Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Orbital stansiyalar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Orbital stansiyalar

XX-asrning 60-yillari oxirida NASA Oyni o'zlashtirish bilan mashg'ul ekan, SSSR kosmik dasturlari o'z oldidagi ustuvor maqsadlarni qayta ko'rib chiqdi. Sobiq Ittifoq kosmik muhandislarining fikricha, basharti odamzot koinotni o'zlashtirishni maqsad qilgan ekan, unda, koinotning shafqatsiz sharoitlarida yashashni o'rganishi va ko'nikishi lozim edi. Shu maqsadda, 1971-yilda tarixda ilk kosmik stansiya orbitaga chiqarildi. U orbitada Yer atrofida aylanib, ilk kosmik tadqiqot-sinovlari o'tkazilishida boshpana bo'lib xizmat qildi.

Yangilаndi: 12.02.2025 08:49
 

Vodorod - eng yengil element

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Vodorod - eng yengil element

Kimyoviy elementlar ichida eng oddiysi - vodorod hisoblanadi. Vodorod - davriy jadvaldagi 1-elementdir. Bizga ma'lum atomlar ichida vodorod atomi o'lchamlariga ko'ra eng kichik, eng yengil va eng sodda tuzilgan atomdir. Balki shu sababdandir, vodorod - Koinotda eng ko'p tarqalgan element sanaladi. Kosmologlar va Astrofiziklarning fikricha, Koinotda mavjud atomlarning 90% qismini vodorod tashkil qilar emish.

Masalan, bizning yulduzimiz - Quyosh ham asosan vodoroddan tashkil topgan. Boshqa yulduzlar ham xuddi shunday. Vodorod - yulduzlarni barpo qilish uchun eng mos va eng qulay qurilish materialidir.

Biroq, Yerda vodorod unchalik ham ko'p uchramaydi. Yer qobig'idagi atomlardan atiga 3% qismigina vodorod hissasiga to'g'ri keladi. Yer qa'ridagi boshqa chuqur qatlamlarda bu ko'rsatkich yanada kam. Shunga qaramay, olimlarning fikricha, Yer ham avvaliga butun Koinot tashkil topgan moddadan, demakki, asosan vodoroddan tashkil topgan bo'lishi kerak. Unda Yerdagi qolgan vodorod qayoqqa keti ekan?

Yangilаndi: 06.02.2025 07:51
 

Taxionlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Taxionlar

Siz fizika fani orqali tabiatda hech narsa yorug'lik tezligidan kattaroq tezlikka erisha olmasligini ko'p eshitgansiz va bu faktni yaxshi bilasiz albatta. Lekin, fizikada taxionlar deb ataluvchi gipotetik, ya'ni, faqat farazlarda, tasavvurlarda mavjud bo'lgan bir zarracha borki, u yorug'lik tezligidan kattaroq tezlikda harakatlanadi deb taxmin qilinadi. Albatta, hozirgi zamon fizikasi taxionlarning haqiqatan ham mavjudligi ehtimolini, qorboboning haqiqatan mavjudligi ehtimoli bilan teng ehtimollikka ega deb baholaydi. Ya'ni, u kimlarningdir xayoloti mahsuli bo'lib, amalda bo'lishi mumkin emas. Shunga qaramay, o'z vaqtida ushbu gipotetik zarralarni aniqlash yuzasidan o'tkazilgan tadqiqotlarni ham butunlay behuda ketgan besamar izlanishlar bo'lgan deyish qiyin. Gipotezaga ko'ra, agar ushbu zarralar haqiqatan ham mavjud bo'lsa, ular yorug'lik tezligidan tezroq uchish orqali o'tmishga sayohat qilishi mumkin bo'ladi. Ayni mulohaza yuzasidan elektronika mutaxassisi, professor Pol Nain ajoyib bir kesatiq zaharxanda qilgan edi. Nainning fikricha, agar mabodo qachonlardir taxionlar haqiqatan ham kashf etilsa, unda ushbu kashfiyot haqidagi xushxabar gazetalarda bir kun avval chiqishi kerak va u taxminan "Ertaga taxion kashf etiladi" qabilidagi sarlavhaga ega bo'lishi lozim ??????.

Yangilаndi: 11.02.2025 07:37
 

Molekulyar-kinetik nazariya

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 88
Juda yomon!A'lo! 

Molekulyar-kinetik nazariya

Gazning termodinamik xossalari, ushbu gazni tashkil qiluvchi atom yoki molekulalar harakatining o'rtacha tezligiga bog'liq.

Gaz tarkibidagi molekulalar bir-biridan ancha uzoq masofada erkin harakatlanadi va faqat o'zaro to'qnashgan lahzadagina o'zaro ta'sirlashadi. Shu sababli molekula bunday to'qnashuvlar orasida, to'qnashuvdan keyin o'z yo'nalishini keskin o'zgartirish sodir bo'lgan holatlardagina qisqa muddat to'g'ri chiziqli harakat qiladi. Gaz molekulasining to'g'ri chiziqli harakat qiladigan qisqa masofasi o'rtacha erkin masofa deyiladi. Gazning zichligi qancha katta bo'lsa, tabiiyki, uning molekulari orasidagi masofa shunga monand ravishda qisqa bo'ladi.

Yangilаndi: 30.01.2025 08:38
 

Cheksiz kichik miqdorlarni hisoblash. Koshi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Cheksiz kichik miqdorlarni hisoblash. Koshi

AQSHlik matematik Uilyam Uoterxaus o'zining ilmiy-ommabop maqolalaridan birida Koshi haqida shunday yozadi: "XIX-asr boshlarida matematik analiz ajib bir holatda edi. Matematik analizning haq ekaniga olimlarda zarracha ham shubha yo'q edi. Chunki, barcha iste'dodli va iqtidorli matematiklar so'nggi yuz yillik mobaynida matematik analiz usullaridan muvaffaqiyatli foydalanib kelmoqda edilar. Lekin, uning aslida qanday ishlashini hech kim tuzuk-quruq bilmasdi... Keyin esa Koshi paydo bo'ldi". Koshining asosiy ilmiy asarlaridan biri 1823-yilda dunyo yuzini ko'rgan bo'lib, u "Cheksiz kichik miqdorlarni hisoblashga oid darslar to'plami" deb nomlangan (fransuzchasiga "Resume des lecons sur le calcul infinitesimal"). o'ta samarador ilmiy faoliyat bilan yashab o'tgan Ogyusten Koshi, ushbu asarida matematik analiz nazariyasini rivojlantirib, unga shakl-shamoyil beradi. Matematik analizga oid eng muhim tushunchalarni ta'riflaydi va muhim teoremalarga isbotlar keltiradi. Chunonchi, matematik analizning ikki ustuni deyiladigan asosiy yo'nalishlari - differensial va integral hisoblashlarni umumlashtiruvchi "analizning asosiy teoremasi"ni aynan Koshi isbotlagan..

Yangilаndi: 30.01.2025 09:00
 


Maqolaning 77 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135226

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!