Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Uzoq sharqning o'lchov va birliklari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Uzoq sharqning o'lchov va birliklari

Xitoyda o'lchovlar va birliklarni unifikatsiyalash borasidagi ilk islohotlarni eramizdan avvalgi 221 yilda taxtga o'tirgan imperator Shi Xuang Ti amalga oshirgan. Asosiy og'irlik birligi sifatida shi ishlatilgan. Ko'p bosqichli tekshirishlar natijasida olimlarning aniqlashicha, qadimgi Xitoyning 1 shi og'irlik o'lchovi taxminan 60 kg ga teng bo'lgan ekan. Ushbu o'lchov birligining ≈71,68 kg teng varianti Chin o'lkasida XX-asr boshlarida ham ishlatilar edi.

Xitoyliklarning masofa o'lchov birligi li deb nomlangan. Uning kattaligi nafaqat zamondan zamonga, balki hududdan hududga ham o'zgarib borgan. o'rtacha olinganda bir li taxminan ≈500 metr atrofida bo'lgan. Aynan shu nomli masofa birligi Koreyada ham mavjud edi. Koreyslardagi li Xitoylarnikidan ancha kattaroq bo'lib, 3,93 km ni tashkil qilgan. Xitoyda shuningdek chi va chan uzunlik birliklari qo'llangani ma'lum. Turli manbalarda bir chi 27,9 sm dan 40 sm gacha bo'lgani qayd etiladi. Chan esa chining karralisi bo'lib, u 10 chiga teng bo'lgan (≈3,3 metr). XIX-asrda Xitoy va Yevropa savdo munosabatlari rivojlana boshlagach, Xitoyliklar ushbu uzunlik birliklarini rasmiy qonunlashtirib qo'yishgan. Masalan, 1844 yildagi Xitoy-Angliya savdo bitimida, yoki 1860 yildagi Xitoy-Fransiya savdo shartnomalarida Xitoy tovarlari o'lchovlari chi birligida ko'rsatilgan hamda uning 35,5 sm ekanligi qayd etib qo'yilgan. In esa channing o'n barobari bo'lgan va u 33,3 metrni tashkil qilgan. Bunday ko'rinishda u XX-asrning 40-yillariga qadar muomalada bo'lgan.

Yangilаndi: 20.01.2025 16:16
 

Sikloidalar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Sikloidalar

Sikloidalar to'g'ri chiziq bo'ylab aylanma harakat qilayotgan aylanadagi aniq bir nuqtaning trayektoriyasi sifatida ta'riflanadi.

Sikloidalarni ko'plab mashhur matematiklar o'rganishgan. Ushbu egri chiziqlarni mufassal tekshirgan dastlabki olimlardan biri mashhur olim, zamonaviy fizika fanining otasi bo'lmish Galileo Galileydir (1564-1642). Biroq, Galileyning bu borada omadi chopgan deyish qiyin. Xususan u, sikloida va tekislik orqali chegaralangan yuzani hisoblashga ko'p bora urinib, buni uddalay olmagan. U hatto metall plastinadan xuddi shunday egri chiziqli shaklni yasab, uning yuzasini sof fizik o'lchashlar orqali ham hisoblamoqchi bo'lgan, lekin baribir maqsadiga yeta olmagan. Ushbu shaklning yuzini aniq hisoblashni birinchi bo'lib Rene Dekart (1598-1650) uddalagan.

Yangilаndi: 30.01.2025 10:33
 

Alyuminiy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 30
Juda yomon!A'lo! 

Alyuminiy

Alyuminiy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning III davr IIIA guruh elementi. Atom raqami 13. Al (lotincha Aluminium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Alyuminiy yengil metallar turkumiga mansub bo‘lib, metallar ichida eng keng tarqalgan metall sanaladi. Yerda tarqalganligi bo‘yicha alyuminiy kimyoviy elementlar ichida 3-o‘rinni egallaydi (kislorod va kremniydan keyin).

Oddiy modda shaklidagi alyuminiy - kumush rangiga ega, yengil, paramagnitik metall bo‘lib, uni quyush, qayta ishlash va umuman mexanik ishlov berish oson. Alyuminiy issiqlik o‘tkazuvchanlik va elektr o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra eng yaxshi metallardan biridir. Sirtida juda tezkorlik bilan mustahkam yupqa oksid qatlami hosil qilish xossasi tufayli, alyuminiy metali zanglashga nisbatan yuqori bardoshlilikka ega bo‘ladi.

Yangilаndi: 23.11.2018 13:26
 

Fuko mayatnigi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Fuko mayatnigi

"Yer aylanadi!" - degani uchun Jordano Brunoni dahriylikda ayblab, gulxanda tiriklayin yoqib yuborishgan. Aynan shu tasdiq uchun Galileo Galiley uzoq muddat inkvizatsiya sudining qiynog'ida bo'lib, kasallanib jon bergan...

Qanchalik ayanchli bo'lmasin, yuqorida aytilgan gaplar tarixiy haqiqat. Bugungi kunda Yerning o'z o'qi va Quyosh atrofida aylanishini adashmasam 4-sinf tabiatshunoslik darsligidan boshlab, hammaga tushuntiriladi va zamonamizda Yerning aylanishiga shubha qilguvchilar qolmagan bo'lsa kerak. Biroq, Brunoning hayotiga zomin bo'lgan ushbu haqiqatni olimlar inkor etib bo'lmas aniq tajriba va dalillar orqali isbotlashganiga ham ko'p bo'lgani yo'q.

Yangilаndi: 06.02.2025 10:05
 

Inert gazlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 23
Juda yomon!A'lo! 

Inert gazlar

Davriy jadvaldagi faqat bitta guruh to'laligicha gazlardan tashkil topgan guruh sanaladi. 18-guruhni tashkil qiluvchi ushbu gazlar umumiy qilib "inert gazlar" deyiladi. Chunki, ushbu gazlar boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishmaydi.

Ushbu guruh tarkibi - geliy (He), neon (Ne), argon (Ar), kripton (Kr), ksenon (Xe) va radon (Rn) elementlaridan iborat. Ushbu elementlar tabiatda mavjud barcha elementlar ichida eng past kimyoviy faollikka ega bo'lgan, sust elementlardir. Bunday sust reaktivlikning boisi esa, mazkur elementlar atomlarining tashqi elektron qobiqlari to'la ekani bilan bog'liq. Shu sababli, ushbu element atomlari shundoq ham juda barqaror bo'lib, shuning uchun ular inert deyiladi.

Yangilаndi: 04.02.2025 13:43
 


Maqolaning 61 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135433

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)