Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Lantan

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Lantan

Lantan - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VI davr IIIB guruh elementi. Atom raqami 57. La (lotincha Lanthanum so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Lantan siyrak yer elementlari turkumining lantanoidlar oilasiga mansub, kumush-oq rangli yumshoq metall.

Tarixi va atama etimologiyasi. 1803-yilda shved kimyogari Yens Yakob Berselius tarkibi noma'lum bir mineralni tadqiq qilgan edi. o‘sha mineral keyinchalik serit nomini olgan. Mazkur mineral tarkibida ittriyli tuproq hamda, undan tashqari yana bir noma'lum modda borligi aniqlangan. Ushbu noma'lum moddani kimyogarlar vaqtincha nom bilan "seriyli tuproq" deb nomlashgan edi. Chunki, mineralning ushbu qismidan ko‘p miqdorda seriy elementi aniqlangan edi.

Yangilаndi: 05.12.2018 16:50
 

Qalay va qo'rg'oshin - konserva va san'at elementlari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

Qalay va qo'rg'oshin - konserva va san'at elementlari

Uglerod va kremniy - ikkalasi ham metallmaslar vakillaridir. Lekin, davriy jadvalda ularning ostida uchta metall joylashgan. Ularning dastlabki ikkitasi bizga juda yaxshi tanish bo'lgan metallardir. Chunki, ushbu metallar insoniyatga juda qadimdan ma'lum bo'lib, ularning biri - davriy jadvalda 50-raqamli kimyoviy element - qalay bo'lsa, ikkinchisi - 82-raqamli element qo'rg'oshin elementidir.

Bi ikki metallarning inson tomonidan ishlov berilgan eng qadimgi namunalari eramizdan avvalgi 3000-ming yillikka oid arxeologik topilmalardan aniqlangan. Qalay va qo'rg'oshin haqidagi ma'lumotlar eng qadimgi madaniyatlarga oid qo'lyozmalarda va chunonchi diniy kitoblarda ham uchraydi. Xususan, nasroniylarning muqaddas kitobi Injilda qalay haqida gap ketgan jumlalar mavjud.

Yangilаndi: 04.02.2025 15:22
 

Toza suv: osmos haqida 5 ta fakt

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Toza suv: osmos haqida 5 ta fakt

Yoz kunlarida tarvuzni suvga solib qo'yib sovitishni deyarli hammamiz qilib ko'rganmiz. Avvallari muzlatgichlar bo'lmagan zamonlarda, ichimliklarni sovitish uchun ham shunday usul keng qo'llanilgan: meshga to'ldirilgan sut, sharbat yoki sharobni muzdek suv oqayotgan ariqqa solib qo'yishardi va natijada, o'sha ichimlik ham muzdek bo'lib, ichganda odamga yanada lazzat baxsh etardi.

Farang fizik olimi, abbat Antuan Nolle (1700-1770) ham buzoq terisidan qilingan meshlarda sharob (vino) saqlardi. 1748-yilning issiq yoz kunlarining birida, Nolle shunday meshda saqlanayotgan sharobni sovitib ichish uchun, uni muzdek suvli hovuzga solib qo'yadi. Biroq, tamaddi qilishga chog'lanarkan, u xayolida allaqachon muzdek bo'lib turgan sharobni olish uchun hovuzdan meshni chiqarib oldi va ne ko'z bilan ko'rsinki, buzoq terisidan tayyorlangan mesh yorilib, ichiga suv kirib ketgan edi...

Yangilаndi: 10.02.2025 07:46
 

Har safar galaktika bo'ylab...

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Har safar galaktika bo'ylab...

(Ayzek Azimovdan tarjima)

Bir necha yil avval qo'shni mahalladagi maktab binosida yong'in sodir bo'lgan edi. Lo'ndasini aytganda, u yerda olov deyarli bo'lmadi. Aksincha, xonalar va yerto'lani buruqsigan tutun qopladi xolos. Ushbu ko'ngilsiz hodisa yuz bergan paytda maktabda allaqachon darslar tugagan edi va shu sababli, xayriyatki, hech kim jabr ko'rmadi.

Shunga qaramay, yong'in kattalashib, kuchayib ketishini oldini olish uchun, xodimlar baribir o't o'chirish bo'limiga qo'ng'iroq qilishgan edi. Ko'chada birinchi o't o'chirish mashinasi paydo bo'lishi bilan, ko'p o'tmay atrofda tumonat tekin tomosha ishqibozlari to'planib ketdi. Tomosha uchun to'planib olgan olomonga qarab shunday taassurot uyg'onadiki, xuddi shaharning barcha bekorchi va dangasa takasaltanglari maktab binosini qanday yonishini ko'rish uchun shoshilib yetib kelishgandek go'yo... Odamlar ushbu kulfatni tomosha qilish uchun mashinalarda, velosipedda, ot-aravalarda kelishgan edi. Ko'pchilik albatta piyoda, yoki, yugurib ham kelganlar bor. Ba'zilar juft-juft bo'lib dugonalari bilan kelishgan bo'lsa, ba'zilar qariya ota-onasini ham va yosh bolalarini ham yetaklab kelgan. Nima deyishga ham hayronsan kishi...

Yangilаndi: 31.01.2025 10:53
 

Mikroblarning antibiotiklarga bardoshliligi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 11
Juda yomon!A'lo! 

Mikroblarning antibiotiklarga bardoshliligi

Mikroorganizmlarning populyatsiyasida (alohida bir a'zosida emas) vaqt o'tishi bilan muayyan kimyoviy moddalarga, xususan, antibiotiklarga va pestitsidlarga qarshi chidamlilik shakllanishi mumkin.

Albatta, antibiotik dorilarga nisbatan chidamli bo'lgan va dori ta'sir qilmaydigan mikroblar haqidagi vahimali gaplar ba'zan quloqqa chalinib turadi. Bu to'g'risida tibbiyot sohasi mutaxassislari yaxshiroq bilishadi albatta. Ayrim bemorlarda davolash jarayonida foydalanilgan muayyan bir antibiotikni boshqasiga, ya'ni, yanada kuchlirog'iga almashtirishga to'g'ri kelganligi turgan gap. Mikroorganizmlar populyatsiyasida dori preparatlariga nisbatan bunday chidamlilik shakllanishi hodisasi, ba'zi hissiyotga beriluvchan jurnalist va yozuvchilar aytganidek, "ona tabiatning odamzotdan o'ch olishi" emas, balki, tabiiy evolyutsiya qonuniyatlarining amaldagi ifodasi xolos.

Yangilаndi: 04.02.2025 13:34
 


Maqolaning 64 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135433

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!