Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Kvant tunnellash

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Kvant tunnellash

Tasavvur qiling, siz kichkina koptokchani xonangiz devoriga otib, uni devorga urilib qaytishida yana tutib olib, o'ynamoqdasiz. Albatta, har safar koptokchani devorga otganingizda u devorga borib urilib qaytadi. Chunki, u devor orqali qo'shni xonaga o'tib ketishi uchun yetarli energiyaga ega emas.

Biroq, kvant mexanikasi qonunlariga ko'ra, koptokcha ehtimoliylikning uyqash to'lqinlari sifatida tasavvur qilinadi va kvant fizikasiga ko'ra, koptokchada devor orqali qo'shni xonaga o'tib ketish uchun juda oz bo'lsa-da, harholda imkoniyat bor. Geyzenbergning noaniqliklar nisbatlari tamoyilini energiyaga tadbiq qilish qoidalariga asosan, koptokni tashkil qiluvchi zarrachalar devorni tashkil qiluvchi zarrachalar orqali tunneldan o'tgandek o'tib ketishi ehtimoldan holi emas. Ushbu nisbatga ko'ra, zarracha muayyan vaqt momentida muayyan energiya miqdoriga ega bo'ladi deb aniq aytishning iloji yo'q. o'ta kichik vaqt birliklari miqyosida, zarracha energiyasi sezilarli darajada fluktuatsiyalanishi mumkin va natijada, u devor to'sig'ini yengib o'tish uchun yetarli qiymatga ega bo'lib qolishi mumkin.

Yangilаndi: 08.10.2026 15:54
 

Sankt-Peterburg paradoksi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Sankt-Peterburg paradoksi

Daniil Bernulli (1700-1782) - kelib chiqishiga ko'ra nemis bo'lgan, Shveytsariya fuqarosi va Sankt-Peterburg Fanlar Akademiyasi yetakchi matematik olimi bo'lgan serqirra shaxs bo'lib, u shuningdek malakali vrach va fizik olim ham bo'lgan. Uning 1738-yilda "Peterburg Fanlar Akademiyasi sharhlari" ilmiy to'plamida chop etilgan maqolasi matematiklar orasida hanuzgacha mashhur bo'lib, maqolada muallifning ehtimollar nazariyasi haqida juda qiziqarli va ajoyib ilmiy yondoshuvini ko'rish mumkin. o'sha maqolada, matematiklar keyinchalik "Sankt-Peterburg paradoksi" deb atay boshlagan g'alati bir matematik paradoks haqida so'z yuritilgan.

Yangilаndi: 20.02.2025 10:18
 

Baxshali qo'lyozmasi

E-mail Chop etish PDF

Baxshali qo'lyozmasi

Baxshali qo'lyozmasi - 1881-yilda Hindistonning shimoliy-g'arbidan (zamonaviy Pokiston hududi) topilgan mashhur matematika ma'lumotnomasidir. Qo'yozmaning bitilgan vaqti taxminan eramizning uchinchi asri deb baholanadi. Qo'yozmaning katta qismi yo'q bo'lib ketgan va u topib olingan vaqtda, asarning atiga 70 sahifadan iborat titilib ketgan qoldiqlari mavjud bo'lgan xolos. Baxshali qo'yozmasi tarkibida arifmetik, algebraik va geometrik misol hamda, masalalarni yechish usullari keltirilgan. Shuningdek mazkur qo'yozmada, kvadrat ildiz chiqarish formulasini ham uchratish mumkin.

Qo'yozmada keltirlgan masalalardan biri quyidagicha: "Qarshimizda erkaklar, ayollar va bolalardan iborat bo'lgan 20 kishilik guruh. Bu odamlarning hammasi birgalikda, kuniga 20 tangadan ishlab topishadi. Har bir erkak kuniga 3 tanga ishlab topadi. Har bir ayol bir yarim tanga, har bir bola esa yarim tangadan pul topadi. Bu guruhda qancha erkak, qancha ayol va bolalar borligini toping'. Bu masalani yecha olasizmi? To'g'ri javob quyidagicha: guruhda 2 ta erkak, 5 ta ayol va 13 nafar bolalar mavjud. Yechish uchun, guruhdagi erkaklar, ayollar va bolalar sonini mos ravishda a, b, va c bilan belgilaymiz. Ushbu misol, a+b+c=20; hamda 3a+(3/2)b+(1/2)c=20 dan iborat tenglamalar sisteasiga muvofiq keladi. Keltirilgan yechim ushbu tenglama uchun yagona yechim bo'ladi.

Yangilаndi: 29.01.2025 15:29
 

Boyl - Mariott qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Boyl - Mariott qonuni

Buyuk ingliz olimi Robert Boylning tadqiqotlari Kimyo fanining yangi bosqichga ko'tarilishi va mustaqil fan sifatida shakllanishiga asos bo'lib hizmat qildi. U kimyoni alohida fan sifatida ajratib, uning muammolarini, mustaqil maqsad vazifalarini va ularni yechishning alohida, tibbiyotdagidan farq qiluvchi xususiy yo'nalishlari zarur ekanligini ko'rsatib berdi. Ko'p sondagi rang reaksiyalari hamda cho'kish reaksiyalarini tizimli ravishda tadqiq qilib borib, Boyl analitik kimyoga asos soldi. U endigina yuzaga kelib, tartiblanib borayotgan fizik-kimyo faning dastlabki qonunlaridan birini ochdi va u orqali fan tarixiga o'z nomini abadiy muhrlab qo'ydi. Robert Boyl (1627-1691) qirolich Yelizavetta zamonida yashagan omadli va o'tkir xarakterli amaldor - Korkning birinchi gertsogi Richard Boylning 14 ta farzandi orasidagi o'n uchinchisi bo'lgan. Uning otasi ko'plab yurishlarda ishtirok etib, katta miqdorda yer-mulklar va boyliklar orttirgan edi. Robert Boyl ham otasining yerlaridan biri - Irlandiyadagi Lismor Kasle hududida tug'ilgan va butun bolaligini o'sha yerda o'tkazgan. U o'z uyida, malakali murabbiylardan nihoyatda yaxshi darajada ta'lim olgan va 8 yoshida Iton universiteti talabasiga aylangan. U yerda to'rt yil ta'lim olgach, oatsining yangi yer muklaridan yana biri - Stolbridjga yo'l oladi.

Yangilаndi: 22.01.2025 11:41
 

Eyler-Maskeroni doimiysi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Eyler-Maskeroni doimiysi

Yunon alifbosidagi γ harfi bilan belgilanadigan Eyler-Maskeroni doimiysining son qiymati 0.5772157... ga taqriban teng. Ushbu doimiy ko'rsatkichli funksiyalar va logarifmlarni, sonlar nazariyasi bilan bog'lab turadi. U n cheksizga intilganida,

ifodaning chegarasi sifatida aniqlanadi.

γ sonining qo'llash sohasi juda keng. Ushbu son - cheksiz qatorlarni, ko'paytmalarni, ehtimollar nazariyasi va muayyan turdagi integrallarni o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 1 dan n gacha bo'lgan barcha sonlarning bo'luvchilarining o'rtacha soni ga juda yaqin bo'ladi.

Yangilаndi: 30.01.2025 09:01
 


Maqolaning 72 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bog'liq bo'lmasa, u matematika, agar bog'liq bo'lsa u - buxgalteriya...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135226

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov