Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Gafniy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Gafniy

Gafniy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VI davr IVB guruh elementi. Atom raqami 72. Hf (lotincha Hafnium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Oddiy modda shaklidagi gafniy qiyin eriydigan kumush-oq rangdagi metall yarqiroq holida bo‘ladi.

Tarixi va atama etimologiyasi.

Gafniy 1923-yilda kashf etilgan. Mendeleyev davriy jadvalining VI-guruhi tarkibi hali to‘liq ma'lum bo‘lmagan paytlarda gafniyni nodir yer metallari safidan qidirishgan. 1911-yilda fransuz kimyogari Jorj Urben (1872-1938) o‘zining yangi kimyoviy element kashf etgani va uni keltiy deb nomlaganini e'lon qilgan edi. Biroq, keyingi tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, Urben aslida itterbiy, lyutetsiy hamda juda oz miqdorda gafniy elementlari mavjud bo‘lgan aralashma ajratib olgan ekan xolos. Shundan keyin, gafniyni kashf etish borasidagi izlanishar yana davom etdi va bu boradagi izlanishlarga faqatgina Nils Borning kvant mexanikasiga asoslanib keltirgan hisob-kitoblariga ko‘ra, nodir yer metallari orasida oxirgisi - lyutetsiy ekanligi ma'lum bo‘lgachgina oydinlik kiritildi. Ya'ni, Borning hisoblashlari, gafniyni nodir yer metallari orasidan qidirish amaliyotini istisno qilish lozimligini ko‘rsatib bergan edi. Shunga ko‘ra, kimyogarlar gafniy sirkoniyning o‘xshashi ekanini bilib olishdi va izlanishlarni ushbu asosga ko‘ra davom ettirishdi.

Yangilаndi: 11.02.2020 08:38
 

Kechayu-kunduz atrofingda parvona..

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Kechayu-kunduz atrofingda parvona...

(Ayzek Azimovdan tarjima)

Sarlavha lirik chekinish emas. Balki, sof astronomik hodisaning tavsifidir.

Astronomiya haqida oddiy kitobxon uchun maqola yozish istagida bo'lgan har qanday muallif oldida, bir kunmas bir kun, qanday qilib Oyning Yerga faqat bir tarafi bilan yuzlangani, shu bilan birga u yana o'z o'qi atrofida ham, Yer atrofida ham aylanishini tushuntirish masalasi ko'ndalang bo'ladi.

Astronomiyada chuqur bilimga ega bo'lmagan kishi uchun ushbu fakt yaqqol tushunarsiz, bir-birga zid fikrdek ko'rinadi. Shunga qaramay, Oyning Yerga faqat bir tarafi bilan yuzlangani hammaga oydek ravshan. Chunki, Oy har safar Yerga faqat bir tarafi bilan qarab turishini hech qanday qo'shimcha asbob uskunalarsiz, hamda hisob-kitoblarsiz ham, shunchaki ko'z bilan kuzatish orqali ishonch hosil qilish mumkin. Har safar oydin kechada Oyga qaraganimizda, uning yuzidagi qoramtir joylari (dog'lari) o'z joyida turganini guvohi bo'lamiz. Agar u aylanganida edi. Bu joylari asta-sekin siljib, ko'rinmay qolishi va keyinroq yana ko'rina boshlashi lozim edi. Shunday holatda, biz Yerdan turib ham, Oyni hamma tomonini ko'rishimiz mumkin bo'lardi.

Yangilаndi: 31.01.2025 10:41
 

Koinotdagi orollar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Koinotdagi orollar

Somon Yo'lining xira tutunsimon yog'dusi aslida son-sanoqsiz yulduzlarning bir joyda o'zaro yaqin g'uj bo'lishidan hosil bo'lishini Galiley ham kuzatgan edi. Uilyam Gershel esa ushbu yulduzlarni xaritalashtirish asnosida, ular ulkan tekis disk hosil qilishini payqadi va bu singari yulduzlar g'uj bo'lgan ulkan kosmik obyektlarni "Galaktika" deb nomlay boshladi. Bizning Quyosh tizimimiz - galaktikaning juda kichik bir qismi xolos. Shunga qaramay, astronomlar galaktikamizdan tashqarida joylashgan va yog'du taratib turgan obyektlarni ko'rishganida, Koinotda Somon Yo'lidan ham kattaroq boshqa yana biror obyekt bormikan degan savol yuzaga qalqib chiqdi.

Yangilаndi: 14.02.2025 14:23
 

Eng og'ir suyuqlik

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 22
Juda yomon!A'lo! 

Eng og'ir suyuqlik

Dunyoda eng og'ir suyuqlik qaysi? - degan savolga aksariyat odamlar o'ylamay-netmay, simob deb javob beradilar. Haqiqatan ham, 1 litr hajmdagi simobning og'irligi 13,6 kg keladi. Demakki, atiga bir paqir simobni ko'tarish uchun og'ir atletikadan ayrim ko'nikmalarga ega bo'lish zarur. Lekin, agar harorat bo'yicha muayyan shartlar joriy etilsa, unda eng og'ir suyuqlik simob emas, balki, suyuq osmiy bo'lib chiqadi. 3000 K haroratdagi 1 litr osmiyning massasi 20,1 kg bo'ladi. Suyuq osmiy bilan to'ldirilgan paqirni hatto og'ir atletikachi ham ko'tarolmagan bo'lardi.

Metall bo'lmagan moddalar ichida odatiy sharoitda ham eng og'ir bo'lishi mumkin bo'lgan suyuqliklar haqida to'xtaladigan bo'lsak, sof noorganik moddalar ichida eng og'iri volfram geksaftoridi (WF6) bo'ladi. Bu moddaning 1 litr hajmdagisi naq 3,44 kg tosh bosadi. Lekin, bu modda bilan o'ynashib bo'lmaydi. Chunki u avvalo zaharli modda bo'lsa, qolaversa, u juda oson qaynaydi. WF6 ning qaynab ketishi uchun atiga 17,3 °C kifoya. Ya'ni, xona haroratida bu modda o'z-o'zidan qaynayveradi. Bunday suyuqliklarni kimyogarlar maxsus zich ampulalarda saqlaydilar.

Yangilаndi: 22.01.2025 11:28
 

Harorat shkalalari orasidagi nisbatlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 11
Juda yomon!A'lo! 

Harorat shkalalari orasidagi nisbatlar

Avvaliga harorat o'zi nima? - degan savolga javob izlab ko'rsak. Harorat bu - jismning energetik holatini ifodalovchi miqdoriy kattalikdir. Tabiatda hamma-hamma narsa atom va molekulalardan tashkil topgan bo'lib, jismlarni tashkil qiluvchi atomlar muntazam harakatda bo'ladi. Jismni tashkil qilgan atom va molekulalarning harakati qanchalik jadal bo'lsa, jismning harorati shunga muvofiq baland bo'ladi. Shunga ko'ra, jismning harorati deganda, uni tashkil qiluvchi atom va molekulalarning o'rtacha kinetik energiyasi nazarda tutilishini tushunib olish zarur. Xalqaro Birliklar Tizimiga ko'ra, harorat birligi sifatida Kelvin qabul qilingan. Kelvin haqida gap ketganda, uni termodinamik harorat birligi, yoki, mutlaq harorat birligi ham deyiladi. Kelvin, fundamental fizik birlik bo'lib, u suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273,16 qismi sifatida aniqlanadi.

Yangilаndi: 08.10.2026 16:11
 


Maqolaning 73 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135226

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis