Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Leonardo da Vinchi va Abadiy dvigatelning imkonsizligi tamoyili

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Leonardo da Vinchi va Abadiy dvigatelning imkonsizligi tamoyili

Abadiy dvigatelning imkonsizligi haqidagi tushuncha fizikaning maktablardayoq o'quvchilar ongiga singdiradigan eng muhim qoidalaridan biri hisoblanadi. Natijada ko'pchilikda shunday tushuncha paydo bo'ladiki, kimki abadiy dvigatelni yasashga harakat qilayotgan bo'lsa, demak u, yoki savodsiz, yoki, aqldan ozgan degan xulosaga kelinadi. Bunday yondoshuv bilan esa biz, o'rta asrlar davri olimlarining fan va texnika oldidagi xizmatlarining ahamiyatini nomunosib tarzda pasaytirib qo'yamiz.

Umuman olganda abadiy dvigatel yasash uchun bo'lgan urinishlarni tushunish mumkin. Birinchidan, samarador va arzon energiya manbasi bo'lgan mashinalarni qurish, jamiyatning eng muhim talablaridan biri hisoblanadi. (shunisi qiziqki, antik davrda, turli xil ilmiy maktablar mavjud bo'lganiga qaramay, abadiy dvigatel yasash g'oyasi amalda mavjud bo'lmagan. Sababi oddiy: arzon ishchi kuchi - qullar mehnatidan keng foydalanish.) bu sohadagi dastlabki ixtirolar, turli mamlakatlarda XII-XIII asrlarga taalluqli bo'lib, u asosan hunarmandchilik ishlab chiqarishining talab va ehtiyojlari bilan bog'liq. Ikkinchidan, juda kuchli psixologik omil mavjud: kim ushbu muammoni hal qila olsa, butun insoniyatga katta xizmat ko'rsatgan bo'ladi va uning nomi asrlar osha ulug'lanadi. Va nihoyat, uchinchidan, har kim ham tabiatdagi abadiy, to'xtovsiz harakatlarni kuzatishi mumkin: Oyning, sayyoralarning harakati, daryolarning oqishi kabi. Agar bunday harakat tabiatda mavjud bo'lsa, nahotki inson, texnik ko'nikmalar va ilmiy salohiyat orqali, sun'iy abadiy dvigatelni o'z qo'llari bilan yasay olmasa? Agar sening modeling ishlamayotgan bo'lsa, uni mukammallashtirishga intil! Shunday fikrlar, ilm-fan, texnika bilan aloqasi bo'lgan ko'plab shaxslarni abadiy dvigatelning loyihasi ustida faol ravishda izlanishga undagan.

Yangilаndi: 17.09.2026 11:16
 

Kompyuteringizda qo'ng'iz bor(mi?)

E-mail Chop etish PDF

Kompyuteringizda qo'ng'iz bor(mi?)

Bir zamonlar, eng "qadimiy" kompyuterlardan biri doimiy xatolik bilan ishlay boshlagan edi. Undagi muttasil xatoliklar tufayli mutaxassislar kompyuter dasturining to'g'ri yozilganligiga shubhalanib qolishdi. Bu "Mark II" deb nomlangan kompyuter bo'lib, voqea 1947-yilda yuz bergan. Mutaxassislar kompyuterdagi xatoliklar sababini sinchiklab tekshirib chiqishgach, aslida dastur to'g'ri ishlayotgani, xatolik esa kompyuterning apparat qismidan kelib chiqayotganini aniqlashgan. Xatolikning sababi kompyuterning ichki elektr kontaktlari orasida qisilib qolgan oddiy qo'ng'iz bo'lib chiqqan. Mutaxassislar o'sha qo'ng'izni olib, "arxivlab"qo'yishgan. Ya'ni, bu voqea haqida kompyuterdan foydalanish jurnaliga maxsus qayd qoldirib, bechora qo'ng'izni ham jurnal sahifasiga ashyoviy dalil sifatida yelimlab qo'yishgan. Bechora qo'ng'izning hayoti shu tariqa poyon topgan. Bag, ya'ni, inglizchadagi "bug' so'zi qo'ng'iz degani bo'lib, o'shandan buyon kompyuter dasturlaridagi xatoliklarni ifodalash uchun qo'llaniladigan so'zga aylanib qoldi. o'sha qo'ng'izni mashhur harbiy dengizchi va matematik, ham dasturchi bo'lgan olima Greys Xopper tomonidan, dasturiy xatoliklarni ifodalash uchun qo'llanila boshlangan. Ya'ni, "bag" atamasini aynan Greys Xopper urfga kiritgan.

Yangilаndi: 07.02.2025 13:55
 

Skandinaviya elementlari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Skandinaviya elementlari

1794-yili asl millati fin bo'lgan Yoxann Gadolin ismli olim, Shvetsiyaning Itterbyu shaharchasi yaqinidan ilgari ilm-fanga noma'lum bo'lgan, yangi mineral topib oldi. Gadolin shaharcha nomiga ishora qilgan holda, ushbu topilmani ittria deb nomlagan edi. Sinchiklab tekshirishlar orqali, olim ushbu mineral tarkibida kimyogarlarga shu choqqacha noma'lum bo'lgan kimyoviy element mavjudligini ham aniqladi. Tabiiyki, ushbu kimyoviy elementni ham, o'sha shaharcha nomi bilan ittriy deb atay boshlashdi.

Biroq, ittriyning kashf qilinishi haqidagi hikoya shuning o'zi bilan yakunlanmagan. Ba'zi paytlarda ittriy jahonning eng nufuzli kimyogarlarini ham boshi berk ko'chaga olib kirib qo'ygan bo'lib, uning atrofidagi bahslar ancha uzoq davom etgan.

Yangilаndi: 09.10.2026 13:26
 

Samoviy yo'qlama

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Samoviy yo'qlama

(Ayzek Azimovdan tarjima)

Tarjimon izohi: Maqola - longrid turkumidan. Ya'ni juda uzun va ko'p sahifada. Unda Quyosh tizimidagi obyektlarning nomlari va nima uchun aynan shunday nomlanganiligi haqida so'z yuritilgan. Maqola 1965-yilda yozilgan bo'lib, shu sababli, undan keyingi o'tgan 51 yil mobaynia amalga oshirilgan e'tiborga molik astronomik kashfiyotlar va ularning nomlarining izohi bo'iycha ham maqola so'ngida o'zim qo'shimcha kiritidim. Qiziq bo'adi degan umiddaman.

XX-asrning 30-yillarida matbuotda g'alati bir tendensiya kuzatilgandi. Mualliflar o'zlari yozgan asarlarga jamoatchilikda qiziqish uyg'otish uchun, asar nomlariga, yoki, maqolalarga biror bir samoviy jism nomini qo'shib nom berishardi. Bunday yo'l tutish asosan tijorat maqsadlarini ko'zlagan bo'lib, o'sha paytlarda odamlar ko'proq koinot tilsimlari haqida o'qishni xush ko'rishgan. Masalan, mening ham 30-yillarda chiqqan ilmiy-ommabop kitoblarim "Ganimeddagi milod bayrami", "Kallistodagi xatar" tarzida nomlangan va ochig'ini aytaman, bu orqali kitobning xaridorgirligini oshirish ko'zda tutilgan edi.

Yangilаndi: 30.01.2025 10:01
 

Kvant xromodinamikasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Kvant xromodinamikasi

Kvarklarni elementar zarralar ichida tutib turuvchi kuchli o'zaro ta'sirlar - kvarklarning maxsus zarrachalar - glyuonlarni o'zaro almashinishga asoslangan bo'ladi.

Materiya tuzilishini tushuntirib berishga urinadigan nazariyalar ichida hozirgi zamonda eng maqbul nazariya "Standart model" deb nomlanadi. Standart modelga ko'ra, kvarklarning o'zaro birlashishidan turli xil elementar zarralar vujudga keladi. Ushbu elementar zarralardan esa, o'z navbatida turli xil kimyoviy elementlarning atomlarining yadrolari shakllanadi. Kvarklarning o'zaro ta'sirlanishini fizikaning maxsus bo'limi - kvant xromodinamikasi (qisqacha KXD) o'rganadi. Ushbu kvant xromodinamikasi nazariyasiga ko'ra, kvarklarning o'zaro ta'sirlashishi - ular orasida maxsus bir zarrachalar - glyuonlarni o'zaro almashinishi orqali sodir bo'ladi.

Yangilаndi: 13.02.2025 16:04
 
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...


Maqolaning 78 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135226

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)