Bug' mashinasi

XVIII-asrning ikkinchi yarmiga qadar odamlar ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asosan suv dvigatellaridan foydalanishar edi. Lekin, suv g'ildiragidan mexanik harakatni uzoq masofalarga uzatish imkoni bo'lmaganligidan, barcha fabrikalarni daryo qirg'oqlariga qurishga majbur bo'linar edi. Bu har doim ham qulay bo'lmagan. Bundan tashqari, suv dvigatelining samarali ishlashi uchun, to'g'onlar yoki sun'iy havzalar qurish, katta hajmdagi qo'l mehnati va anchayin qimmatga tushadigan tayyorgarlik ishlari talab qilinar edi. Suv g'ildiraklarida boshqa kamchiliklar ham yetarlicha bo'lib, masalan ular kam quvvatli, sozlash murakkab va yil fasllariga bog'liq holda ishlardi. Asta sekinlik bilan, ko'p quvvatli, arzon, oson boshqariladigan va inson aralashuvisiz o'zi ishlay oladigan dvigatelga bo'lgan ehtiyoj ortib bordi. Aynan shunday dvigatel sifatida esa, sanoat uyg'onishi davri ibtidosida bug' dvigateli katta sahnaga chiqdi.
Yangilаndi: 23.01.2025 14:02
|
Voyajer-1

Amaldagi maqsadi Quyosh tizimi va uning tevarak chegaralarini o'rganishga mo'ljallangan avtomatik fazoviy zond. AQSH tomonidan 1977 yilning 5-sentyabrida, Kanaveral kosmodromidan "Titan IIIE" raketa eltuvchisi yordamida orbitaga chiqarilgan. Start vaqtidagi vazni 723 kg. Ta'minot manbai sifatida plutoniy-238 asosida ishlovchi, 3 ta radioizotopli termoelektr generatori qo'llanilgan. Dastlabki vaqtda, "Voyajer-1"ning asosiy vazifasi, gigant sayyoralar - Yupiter va Saturnni tadqiq qilish sifatida belgilangan bo'lib, ishchi rejim muddati 5 yil baholangan edi. "Voyajer-1" dastlabki manzil - Yupiter tevaragiga 1979 yilning 1 yanvar kuni yetib bordi va ushbu gigant sayyora yuzasini, uning tabiiy yo'ldoshlarini fotosuratini yerga yubordi. Ko'zlangan ikkinchi manzil - Saturnga esa apparat 1980-yilning 13 noyabr kuni yetib bordi. "Voyajer-1" Yupiter va Saturnning mufassal fotokadrlarini olgan eng birinchi kosmik apparatdir. Shuningdek "Voyajer-1" yordamida, ushbu gigant sayyoralarning ilgari fanga ma'lum bo'lmagan bir necha tabiiy yo'ldoshlari aniqlandi. "Voyajer-1" belgilangan vazifalarni to'liq bajarib bo'lgach, o'zining ish qobiliyatini 100% saqlab qoldi va un iQuyosh tizimining chetki qismlarini o'rganish maqsadida, geliosfera chegarasiga yo'naltirilidi. 1998-yilning 17-fevral kuni "Voyajer-1", o'sha vaqtgacha, Quyoshdan eng uzoq masofaga yetib borgan fazoviy apparat - "Pioner-10" kosmik zondini quvib o'tdi va inson tomonidan yaratilgan fazoviy apparatlar ichida Quyoshdan eng olis masofaga uzoqlashgan kosmik apparatga aylandi. "Voyajer-1"ning keyingi maqsadi, Koyper belbog'i hududini tadqiq qilish va geliopauza chegarasiga yetib borish va u haqidagi axborotlarni yerga uzatish sifatida belgilandi. "Voyajer-1" bu vazifani ham uddalab, keyin geliosferani tark etib, yulduzlararo fazoga chiqib ketsa, u yulduzlararo fazo muhiti haqida ma'lumot uzatgan dastlabki apparatga aylanishi ko'zda tutilgan edi.
Yangilаndi: 31.01.2025 08:42
Algebraik strukturalar: obyektlar o'rtasidagi mavhum nisbatlar
Algebraik strukturalar - nazariy matematikaning tarkibiy qismi o'laroq shakllangan. Shunga qaramay, algebraik strukturalar fizika, kimyo va boshqa fan sohalaridagi muhim masalalar yechimi uchun tadbiq qilina boshlandi va tez orada texnikada ham o'z amaliy ahamiyatini namoyon qildi. Umuman olganda, algebraik strukturalar tushunchasi bugungi kunda shunchaki nazariy matematika sohasi chegarasidan tashqariga chiqib ketgan. Algebraik strukturalar fizika, kimyo va ayniqsa informatika sohalarida o'ta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Guruhlar nazariyasi va algebraik strukturalar tushunchasisiz nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasini barpo qilish imkonsiz bo'lgan bo'lur edi
Ko'plab jarayonlarni o'rganish va tadqiq qilishda algebraik strukturalarni tadbiq etish masalasi yuzaga chiqadi. Algebraik strukturalarni qo'llashda esa, muayyan darajadagi mavhimiyat (abstraksiya) talab qilinadi. Aslida bu narsa nafaqat algebraik strukturalarga, balki, kundalik hayotimizdagi ko'plab boshqa narsalarga ham taalluqli bo'lib, mavhum tushunchalar - turmushimizning chambarchas qismidir. Mavhum tushunchalar - insonning tafakkur va tasavvur qobiliyatida o'ziga xos muhim o'ringa ega.
Yangilаndi: 30.01.2025 10:12
|
Klayd Tombo
Klayd Tombo 4-fevral, 1906-yilda AQSHning Illinoys shtatida, ijaraga yer olib dehqonchilik qiluvchi fermer oilasida tug'ilgan. 12-yoshidan boshlab astronomiya bilan jiddiy qiziqib shug'ullana boshlagan. o'rta maktabni tugallagach, keyingi ta'limni olish uchun mablag'i yetmaganligi bois, mustaqil shug'ullanishga majbur bo'lgan. U o'zining yasama teleskopida Oy va Marsning tasvirlarini olib, Louell rasadxonasiga yuborgan. Rasadxonadagi yuqori malakali astronomlarning hayratiga sabab bo'lgan bu fototasvirlar, o'zining aniqligi va sifati tufayli, Tombo ushbu nufuzli rasadxonaga ishga taklif etilgan. Aynan Louell rasadxonasida, 1930-yilning 18-fevral kuni, Klayd Tombo o'zining eng olamshumul kashfiyoti - Pluton sayyorasini kashf qildi. Shuningdek u, Plutonni qidirish ishlari mobaynida, yangi kometa va yuzlab ilgari fanga noma'lum bo'lgan asteroidlarni ham ochdi. Tombo 1932-yilda Kanzas universitetiga o'qishga kirib, 1936-yilda bakalavr diplomiga ega bo'ldi. U 1943-yilgacha Louell rasadxonasida ishladi. 1943-45 yillarda esa, Arizona kollejida, 1945-46 yillarda esa Kaliforniya universitetida dars berdi. 1946-yildan boshlab Las-Krus laboratoriyasida, 1955-yildan boshlab esa, Nyu-Meksiko universitetida ishladi. 1965-yilda Nyu-Meksiko universiteti professori, 1973-yildan esa faxriy professor unvonlariga ega bo'ldi. Klayd Tombo Plutonni ochganligi uchun maxsus medal (Uilyam Gershel tasviri tushirilgan) va Buyuk Britaniya Qirollik ilmiy jamiyatining Astronomiya uyushmasi tomonidan maxsus oltin medal bilan taqdirlangan. Tombo 1934-yilda Patrisiya Edisonga uylangan va umrining oxirigacha o'z oilasiga sodiq yashagan. U o'zidan bir o'g'il, bir qiz qoldirgan. Klayd Tombo 1997 yilda Nyu-Meksiko shtatidagi, Las-Kruses shahrida olamdan ko'z yumgan. Tomboga oid qiziq ma'lumot: o'rta maktabni bitiruv oqshomida, sinfdoshlari u haqida dastxat-esdaliklar kitobiga "U yangi olamlarni kashf etadi" degan qaydni qoldirishgan ekan.
Yangilаndi: 31.01.2025 10:53
Koinot, Quyosh va Yer necha yoshda? (Infografika)
Koinot o'zidagi milliardlab galaktikalar, yulduzlar va sayyorlar bilan to'xtovsiz kengaymoqda. Biz bilgan bizga ma'lum fizika qononlari asosida o'rganilga Koinotning yoshi taxminan 13,7 milliard yil deb baholanadi. Taxminlarga ko'ra, shuncha yil muqaddam, Ulkan Portlash natijasida hozirgi Koinot paydi bo'lgan. Zamonaviy fizika shunday hisoblaydi harholda. Koinot yangi yulduzlar va galaktikalaring hosil bo'lishi uchun sarflanadigan gaz modda tugab bitmaguncha, ya'ni, yana taxminan 100 trillion (yuz trillion!!!) yil mavjud bo'ladi va termodinamika qonunlariga muvofiq, oxir oqibatda issiqlik o'limi deb ataluvchi jarayonga yetib kelib, mutlaq nol darajagacha soviydi va... keyin nima bo'lishini hech kim bilmaydi... Odam o'rtacha umri bilan qiyoslaganda Koinot hozir atiga to'rt kunlik go'dak chaqaloq kabidir.
Yangilаndi: 16.07.2016 14:30
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
|
Maqolaning 63 sahifasi, jami 110 sаhifа |