Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Joul-Tomson effekti

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 46
Juda yomon!A'lo! 

Joul-Tomson effekti

Ideal gazning U ichki energiyasi, uning molekulalari harakatining kinetik energiyasidan iborat; bu energiya berilgan gazning hajmiga ham, bosimiga ham bog'liq bo'lmay, faqat uning T harorati bilan aniqlanadi; bir mol ideal gaz uchun U=Ek=CvT, bunda Cv - o'zgarmas hajmdagi molyar issiqlik sig'imidir.

Real gazda molekulalar orasidagi o'zaro ta'sir kuchlari katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rib o'tgan edik. Shuning uchun real gazning ichki energiyasi uning molekulalari harakatining kinetik energiyasi bilan molekulalarning o'zaro ta'sir potensial energiyasi yig'indisidan iborat bo'ladi:

Yangilаndi: 13.02.2025 16:03
 

Tyuring mashinalari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Tyuring mashinalari

1912-1954 yillar orasida yashab o'tgan Alan Tyuring - o'ta iste'dodli matematik va kriptograf bo'lishiga qaramay, psixofiziologik tadqiqotlar uchun tajriba kalamushi vazifasini o'tashga majbur bo'lgan. Chunki, o'sha paytlarda Yevropada, xususan, Buyuk Britaniyada ham, hali axloqiy-ma'naviy tushunchalar ancha sog'lom edi. Bir jinsli nikohlarga qonunan ruxsat berilgan bugungi Britaniyada bir paytlar buzuqi jinsiy tabiati uchun Alan Tyuringdek olimni ham ayab o'tirishmaganiga ishonging kelmaydi. U Britaniya oldida ko'rsatgan xizmatlari uchun Imperiya ordeniga sazovor bo'lgan edi va o'z davrining eng yetuk matematigi sanalardi. U ikkinchi jahon urushi yillarida nemis-fashistlarining shifrlangan kodli xat-xabar almashinish tizimini barbod qilgani, ya'ni, nemislarning xabarlarni shifrlab, maxfiylashtirish mashinasi - Enigmaning shifrini yechganligi bilan tarixga kirgan. Tyuring nemislarning kodlangan shifrlangan xabarlarini shifrdan yechib berar ekan, ittifoqchi qo'shinlar gitlerchilarning har bir keyingi qadamlari haqida oldindan boxabar bo'lib borishgan va natijada urushning borishidagi tashabbusni o'z tomonlariga og'dirib olishgan. Ya'ni, Tyuringning matematik iste'dodi g'alabada ham muhim ahamiyat kasb etgan.

Yangilаndi: 20.02.2025 10:23
 

Stirling formulasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Stirling formulasi

Hozirgi kunda faktoriallar matematikada har qadamda uchraydi. n musbat va butun son uchun "n faktorial" ifodasi (n! tarzida yoziladi) -n sonning o'zi va ungacha bo'lgan barcha butun sonlarning o'zaro ko'paytmasini anglatadi. Masalan 4!=1×2×3×4=24.

Faktorialning n! ko'rinishida ifodalanishi qoidasini 1808-yilda farang matematigi Kristian Kramp joriy qilgan. Faktoriallar kombinatorikada juda katta ahamiyat kasb etadi. Masalan ko'p sonli obyektlarning o'zaro bir-biriga nisbatan joylashish variantlarini hisoblash zarur bo'lgan o'rinlarda faktoriallar juda asqotadi. Shuningdek faktoriallardan sonlar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi hamda, matematik analiz sohalarida keng foydalaniladi.

Yangilаndi: 12.02.2025 07:51
 

Ta'sir birligi

E-mail Chop etish PDF

Ta'sir birligi

(Ayzek Azimovdan tarjima)

Mening "Men-Robot" nomli kitobim "Dabldey & Co" nashriyoti tomonidan qayta nashr etilganidan so'ng, ayrim sharhlovchilar (shubhasizki, yuksak zakovat va nozik did egalari bo'lgan insonlar) u haqida "mumtoz asar" deb maqtay boshladilar va bun menga mamnuniyat bahsh etmasdan qo'ymasdi.

"Mumtoz" so'zi, kundalik nutqda tez-tez quloqqa chalinadigan "a'lo darajali", "namunaviy" so'zlari bilan o'xshash ma'noni anglatadi. Ularning har biri, mening "Men-Robot" asarim haqidagi shaxsiy fikrim bilan mos tushadi. Lekin men o'z kamtarinligim va noziktabiatligim evaziga, ushbu faktni tan olishga uyalaman. Hozirda ushbu gaplarni sizga aytayotganimning sababi esa, muhtaram mutolaachi, siz va mening ushbu suhbatimiz o'ta maxfiy tarzda, yuzma-yuz bo'layotganidir.

Albatta, "mumtoz" so'zining yana bir boshqa ma'nosi ham bo'lib, u menga nisbatan kamroq yoqadi. Uyg'onish davri adiblari, qadimgi Yunoniston va Rim madaniyatiga oid asarlarni muhokama qilishda ham aynan ushbu so'zdan foydalanganlar. Ya'nikim, "mumtoz" so'zi nafaqat namunaviy, balki, "eski", "qadimiy" degan ma'nolarni ham anglatadi.

Nima ham derdim..."Men-Robot" kitobi ancha yillar avval dunyo yuzini ko'rgan. Uning alohida boblari esa... mayli, bunis muhimmas. Gap shundaki, men sal-pal hafa bo'lmoqchi bo'ldim, chunki meni "mumtoz" asar yoza oladigan darajadagi qariya deb hisoblashgan edi. Shu sababli ham men navbatdagi hikoyani, "mumtoz" so'zini qo'llanishi maqtovdan ko'ra ko'proq haqorat ma'nosini bag'ishlaydigan soha haqida yozishga qaror qildim.

Tushunarliki, bu shunday soha bo'lishi kerakki, eskicha, oxori to'kilgan nomiga ega bo'lish, o'z-o'zidan, noto'g'ri, bugungi kunga nafasiga muvofiq kelmaydigan ma'nosini berishi kerak. Aqlli bashara hosil qilib olib, zaharhanda tirjayish orqali, zamonaviy san'at, adabiyot yoki mebel haqida mulohaza qilish mumkin. Axir zamonaviy san'at ham, adabiyot ham o'tmishdagi buyuk ijodkorlarning buyuk asalari bilan hech bir jabhada qiyoslana olmaydi. Biroq, suhbat zamonaviy ilm-fan mavzusiga burilgan chog'i, notiqqa shlyapasini yechib, bosh egib ta'zim qilishdan o'zga iloj qolmaydi.

Birinchi navbatda bu fizikaga taaluqlidir. Zamonaviy fizika va mumtoz fizika mavjud. Ular orasidagi chegara ham juda aniqlik bilan belgilangan: 1900-yil. Mazkur fanda 1900-yilgacha bo'lgan barcha narsalar mumtoz fizikaga, 1900-yildan keyingilari esa zamonaviy fizikaga ajratiladi.

Bir qarashda bunday ajratish anchayin bahsli ko'rinadi. XX-asr kishilarining noxolisligi haqidagi xulosa ham bu orada miyaga kelishi mumkin. Lekin, agar haqiqiy xolis nigoh bilan yaxshilab e'tibor qaratilsa, bunday chegara qo'yish nihoyatda to'g'ri va aniq ekaniga qayta ishonch hosil qilish mumkin. Aynan 1900-yilda nazariy fizika bo'yicha asosiy ilmiy ishlar paydo bo'lgan edi. Bundan so'ng esa, uning darajasidagi biror narsa uchramadi.

Yangilаndi: 29.01.2025 08:59
 

Protaktiniy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Protaktiniy

Protaktiniy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VII davr III guruh elementi bo‘lib, aktinoidlar turkumiga mansub radioaktiv metalldir. Atom raqami 91. Pa (lotincha Protactinium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Oddiy modda shakildagi protaktiniy o‘ta radioaktiv metall bo‘lib, kumush-oq rangda, yorqin tovlanadi.

Tarixi va atama etimologiyasi.

1869-yildayoq D.I.Mendeleyev o‘z nomi bilan atalavuchi davriy qonunga ko‘ra, Uran va Toriy elementlari orasida yana bir hozircha noma'lum element mavjudligini bashorat qilgan. Bu vaqtda aktinoidlar guruhi elementlari hali fanga ma'lum emas edi. Protaktiniy dastavval 1913-yilda kimyogarlar Kazimir Fayans (1887-1975) hamda Osvald Gelmut Gyoring (1889-1915) tomonidan kashf qilingan. Ular Uranning parchalanishidan keyingi qoladigan mahsulotlari orasidan, yarim yemirilish davri taxminan 1 daqiqa atrofida bo‘lgan uran izotopi - UX2(234Pa) mavjudligini aniqlashdi. Uning yarim yemirilish davri shunday qisqaligi uchun ushbu izotopga "breviy" (lotincha - "brevis", "qisqa" yoki "kalta" ma'nolarida) deb nom berishgan.

Yangilаndi: 17.12.2018 08:32
 


Maqolaning 74 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135226

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis