Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Nobel mukofoti egalari amalga oshirgan eng muhim kashfiyotlar.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 11
Juda yomon!A'lo! 

Nobel mukofoti egalari amalga oshirgan eng muhim kashfiyotlar.

Har yili oktyabr oyining dastlabki haftasida butun dunyo ilmiy jamoatchiligi nigohi Stokgolm tomon yuzlanadi. Chunki, oktyabrning ilk kunlarida Shvetsiya Fanlar Akademiyasi tomonidan, dunyodagi eng nufuzli ilmiy mukofot - Nobel mukofotining joriy yilgi laureatlarini e'lon qiladi. Xabaringiz bor, Nobel mukofoti Fiziologiya va Tibbiyot, Fizika, Kimyo ilmlari bo'yicha, hamda, adabiyot, iqtisodiyot va tinchlik sohalarida beriladi. Albatta, qaysidir olim, yoki shaxsga ushbu oliy ilmiy mukofot berilgani haqida xabar tarqalishi hamonoq, uning aynan qaysi "ko'rsatgan karomati" uchun mukofotga loyiq ko'rilgani ham ma'lum qilinadi. Tabiiyki, oddiy xalq eng avvalo, o'sha ilmiy ishning amaliy ahamiyati bilan qiziqadi. Ya'ni, "xo'sh, bundan odamlarga nima naf?" - qabilidagi savol albatta o'rtaga tashlanadi.

Yangilаndi: 14.02.2025 08:46
 

Mukammal sonlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 129
Juda yomon!A'lo! 

Mukammal sonlar

Mukammal son deb, o'zining bo'luvchilari yig'indisiga teng bo'lgan natural songa aytiladi. Masalan, eng kichik mukammal son bu - 6 sonidir. Chunki u, o'zining bo'luvchilari yig'indisiga teng: 6=3+2+1. Ikkinchi mukammal son bu - 28 bo'ladi. Chunki, u ham o'z bo'luvchilarining yig'indisiga teng: 28=14+7+4+2+1.

Natural sonlar son o'qida kattalashib borishi yo'nalishida, mukammal sonlar borgan sari kamayib boradi. Mukammal sonlarning cheksiz ekanligi hali isbotlanmagan. Mukammal sonlar o'ziga xos ketma-ketlik yuzaga keltiradi.

Yangilаndi: 12.02.2025 08:05
 

Teleskop

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 17
Juda yomon!A'lo! 

Teleskop

Ko'zoynaklar singari, ko'rish trubasi ham, ilm-fandan yiroq odam tomonidan ixtiro qilingan. Dekartning "Dioptrika" asarida ushbu muhim ixtiro haqida shunday hikoya bor: "Fanimizning uyatga qoldirgan holatda, shunday ajoyib va muhim ixtiro, dastavval, mutloq amaliy tajriba asosida va unda ham, tasodif tufayli amalga oshirilgan. Taxminan, 30 yilcha avval, Yakov Metsius, "hech qachon fanlarni o'qimagan odam", qo'l ostida har xil shakldagi linzalarga va oynalarga ega bo'lgan holatda, ularning ketma-ketligidagi kombinatsiyasidan, o't oldirish, olov hosil qilish uchun foydalanish maqsadida, ularni tasodifan, omadli ravishda shunday joylashtirishga muvaffaq bo'ldiki, u orqali qarab, umuman kutilmagan tarzda, dastlabki ko'rish trubasini yasab oldi". Aytishlaricha, bunga sabab bo'lgan narsa, Metsiusning ishlari ustida kuzatuvchanlik bilan o'ynab yurgan bolalarining, o'yin asnosida truba orqali unga qaraganlari bo'lgan ekan...

Yangilаndi: 23.01.2025 14:01
 

Yonish nazariyasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 46
Juda yomon!A'lo! 

Yonish nazariyasi

XVIII-asrning ikkinchi yarmida kimyo fani yuksalish jarayonini boshlab yubordi. Kashfiyotlar kashfiyotlarga, ixtirolar ixtirolarga ulanib ketdi. Bu davrda qator ajoyib va iqtidorli tajribakorlar - Pristli, Blek, Sheele, Kavendish va boshqalar yashab, ilmiy faoliyat bilan mashg'ul bo'lishdi. Blek, Kavendish va ayniqsa Pristli ishlarida bu o'sha vaqtgacha misli ko'rinmagan yangi kimyoviy dunyo - gazlar olami namoyon bo'la boshlaydi. Tadqiqot usullari doimiy takomillashib bordi.  Blek, Kronshted, Bergmann va boshqalar ilmiy tajribaviy tahlilning yangidan yangi qirralarini ochib, kimyoviy tahlillar sifatini yangi bosqichga ko'tarishdi. Bu ulkan hajmdagi ishlar natijasida ko'plab yangi kimyoviy elementlar ochildi, birikmalar kashf etildi.

XVII va XVIII-asrlar chegarasida olmon kimyogari Georg Ernst Stal (1659-1734) "Flogiston nazariyasi" deb ataladigan, mohiyatiga ko'ra dastlabki kimyoviy nazariyani o'rtaga tashladi. U o'z mazmuniga ko'ra xato bo'lib chiqqan bo'lsa hamki, lekin fanga boshqa jihatdan naf keltirdi. U yonish va metalllarni toblash (kalsinatsiya) jarayonlarini yagona nuqtai nazardan bog'lab o'rganib, mazkur jarayonlar bo'yicha tekshirishlarni tizimli asosga keltirishga sababchi bo'ldi.

Yangilаndi: 22.01.2025 11:37
 

Stiven Xoking - inson irodasiga qo'yilgan haykal

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 17
Juda yomon!A'lo! 

Stiven Xoking - inson irodasiga qo'yilgan haykal

1941-yilning ikkinchi yarmida minglab ingliz oilalari imkon qadar Oksford va Kembrijga ko'chib o'tishga intilishardi. Lekin bu intilish mazkur shaharlarning mashhur oliy o'quv yurtlariga kirish uchun emas, balki o'z jonlarini omon saqlash, bolalarni ehtiyotlash maqsadini ko'zlardi. Fashistlar Germaniyasi va Angliya hukumatlari o'rtasidagi o'ta kam sonli kelishuvlardan biriga ko'ra, qarama-qarshi tomonlar, Angliyada Kembrij va Oksfordni, Germaniyada esa Geydelberg va Gyottingenni harbiy harakatlarda holi tutishga rozi bo'lishgan. Otasi tropik kasalliklar bo'yicha mutaxassis vrach, onasi esa kotiba bo'lib ishlagan Xokinglar oilasi ham, 1941-yilda London osmonida Lyuftvaffe bombardimonchilari muntazam paydo bo'la boshlagach, poytaxtni tashlab, vaqtincha Oksfordga ko'chib o'tishga majbur bo'lishdi. Taqdirning shunday taqozosi bilan, biz ushbu maqola orqali tanishtirmoqchi bo'lgan olim, zamonamizning eng nufuzli nazariyotchi fiziklaridan bo'lmish Stiven Xoking 1942-yilning 8-yanvarida, Oksfordda dunyoga keldi. U o'zining tavalludini, zamonaviy fizika fanining otasi bo'lmish Galileyning vafotidan roppa-rosa 300 yil o'tib yuz berganiga hech qanday ramziy ma'no bermaydi. O'zining ta'biri bilan aytganda, "axir aynan shu kuni yana ikki yuz mingga yaqin boshqa chaqaloqlar ham tug'ilgan edi".

Yangilаndi: 30.01.2025 07:42
 


Maqolaning 65 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135433

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)