Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Oqsoqol pensiyaga chiqmoqda: kilogrammning yangi etaloni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Oqsoqol pensiyaga chiqmoqda: kilogrammning yangi etaloni

Rasmda - kilogrammning ikkita etaloni namoyish qilingan.

Chap tarafdagi etalon - havosi so'rib olingan ikki qavat shisha qopqoq ostidagi yarqiroq metall silindr - platina-iridiy qotishmasidan tayyorlangan bo'lib, u xalqaro etalon sifatida olis -1879 yilda tasdiqlangan. U hozirda ham butun dunyo bo'ylab barcha turdagi massa, og'irlik va vazn o'lchovlari uchun boshlang'ich etalon bo'lib xizmat qilmoqda. Mazkur etalon Parij yaqinidagi o'lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasining maxsus binosida, kuchli nazorat ostida saqlanadi.

Yangilаndi: 30.01.2025 08:28
 

Sayyora va yulduzlargacha parvoz qancha davom etadi?

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Sayyora va yulduzlargacha parvoz qancha davom etadi?

Siz ham yovuz Gryu singari raketa modeli yasab, Quyosh tizimidagi sayyoralarga, yoki, olis yulduzlarga parvoz qilmoqchimisiz? Unda raketangiz yoqilg'i zahirasini hisoblashda sizga yordam bermoqchimiz ??????. Quyidagi infografikada Koinotdagi ayrim obyektlargacha qancha muddatda yetib borishingiz mumkinligi keltirilgan. Ushbu hisob-kitoblar, hozirgacha inson qo'li bilan yasalgan mashinalar ichida eng tez harakatlanadigani - "Voyajer-1" tezligiga nisbatan olingan bo'lib, agar Sizning raketangi bunday tezlikda ucha olmasa, tabiiyki, muddat yanada uzoqlashadi. Eslatib o'tamiz, "Voyajer-1" hozirda Quyosh tizimini tark etgan va u 17 km/soniya tezlikda harakatlanmoqda. Qaysi obyektga uchishingizga qarab, oziq-ovqat zahirasini ham ko'proq oling. Masalan, Qutb yulduzigacha naq 7,5 million yildan ko'proq uchish kerak bo'adi. Agar, dinozavrlar davrida ulardan biri raketada o'sha yoqqa yo'lga chiqqan bo'lsa, hozir manzilga yaqinlashib qolgan bo'lardi...

Yangilаndi: 22.01.2025 13:39
 

Mikroto'lqinli pech

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 20
Juda yomon!A'lo! 

Mikroto'lqinli pech

Hozirgi kunda mikroto'lqinli pech uy bekalarimizning oshxonadagi yaqin dastyorlaridan biriga aylangan. Lekin bunday pechlar ota-bobolarimiz avvaldan ishlatib kelgan an'anaviy pechlardan ko'ra boshqacharoq ishlaydi. An'anaviy pechlar masalliqni, yoki, taomni tashqaridan qizdiradi. Mikroto'lqinli pech esa taomni o'z nomiga ko'ra, taomga mikroto'lqinlar vositasida ishlov beradi.

Har qanday modda singari, ovqat va uning masalliqlari ham molekulalardan tashkil topgan bo'ladi. Biz iste'mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarning molekulalari asosan suv va yog' molekulalaridan iborat bo'ladi. Mikroto'lqinli pechga joylashtirilgan taomni tashkil qiluvchi molekulalar mikroto'lqinlar ta'sirida juda tezkor titrash va tebranish jarayoniga duchor bo'ladi. Texnikada bu jarayonni vibratsiya ham deyiladi. Aynan shu vibratsiya natijasid ovqatni tashkil qiluvchi molekulalar bir-biriga ishqalanadi. Ishqalanish esa qizishga olib keladi. Siz ham sovuqda qo'llaringizni beixtiyor bir-biriga ishqab isitganingiz esingizdami? Mikroto'lqinli pechga joylangan taom molekulalari ham xuddi shuning singari bir-biriga ishqalanib qiziydi. Natijada ovqat isiydi. Eng qizig'i shundaki, mikroto'lqinli pechga qo'yilgan taom isib, qizigani bilan, lekin pech va uning detallari o'zi umuman isimaydi. Bunday pechning an'anaviy oddiy pechdan farqi ham shunda. Oddiy pechga o'tin, yoki, ko'mir yoqsangiz, pechning o'zi bilan birga. Uning yaqin atrofidagi hamma narsa qiziydi. Mikroto'lqinli pechda esa faqat taom qiziydi xolos!

Yangilаndi: 22.01.2025 11:58
 

Kox qorparchasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 21
Juda yomon!A'lo! 

Kox qorparchasi

Kox qorparchasi - matematika yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar duch keladigan eng birinchi fraktal obyektlardan biri bo'ladi. Shuningdek, Kox qorparchasi matematika tarixida ham, eng birinchi bo'lib o'rtaga tashlangan fraktallardan biri sanaladi. Ushbu ajoyib va chiroyli, shu bilan birga, murakkab geometrik shakl tasviri ilmiy manbalarda 1904-yilda e'lon qilingan, "Oddiy geometrik yasashlar vositasida olingan urinmalarsiz uzluksiz egri chiziq haqida" deb nomlangan maqola orqali paydo bo'lgan edi. Muallif - shved matematigi Nils Fabian Xelge fon Kox (1870-1924). Shunisi qiziqki, Kox qorparchasining yasash jarayoni uchburchak chizishdan emas, balki, to'g'ri chiziqdan, aniqrog'i, kesmadan boshlanadi.

Yangilаndi: 12.02.2025 07:47
 

Titsius-Bode qonuniyati

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

Titsius-Bode qonuniyati

Titsius-Bode qonuniyati (shuningdek Bode qonuni nomi bilan ham ma'lum) - sayyoralarning Quyoshdan uzoqlashish tartibi, ya'ni Quyoshgacha bo'lgan masofalarining (orbitalarning o'rtacha radiusini) ifodalovchi empirik formula.

Qonuniyat I.D. Titsius tomonidan 1766-yilda taklif etilgan va I.E. Bodening ilmiy ishlari tufayli mashhur bo'lib ketgan. U quyidagicha keltiriladi: Di=0,3,6,12... ketma-ketlikdagi har bir elementga 4 qo'shiladi va natijani 10 ga bo'linadi. Hosil bo'lgan qiymat i-sayyora orbitasining o'rtacha radiusiga teng bo'ladi. Ya'ni:

Di - ketma-ketlikda, birinchi sondan tashqari, keyingi sonlar geometrik progressiyani tashkil qiladi. Ya'ni,

Yangilаndi: 06.10.2026 08:53
 


Maqolaning 8 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Bir kuni Evkliddan so'rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma'qulmi, yoki to'rtta yarimtakkimi?

-To'rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo'qmi aniq ko'rinib turgan bo'ladi.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14134819

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)