Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Qora materiya

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Qora materiya

Koinotni tashkil qiluvchi materiyaning katta qismini biz ko'ra olmaymiz. 1932-yilda astrofizik olim Yan Oort galaktikamiz - Somon Yo'lining o'zida mavjud va kuzatish mumkin bo'lgan moddalari miqdoriga mos bo'lmagan tarzda, juda shiddat bilan aylanayotganini aniqladi. Ko'p o'tmay, yana bir astrofizik Frits Svikki shunga o'xshash effektni boshqa galaktikalar harakatida ham kuzatdi va ushbu, ko'zga ko'rinmas materiyani dunkle materie deb nomladi. Avvallari ushbu terminni "yashirin massa" deb tarjima qilinar edi. Lekin, yaqin-yaqindan beri endi ilm-fan kishilari uni "qora materiya" deb nomlashmoqda.

Yangilаndi: 14.02.2025 10:47
 

Arximed qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 100
Juda yomon!A'lo! 

Arximed qonuni

Suyuqlik yoki gazga botirilgan har qanday jismga shu jism siqib chiqargan suyuqlik yoki gaz og'irligiga teng gidrostatik (gazlarda aerostatik) "ko'tarish kuchi" ta'sir qiladi.

Afsonaga ko'ra, hammomdan qip-yalang'och chiqa solib, saroy tomon yugurarkan, qadimgi yunon olimi Arximed "Evrika!" - deb xitob qilgan ekan. Yunon tilida bu so'zning ma'nosi "Topdim!" degani bo'ladi. o'sha afsonada aytilishicha, qadimgi Yunoniston podshosi Geron II olimga, o'z tojining sof oltindan yasalganmi, yo'qmi, aniqlash vazifasini topshirgan ekan. Shartga ko'ra, olim, tojni o'ziga ziyon yetkazmasdan (ya'ni, buzmay va sindirmay) turib, uning metalli sof tilladanmi, yoki, biror boshqa arzonroq metall, masalan, mis yoki, kumush qo'shilganmi - shuni aniqlashi lozim edi. Tojni tarozida tortib ko'rish Arximedga qiyinchilik tug'dirmagan. Lekin, masalani hal qilish uchun shuning o'zi yetarli emasdi. Shuningdek, olim tojning hajmini ham o'lchashi va bu orqali metallning zichligini aniqlab, natijada, uning sof oltindan ekanini bilib olishi mumkin bo'lgan.

Yangilаndi: 30.01.2025 08:27
 

Buyumlar interneti - bu nima degani o'zi?

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 18
Juda yomon!A'lo! 

Buyumlar interneti - bu nima degani o'zi?

Insoniyat o'z tarixida uchta axborot inqilobini amalga oshirgan. Birinchisi - yozuvning kashf etilishi bo'lgan bo'lsa, ikkinchisi - kitob bosishning ixtiro qilinishi edi. Uchinchi axborot inqilobi esa Internet bo'lgan.

Hozirda internet orqali yozishmalar, videoqo'ng'iroqlar va hatto savdo ishlarining bajarilishi hamma uchun odatiy holga aylandi. Hatto hukumat ham o'z funksiyalarining muayyan qismini internet orqali bajarmoqda. Lekin, global tarmoqning imkoniyatlari bu bilan ham cheklanib qolayotgani yo'q. Qizig'i shundaki, internetdan foydalanishni endi nafaqat odamlar, balki, buyumlar ham "uddalaydigan" zamonga qadam qo'ymoqdamiz.

Yangilаndi: 14.02.2025 08:46
 

Ajoyib kvadratlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 14
Juda yomon!A'lo! 

Ajoyib kvadratlar

Afsonalarg ko'ra, ajoyib kvadratlar o'yinini qadimgi Xitoyda o'ylab topishgan ekan. Ushbu g'oyat qiziq matematik o'ying bag'ishlangan ilk qo'lyozm ma'lumotlar esa, eramizdan avvalgi 2200-yillarg taalluqli bo'lib, Imperator Yu zamonasidagi shunday kvadratlar haqid so'z yuritadi. Ajoyib kvadrat N2 sondagi kataklardan iborat bo'lib, kataklarning har biriga, boshqasida takrorlanmaydigan butun sonlar yozilgan. Sonlarning kataklarda joylashuv tartibi shunday bo'lishi kerakki, ularni istalgan yo'nalishda - xoh gorizontal, xoh vertikal v xoh diagonal yo'nalishda qo'shib chiqilsa, barch taraflarda yig'indi bir xil chiqishi kerak.

Yangilаndi: 20.02.2025 10:11
 

Elektrostatikaning asosiy qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Elektrostatikaning asosiy qonuni

Elektr hodisalari o'zining dastlabki xarakteri - tarqoq holda tadqiq qilinayotgan va alohida olingan qandaydir g'ayritabiiy hodisalar sifatidagi nuqtai nazarlardan tobora holi bo'lib borib, mavjud nazariy va amaliy bilimlarni asosiy tamoyillar bo'yicha yagona g'oya atrofiga birlashtirilayotgan vaqt XVIII asrning o'rtalari edi. Elektr hodisalarini o'rganishda va amaliy tajribalar olib borishda son o'rniga sifat asosiy ko'rsatkichga aylanayotgan vaqt yetib kelgandi.

Bunday yo'nalishdagi faoliyat Peterburglik akademik F. Epinusning (1724-1802) tadqiqotlarida yorqin namoyon bo'ladi.

Epinus o'zining tekshirishlarida quyidagi tamoyillarga tayanadi: har qanday jism, o'zining tabiiy holatida doimo ma'lum elektr miqdoriga ega bo'ladi. Elektr flyuidi zarrachalari o'zaro bir birini itarishadi va odatiy moddalarga tortishadi. Elektr effektlari, jismdagi elektr flyuidning miqdori tabiiy holatdagidan ko'proq yoki kamroq bo'lib qolganida yuzaga chiqadi.

Yangilаndi: 22.01.2025 11:34
 


Maqolaning 62 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135433

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!