Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

"Hind hisobi haqida kitob"

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 19
Juda yomon!A'lo! 

"Hind hisobi haqida kitob"

920-980 yillarda Damashqda yashab o'tgan arab matematigi Abul Hasan Ahmad ibn Ibrohim, o'zi yozib qoldirgan ilmiy qo'lyozmalarda al-Uqlidisi taxallusi bilan imzo chekkan. Xususan, uning muallifligida 953 yilda yozib bitirilgan "Kitob al-fusul fi al-hisab al-Hindi" kitobi arab tilida bitilgan matematik asarlar ichida eng birinchilaridan biri hisoblanadi. "Al-Uqlidisi" taxallusi arab tilidan to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilinganda "Yevklidning kotibi", "Yevklid xattoti" degan ma'noni beradi. Bu bilan muallif, Yevklid asarlarini qadimgi yunon tilidan arab tiliga tarjima qilganligiga ishora qilmoqchi bo'lgan bo'lsa kerak. Haqiqatan ham, IX-XII asrlarda musulmon sharqida ko'plab musulmon olimlar tomonidan antik davr ilm-faniga oid ko'plab muhim asarlar arab tiliga o'girilgan va xattotlar tarafidan ko'p nusxalarda ko'paytirilgan. Lekin, al-Uqlidisining nomi yuqorida zikr etilgan asari qadimgi yunon, yoki, Misr mualliflarining asarlarining tarjimasi bo'lmay, balki, nomidan ham ko'rinib turgandek, Hindiston matematikasi, aniqrog'i, pozitsion raqamlash tizimidan foydalanish haqida bo'lgan. Ushbu kitob biz hozirda arab raqamlari deb nomlaydigan odatiy o'nli sanoq tizimidagi 0 dan 9 gacha bo'lgan raqamlar bilan sonlarni ifodalash usuli haqida mufassal ma'lumot keltirilgan ilk ilmiy manba sanaladi.

Yangilаndi: 26.02.2025 09:01
 

Trevizo arifmetikasi

E-mail Chop etish PDF

Trevizo arifmetikasi

XV-XVI asrlarga oid Yevropa arifmetik matnlari odatda suhbat, yoki hikoya tarzida bayon qilingan matematik masalalardan iborat bo‘ladi. o‘sha masalalarning aksariyati esa, savdo va oldi-sotti muomalalari bilan bog‘liq bo‘lib, muayyan misollar vositasida muhim matematik usullar va g‘oyalarni tushuntirishga uriniladi. Umuman olganda, matnli masalalar orqali matematika o‘rganish an'anasi juda qadimiy amaliyot bo‘lib, qadimgi Misr, Xitoy va Hindistonga tegishli ko‘hna yozma manbalarda ham, matematik masalalarni matn-hikoya ko‘rinishida bayon qilinganligini ko‘rishimiz mumkin.

Xususan, XV-asr Italiyasiga taalluqli bo‘lgan "Trevizo arifmetikasi" asarini ham mohiyatan shunday matni matematik masalalar to‘plami va ularni yechish usullari keltirilgan izoh-qo‘llanma deb e'tirof etish o‘rinlidir. Ushbu asardagi masalalarning qahramonlari odatda savdo-sotiq muomalasida ishtirok etayotgan savdogar yoki xaridorlar bo‘lib, ular sarmoyani to‘g‘ri taqsimlash, yoki, xaridda aldanib qolmaslik uchun qandaydir hisob-kitoblarni bajarishlari kerak bo‘ladi. Ushbu kitob italyan tilining Venetsiya lahjasida bitilgan bo‘lib, 1478-yilda Italiya shimolidagi Trevizo shahrida bosmadan chiqqan. Shu sababli ham ushbu kitob "Trevizo arifmetikasi" deb ataladi.

Yangilаndi: 12.12.2018 12:57
 

Simob - suyuq element

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Simob - suyuq element

Qalay va qo'rg'oshin nisbatan past haroratlarda ham erishini siz yaxshi bilasiz. Ularning erishi uchun 200-300 °C orasidagi harorat kifoya qiladi. Ishqoriy metallar yanada pastroq haroratlarda ham erib, suyuqlanib ketadi. Masalan, seziy metallining erishi uchun Quyoshli kundagi issiq harorat yetarli bo'ladi.

Shunday bir metall borki, hatto sovuq haroratda ham suyuqligicha qolaveradi. Bu - davriy jadvaldagi 80-raqamli element - simob elementidir. Simob - suv muzlaydigan haroratdan, ya'ni, selsiy bo'yicha 0 °C dan ham -39 daraja past haroratdagina qotadi.

1759-yilgacha hech kim simobni qattiq holatga o'tkazishga urinib ham ko'rmagan. Chunki, hech kim simobning aslida metall ekanini bilmagan.

Yangilаndi: 06.02.2025 10:45
 

Seriy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Seriy

Seriy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VI-davr IIIB-guruh elementi. Atom raqami 58. Ce (lotincha Ceres so'zidan) formulasi bilan belgilanadi. Seriy siyrak yer elementlari turkumining lantanoidlar oilasiga mansub, kumush-oq rangli yumshoq metall.

Tarixi va atama etimologiyasi.

Seriyni 1803-yilda deyarli bir vaqtning o'zida bir-biridan mustaqil ravishda ikkita laboratoriyada kashf qilingan. Ulardan biri olmon kimyogari Martin Genrix Klaport (1743-1817) bo'lsa, ikkinchi kashfiyotchilar Shvetsiyalik Yens Yakob Berselius (1779-1848) hamda, Vilgelm Xeyzinger (1766-1852) sanaladi. Berselius va Xeyzinger seriyni Shvetsiyaning Vestmanland hududidagi Bastnes shaxtalaridan olinadigan temir va mis rudasidan aniqlashgan. Yangi kashf qilingan element uchun nom sifatida avvaliga Klaport tomonidan "Sereriy" nomi taklif qilingan edi. Lekin, Berseliusga bu nom ma'qul kelmagan va uning talaffuzga qiyinligiga ishora qilgan holda, nomni qisqaroq qilib "Seriy" deb qo'yishni taklif qilgan. Ko'pchilik tomonidan Berseliusning taklifi ma'qullangach, ushbu elementga mazkur nom biriktirilgan.

Yangilаndi: 20.08.2026 05:51
 

Robert Raketachi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Robert Raketachi

Qattiq yoqilg'ili raketalar paydo bo'lganiga ming yildan o'tdi. Mohiyatan, bu - katta feyrverk, mushakbozlik uchun qo'llaniladigan raketalardir. Haqiqiy ma'nodagi kosmik raketalar yasashni orzu qilgan ilk konstruktorlar, raketaning ochiq koinotga uchib yetib borishi uchun, qo'shimcha ravishda suyuq yoqilg'i quvvati ham zarur bo'ladi deb hisoblashgan. Lekin, undan ham avval, koinotga uchib chiqa oladigan raketa texnologiyalarini o'zini yaratish zarur edi.

Kosmosga parvoz qilish uchun raketa shunday dvigatelga ega bo'lishi kerakki, u har qanday sharoitda ham ishlab, zaruriy energiya va harakatni ta'minlab berib tursin. ya'ni, bunday dvigatel raketani koinotga uchirib yuboradigan start maydonchasida ham, atmosferaning bosim past bo'lgan yuqori siyrak qatlamlarida ham, shuningdek, deyarli vakuum holati bo'lmish ochiq koinotda ham ishlashi shart.

Yangilаndi: 14.02.2025 10:47
 


Maqolaning 66 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135433

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov