoqlari qotib qolardi, bo'yinning tomirlari tortishib, bemorlar aksariyat hollarda vafot etardilar. Eykman kasallikni davolash uchun jiddiy izlanishga kirishdi. U turli vositalarni davomli ravishda sinab ko'rdi. Lekin, uning biror bir dorisi yoki muolajasidan davolovchi ta'sir kuzatilmas edi.

Yangilаndi: 18.09.2026 11:16
 

Quyosh tizimida yangi sayyora kashf qilindi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Quyosh tizimida yangi sayyora kashf qilindi

Kashyotchilar - Maykl Braun va Konstantin Batigin2016-yil 20-yanvar sanasida Pasadenadagi Kaliforniya Texnologiya Universiteti olimlari Maykl Braun hamda Konstantin Batigin tomonidan AQSHning "Astronomik jurnal"da shov-shuvli chiqish qilindi. Olimlarning ishontirib ta'kidlashicha, Quyosh tizimining eng chetki qismida, Pluton orbitasidan narida, yangi sayyora kashf qilinibdi.

Ushbu sayyorani hozircha hech kim ko'rmagan. Ya'ni uni olimlar o'ziga yaqin boshqa osmon jismlariga ko'rsatayotgan gravitatsion ta'siri orqali, bilvosita aniqlashgan. Hozircha nomlanmagan va rasman tasdiqlanmagan ushbu sayyoraning o'lchamlari neptun o'lchamlariga yaqin deb baholanmoqda. Uning massasi ham Yer massasida deyarli 10 barobar katta ekani ma'lum. Uning Quyosh atrofidan to'liq aylanib chiqish davri 15000 yil deb hisoblanmoqda. Tuzilishiga ko'ra ushbu sayyora ham, Neptun, Saturn, Yupiter va Uran singari gaz-gigantlari turkumiga kirardi. Olimlarning fikricha, ushbu sayyora, Quyosh tizimi endi-endi shakllanayotgan vaqtda, ya'ni bundan 4.5 milliard yil muqaddam, Quyosh tizimining eng chetki qismiga uloqtirib yuborilgan va o'sha joyda qolib ketgan emish. Ushbu sayyoraning Quyoshga eng yaqinlashgan masofasi 200 astronomik birlik bo'lib, bu Neptungacha bo'lgan masofadan 7 barobar olisdir. Braun va Batiginning xato qilish ehtimoli atiga 0.007% deb baholanmoqda.

Yangilаndi: 17.02.2025 07:56
 


Maqolaning 79 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135226

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov