Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Kislorodning kashf etilishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Kislorodning kashf etilishi

Balki hayron qolarsiz, lekin bu fakt: kislorod bir necha marta kashf etilgan!

Kislorod haqidagi dastlabki ma'lumotlar VIII asrga tegishli Xitoylik alkimyogar Mao Xoaning risolalarida uchraydi. Xitoyliklar bu gaz ("yyin") - havoning tarkibiy qismi ekanligini bilishgan va unu "boshlanish negizi" deb atashgan. Shuningdek Xitoyliklarga kislorodning pistako'mir, oltingugurt, va bir qancha metallar bilan birikishi ham ma'lum bo'lgan. Shuningdek xitoylar kislorodni selitra kabi birikmalardan ajratib ola bilishgan.

Usbu tarixiy ma'lumotlar asta sekin unutilib ketdi. Faqat XV asrga kelib kislorod haqida Leonardo da Vinchi qisqacha eslash tariqasida ma'lumot qoldirib o'tdi. Uni Gollandiyalik Drebbel ismli shaxs yana yangitdan qayta kashf etdi. Drebbelning shaxsi haqida ma'lumotlar deyarli yo'q. uning kuchli kashfiyotchi va yirik olim bo'lgani tayin. Aynan Drebbel suvosti kemasini loyihalagan ilk muhandislardan biri hisoblanadi. Kislorodning kashf etilishi ham aynan suvosti kemasi bilan bog'liq.

Yangilаndi: 22.01.2025 11:39
 

Kitob bosishning ixtiro qilinishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 26
Juda yomon!A'lo! 

Kitob bosishning ixtiro qilinishi

Ehtimolki, kitob bosish g'oyasi muhrlar orqali vujudga kelgandir. VII-VIII asrlardayoq, yaqin sharqda va yevropada bosma naqsh tushirilgan matolar tayyorlangan. Ko'p marta takrorlanadigan shakllarni bosish uchun, maxsus muhrlardan foydalanishgan. O'rta asrlarda xattotlar, nusxa ko'chiruvchi va kotiblar o'z ism shariflari yoki, muallif ism sharifini yozish uchun ham muhrdan foydalanishgan. Shuningdek, o'rta asrlarga doir qo'lyozmalarning ko'pchiligida matn satri boshidagi birinchi asosiy harf jimjimador ko'rinishda, maxsus muhrlangan tarzda namoyon bo'ladi. Buning sababi oddiy - agar matnni nisbatan tez yozish imkonli bo'lgan bo'lsa ham, ramzlar va turli shakldagi ifodalardan iborat bo'lgan ism shariflar bosh harflarini yozish va bezashga ko'p vaqt ketgan. Shuning uchun, bunday ishlarni avvaldan maxsus tayyorlangan muhrlar yordamida osongina bajarishgan. Bu ayniqsa xattot va nusxa ko'chiruvchilarga qulay bo'lgan. Katta hajmli qo'lyozmalarni ko'chirishda eng ko'p uchraydigan so'zlar, va tasvirlarni qayta qayta yozish o'rniga, muhr yordamida osongina bosib ketish, ham vaqtni tejardi, ham, sifatni oshirardi. Bosma nusxalar esa, o'yin qartalari va arzon-garov tasviriy ishlanmalar (masalan, ommabop va savdosi chaqqon bo'lgan, ikonalar), shuningdek, xaritalarni tayyorlashda ko'proq qo'llanilgan. Bunday gravyurlar avvaliga faqat tasvirdan iborat bo'lgan. Keyinroq esa, bir necha satr matn ham qo'shib bosila boshlangan. Gravyura bosishdan kitob bosishga o'tish uchun faqat bittagina qadam tashlash qolgan edi. Mantiqan qaralganda bu jarayon evolyutsiyasi quyidagicha bo'lgan: avvaliga taxta yoki metall doskalarga tasvirni o'yib tushirib, u orqali qog'oz yoki matoga tasvirni bosib chiqarishni yo'lga qo'yishgan. Bunday tasvir ostidagi bir-ikki satr matn qo'lda yozib chiqlgan. Keyinroq, doskaning o'zida matnni teskari tartibda o'yib yozib, uni ham tasvir bilan birvarakayiga bosishga o'tishgan. Shu tahlit ish, doskada matnning o'zini, bezak va tasvirlarsiz teskari tartibda o'yib ishlash va uni qog'ozga yoki, matoga bosishga yetib kelgan.

Yangilаndi: 23.01.2025 14:05
 

Albert Eynshteyndan iqtiboslar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 32
Juda yomon!A'lo! 

Albert Eynshteyndan iqtiboslar

Albert Eynshteyn o'zining teran, chuqur ma'noli iqtiboslari bilan nafaqat ilm-fan, balki umuman jahon ijtimoiy-madaniy tarixda ham o'ziga xos yorqin iz qoldirgan. Unga tegishli qanotli iboralar ba'zan kishini o'ylashga, fikrlashga majbur qilisa, boshqa safar quvnoqlik, xushnudlik bag'ishlaydi. Quyida jahon fiziklarning dohiysi tilidan saralangan eng mashhur va ma'nodor iqtoboslarni havola etamiz.

Agar hayotda baxtli yashab o'tishni istasang, uni muayyan odamlar yoki buyumlarga emas, biror ulkan maqsad sari bag'ishla.

* * *

Men ikkita jahon urushi boshdan kechirganim va ikki marta uylanganimni e'tiborga olsak, hozirda yomon yashayotganim yo'q...

* * *

Hayotda shunday maqsadni tanlash kerakki, u sendagi mavjud hamma imkoniyatni ishga solishni talab qilsin.

Yangilаndi: 18.02.2025 08:20
 

18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun!

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 219
Juda yomon!A'lo! 

18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun!

Davlatimiz rahbarlari sharafiga boshqa davlatlarda yurtimiz bayrog'i ko'tarilganida, xorij safarlarida, o'zga davlatlar hududida O'zbekistonimiz bayrog'ini ko'rganimizda, nufuzli xalqaro sport anjumanlarida mamlakatimiz bayrog'i hilpiraganida odamning qalbi allanechuk bo'lib ketadi. Vatan hissini yurakdan tuygan har bir inson borki, yurt bayrog'ini muqaddas bilib, uning hurmat va sharafini chin qalbdan e'zozlaydi. Zero milliy bayrog'imiz - mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo'lib, xalqaro munosabatlarda O'zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo'ladi.

Yangilаndi: 17.02.2025 07:54
 

Bag'dod batareykasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Bag'dod batareykasi

Siz va biz maishiy turmushda keng qo'llaydigan oddiy batareykalarni 1800-yilda italyan olimi Alessandro Volta (1745-1827) kashf etgan deb hisoblanadi. Volta bir necha dona mis va rux plastinalarni ustma-ust joyladi va ularning orasiga nomakob suvi shimdirilgan mato qo'yib chiqdi. Shu orqali u, bizlar "batareyka" deb nomlaydigan doimiy tok manbaini ixtiro qildi. Agar batareykaning pastki va ustki qismlarini elektr o'tkazgich sim bilan ulansa, simda tok oqa boshlaydi. Biroq... ba'zi arxeologik asori-atiqalarga nazar tashlaydigan bo'lsak, elektr batareykalari aslida Volta ixtirosidan ham ming yillar avvalroq, yaqin sharqda allaqachon mavjud bo'lgan degan xulosaga kelish mumkin.

Yangilаndi: 22.01.2025 11:28
 


Maqolaning 70 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135264

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)