Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Nobel-2016. Mukofot sohibi ro'za tutishning organizmga foydasini ilmiy isbotlab bergan

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Nobel-2016. Mukofot sohibi ro'za tutishning organizmga foydasini ilmiy isbotlab bergan

2016-yil 3-oktyabr sanasida, ya'ni, dushanba kuni jahonning barcha ilm-fan xodimlari katta qiziqish bilan kutadigan Nobel haftaligi ochildi. an'anaga binoan, bu hafta davomida biz ilm-fanning tibbiyot va fiziologiya (3-oktyabrda), fizika (4-oktyabrda), hamda, kimyo (5-oktyabrda) yo'nalishlarida eng muhim ilmiy kashfiyotlarni amalga oshirganligi uchun ushbu nufuzli xalqaro ilmiy mukofotga loyiq ko'rilgan olimlarning ism-shariflarini bilib olamiz.

Umuman olganda, bu yilgi Nobel mukofotining birinchi laureati allaqachon ma'lum. Dushanba kuni Nobel mukofoti hay'ati tibbiyot va fiziologiya sohasida Nobel-2016 mukofotiga loyiq ko'rilgan olim ismini ma'lum qildi. Bu - 71 yoshli yapon olimi, Tokio Texnologiya Instituti professori, molekulyar biologiya yo'nalishidagi jahonning eng ilg'or mutaxassislaridan biri Yosinori Osumi bo'ldi.

Yangilаndi: 17.02.2025 07:55
 

Mis, oltin va kumush - "soqqali" elementlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 32
Juda yomon!A'lo! 

Mis, oltin va kumush - "soqqali" elementlar

Minglab yillar mobaynida ibtidoiy odamlar ish qurollari sifatida oddiy tosh, suyak va yog'ochdan foydalanishgan. Chunki, bu materiallar oson topiladigan, har yerda mavjud narsalar bo'lgan. Albatta, ish quroli sifatida turli metallardan foydalanish nisbatan qulayroq bo'lgan bo'lur edi. Lekin, metallarni ajratib olish va ishlov berish, tosh va yog'ochga qaraganda nisbatan qiyin. Metallar odatda boshqa elementlar bilan mustahkam birikmalar hosil qilgan holda bo'ladi. Metallarning atomlarini, boshqa elementlarning atomlaridan ajratib olish va ishlov berish - murakkab texnologik jarayon bo'lib, uncha-muncha uquv talab qiladi. Toshni yo'nish va uni boltaga o'xshatib taroshlash esa - juda oson bo'lmasa-da, harqalay, jo'n ishdir.

Metallarni odamlar atiga 6000 yil muqaddam kashf qilishgan. Katta ehtimol bilan, qadimgi odamlar metallarni tasodifan kashf qilishgan bo'lsa kerak.

Yangilаndi: 13.02.2025 08:12
 

Nyuton beshigi

E-mail Chop etish PDF

Nyuton beshigi

Yo'q, shoshilmang. Maqola mashhur fizik olim Isaak Nyuton yotgan beshik haqida emas. Bu - 1960-yillar oxirida paydo bo'lgan va butun dunyoda ommalashib ketgan suvenir-o'yinchoqlardan biri xolos. Bu o'yinchoq shuningdek maktab va kollejlar fizika laboratoriyalari uchun ham ajoyib tajriba vositasi sifatida xizmat qilishi mumkin. "Nyuton beshigi"ni dastavval 1967-yilda ingliz aktyori Saymon Prebbl yasagan bo'lib, uning ilk konstruksiyasi yog'ochdan tayyorlangan bo'lgan. Shu tufayli ham uni "beshik" deb qiyosiy nomlangan. Prebblning o'zi o'sha paytlardayoq ushbu suvenir-o'yinchoqni tijorat maqsadlarida keng ishlab chiqarishni yo'lga qo'yib, sotuvga chiqara boshlagan. Nyuton beshigining zamonaviy ko'rinishlari harakat yo'nalishi bo'ylab bir tekislikda tebranuvchi 5 yoki 7 ta metall sharlardan iborat bo'lib, ular "beshik" ustuniga bir xil uzunlikdagi iplar bilan osib qo'yilgan bo'ladi.

Yangilаndi: 08.10.2026 16:11
 

Astronomik arqon tortish koeffitsienti...

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Astronomik arqon tortish koeffitsienti...

Astronomiyaga oid kitoblarda Quyosh tizimidagi sayyoralar haqida imkon qadar batafsil ma'lumot keltirishga qaratilgan turli jadvallar albatta mavjud bo'ladi. Bunday jadvallardagi asosiy ma'lumotlar - sayyoraning o'lchamlari, massasi, uning Quyoshdan uzoqligi, tabiiy yo'ldoshlari soni, Quyosh atrofini aylanib chiqish davri, o'z o'qi atrofini aylanib chiqish davri, albedo, zichlik va ho kazo shu kabi tafsilotlardan iborat bo'ladi.

To'g'risi, menga bunday jadvallar va ayniqsa ularda keltirilgan raqamlar juda yoqadi. Har safar yangi bir astronomiya kitobini qo'limga olganimda, biror yangi qiziq ma'lumot chiqib qolar degan umid bilan, zudlik bilan shunday jadvallarni izlay boshlayman. Ba'zan haqiqatan ham avvalgi jadvallardan uchramagan, mutlaqo yangi ma'lumotlarga duch kelaman. Masalan, yaqindagina sayyoralar sirtidagi harorat, atmosfera bosimi, orbital tezliklari singari yangi ma'lumotlar bilan boyitilgan ajoyib jadval qo'limga tushib qoldi. Biroq, nimagadir menda baribir yana va yana yangi ma'lumotlar olishga ishtiyoq uyg'onaveradi va avval bilgan ma'lumotlarimga yana duch kelsam, tezda zerikib qolaman...

Yangilаndi: 14.02.2025 14:25
 

Qora tuynuklar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 28
Juda yomon!A'lo! 

Qora tuynuklar

Qora tuynuklar zamon-makon uyg'unligining singulyar og'ishini namoyon qiladi.

Amalda kashf etilishidan ancha avval mavjudligi ilmiy nazariyalar tomonidan taxmin qilingan obyektlar orasida ehtimolki qora tuynuklar eng qiziqarli, g'ayritabiiy va shu bilan birga, olimlarda ham, oddiy odamlarda ham vahimali taassurot uyg'otgan obyektlar bo'lsa kerak. Qora tuynuklarning mavjudligi haqidagi ilk ilmiy asoslangan taxminlar - Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi e'lon qilinishidan deyarli bir yarim asr avval yangray boshlagan. Shunga qaramay, Koinotda qora tuynuklarning haqiqatan ham mavjudligi amaliy jihatdan qat'iy isbotlanganiga unchalik ham ko'p bo'lmadi. Biz hozirda qora tuynuklar - Koinotda hukmron bo'lgan eng asosiy obyektlardan biri ekanini yaxshi bilamiz. Biroq, XX-asrning 70-80 yillarida ham, qora tuynuklar hali faqat gipotetik obyektlar sifatida qaralardi va hatto fizika-texnika oliygohlarida ham, qora tuynuklarning real borliqda mavjud bo'lishiga shubha bildirilgan nazariy darsliklarni mutolaa qilish mumkin edi.

Yangilаndi: 11.02.2025 07:38
 


Maqolaning 75 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135226

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov