Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Kalsiy - suyak elementi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Kalsiy - suyak elementi

Yer qobig'ida silikatlar turkumiga mansub bo'lmagan minerallar mavjud. Bundaylardan biri - ohaktoshdir. Ushbu mineral qanday ko'rinishda ekanligiga qarab, turli nomlar bilan ataladi. Agar ohaktoshni shaffof bo'lmagan kristallar ko'rinishida uchratilsa uni kaltsit deyiladi. Agar kristallar shaffof bo'lsa, uni island shpati deyiladi. Ohaktosh turkumidagi minerallarning eng mashhuri va chiroylisi bu - marmar bo'lib, unga sayqal berish orqali juda ajoyib me'moriy bezaklar tayyorlash mumkin. Marmarning arxitektura bezagi sifatida qo'llanilishi qadimgi yunon va Rim davridayoq keng ommalashgan edi. Vanihoyat, ohakning nisbatan mo'rt va oson uqalanadigan shakli - bo'r bo'lib, uni biz maktab doskasi oldidagi doimiy manzili orqali yaxshi taniymiz. Angliyaning Duvr hududida bus-butun bo'rdan iborat butun boshli qoyalar tizimi mavjud.

Yangilаndi: 10.02.2025 15:44
 

Yer o'qining og'ish burchagi hamda Gomerning "Odisseya"si

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Yer o'qining og'ish burchagi hamda Gomerning "Odisseya"si

Qadimgi yunon shoiri Gomerning ikkita eng mashhur asari bor. Birinchisi - "Iliada" dostoni bo'lsa, ikkinchisi Iliada dostonidir. Ushbu asarlarning ikkalasi ham qahramonlik eposi bo'lib, asarlar yunon mifologiyasi asosida yaratilgan, Iliada va Odisseya shunchaki she'rlar, hikoya yoki, rivoyatlar to'plamigina emas, balki, real tarixiy voqealarni ham bayon etganligi bilan muhim. Shu jihatdan, mazkur asarlar qadimgi dunyo tarixini o'rganishda ham muhim yozma manba bo'lib xizmat qilgan. Xususan, mashhur Troya voqeasi aynan "Iliada" dostonida keltirib o'tiladi. "Odisseya" esa bosh qahramon - Odisseyning jahongashta sarguzashtlarini, hamda, uni sabr bilan kutgan rafiqasi - Penelopaning sadoqatini madh etuvchi dostondir. Qisqasini aytganda, Iliada va Odisseya - umumjahon madaniyatining nodir namunalari hisoblanadi va butun bashariyat mulki sifatida e'tirof etiladi. Gomer asarlarini o'zbek tiliga Mirtemir domla, hamda, Qodir Mirmuhamedovlar tomonidan tarjima qilingan.

Yangilаndi: 22.01.2025 13:41
 

Eksponensial ko'payish

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Eksponensial ko'payish

Agar populyatsiyaning miqdoriy o'sishi bosh soniga proporsional bo'lsa, unda, populyatsiya eksponensial ko'payadi.

"Eksponensial o'sish" iborasi bizning leksikonimizda odatda qandaydir shiddatli, to'xtovsiz o'sish jarayonini ifodalaydi. Masalan, matbuotda shahar aholining shiddatli o'sishini shunday ta'riflashadi. Yoki, shaharlar sonining ortishini o'zi ham eksponensial o'sish deyiladi. Biroq, o'z nomi bilan aniq fan bo'lgan matematikada ushbu termin aniq bir turdagi o'sish jarayonini ifodalaydi.

Eksponensial o'sish deganda, populyatsiyaning o'sishi populyatsiyaning joriy umumiy soniga proporsionalligi tushuniladi. Populyatsiyaning o'sishi esa, tug'ilishlar sonidan o'limlar soni ayirmasiga teng bo'ladi. Masalan, odam populyatsiyasi uchun, tug'ilishi koeffitsienti, joriy paytdagi reproduktiv yoshdagi juftliklar soniga taxminan teng bo'ladi; o'lim koeffitsienti esa, populyatsiyadagi odamlar soniga taxminan teng bo'ladi (uni N bilan belgilaymiz). Shunda, taqribiy yaqinlashish bilan:

Yangilаndi: 29.01.2025 15:46
 

Plank doimiysining yanada aniq qiymati belgilandi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Plank doimiysining yanada aniq qiymati belgilandi

AQSHlik fiziklar ilm-fanda eng muhim bo'lgan konstantalardan biri - Plank doimiysining qiymatini yanada katta aniqlikda hisoblab chiqarishga muvaffaq bo'lishdi. Aytishlaricha, Plank doimiysining belgilangan yangi qiymati atiga milliarddan 13 qism xatolik bilan tabiiy qiymatidan farq qilar ekan...

2011-yilda o'lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasi ishtirokchilari Xalqaro Birliklar Tizimi - SI ni Plank doimiysi asosida qayta taftish qilish haqida qaror qabul qilishgan edi. Rejaga ko'ra, 2018-yilgacha olimlar ushbu konstantaning eng ishonchli qiymatlarini hisoblab chiqarishlari zarur edi.

Yangilаndi: 14.04.2025 09:17
 

Gugol

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Gugol

Siz internetda biror narsani qidirish asnosida, albatta Google qidiruv tizimiga duch kelgansiz. "Google", ya'ni, gugl atamasi aslida "gugol" so'zining buzib aytilishidan kelib chiqqan. Gugol so'zining o'zi esa 1 dan keyin ketma-ket yuzta nol bilan yoziladigan sonning nomidir. Tasavvur qilish uchun, 1 dan keyin atiga bitta nol kelsa, ya'ni, raqam "10" shaklida yozilsa, bu so'n "o'n" deyiladi. Birdan keyingi uchta nol - mingni, oltita nol - millionni, to'qqiztasi esa, milliardni anglatadi. Endi, tasavvur qiling, birdan keyin yuzta nol kelsa! Bu sonni, ya'ni, gugolni raqamlar bilan yozib ifodalash ham qiyin. Axir nollar sonida adashib ketish ham hech gap emas Смешно.

Yangilаndi: 13.02.2025 08:17
 


Maqolaning 69 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135433

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)