Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Al-Xorazmiy. Algebraning boshlanishi...

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 169
Juda yomon!A'lo! 

Al Xorazmiy

Hayoti

Abu Ja'far Muhammad in Muso al-Xorazmiy - dunyo ilm faniga mislsiz ulkan hissa qo'shgan alloma, Algebra fani va Algoritm terminlarining asoschisi, buyuk matematik, tarixchi, falakkiyotshunos, geograf sifatida butun dunyoga mashhur. Buyuk alloma vatandoshimizning shaxsiy hayoti haqidagi ma'lumotlar nihoyatda kam miqdorda saqlanib qolgan.

Manbalarda ko'rsatilishicha Al Xorazmiy 783 yilda Xorazmda tavallud topgan. Bu davr musulmon sharqida ilmiy uyg'onish, ilm fanning gurkirab rivojlanayotgan davri bo'lib, al-Xorazmiy Movarounnahr va Xorazmdagi o'z zamonasining yetuk olimlaridan ilm tahsil qiladi. U qadimgi hind va yunon ilm fani bilan mukammal tanishib, ular asosida va o'z ilmiy tadqiqotlari bo'yicha risolalar yozishni Xorazmdaligida boshlagani ma'lum.

Yangilаndi: 24.09.2026 09:40
 

SI tizimining afzalliklari va ahamiyati

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

SI tizimining afzalliklari va ahamiyati

 

Tasavvur qiling, siz XIX asr Amerikasidasiz. Sizga bir necha miqdordagi mato zarur. AQSHda matolarni, umuman olganda uzunlikni dyum o‘lchov birligida o‘lchashadi. Dyum esa, odam bosh barmog‘i bo‘g‘ining uzunligiga teng. Endi o‘ylab ko‘ring, Sizning bosh barmog‘ingizdan ko‘ra menga mato sotayotgan sotuvchining bosh barmog‘i uzunroq bo‘lsa ho‘p-ho‘p, agar uning bosh barmog‘i kalta bo‘lsa-chi? Bu holda matoni Sizning barmog‘ingiz bo‘yicha o‘lchab olsangiz, Siz yutamasiz, aksincha holatda sotuvchi yutadi noholis holat shundaymi?...

Ushbu oddiy maishiy misoldan jiddiyroq miqiyosli misolga o‘tamiz: misolimiz tragik qiyofada: 1996-yilning kuzida Hindistonning Nyu-Deli shahri osmonida ikkita avialayner to‘qnashib ketdi. Biri - qozoqlarga tegishli, ikkinchisi - Saudiya arabistoni aviatsiyasi tarkibidagi yo‘lovchi tashuvchi layner. Jami bo‘lib 351 kishi falokat qurboni bo‘ldi.

Falokat sabablarini tekshirish bir oyga yaqin vaqtni oldi. Ekspert xulosalari e'lon qilingach, butun dunyoga achinarli va alamli tarzda ma'lum bo‘ldiki, Qozoq havo yo‘llari layneriga Hindiston yeridagi dispetcherlik markazi operatori, balandlikni egallash haqidagi buyruqni, fut o‘lchov birliklarida bergan ekan. Ekipaj uchuvchilariga esa, buyruqni metrda bajargan! Mana sizga o‘lchov birliklarining ahamiyati! Oddiygina fut va metr o‘rtasidagi munosabat tufayli aviatsiya tarixidagi qurbonlar soni bo‘yicha 4 o‘rinda turuvchi falokat yuz berdi.

Yangilаndi: 18.03.2018 12:51
 

Mariya Kyuri. Elementlar va radioaktivlik.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 26
Juda yomon!A'lo! 

Mariya Kyuri.

Elementlar va radioaktivlik

Mariya Kyuri - Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan ilk ayoldir. Eri Pyer Kyuri bilan birgalikda u radioaktivlik hodisasini kashf qildi. Ushbu kashfiyot olimaning keyingi yorqin ilmiy faoliyatining ibtidosi bo‘lib xizmat qildi. Kyuri ilmiy faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida, uning izlanishlari evaziga Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalida ikkita yangi element - radiy va poloniy paydo bo‘ldi. Mariya Kyuri tinib-tinchimas, izlanishlardan charchamaydigan va mehnatdan qochmaydigan ayol edi. Hatto eri Pyerning bevaqt o‘limi ham uning ilm-fanga bo‘lgan jo‘shqin ishtiyoqini so‘ndira olmadi. U o‘z ilmiy tadqiqotlarini o‘ta kamtarona jihozlangan, moddiy-texnik bazasi nihoyatda g‘arib laboratoriyada olib borgan. U bajargan tajribalarda o‘z tanasiga muayyan nurlanish dozalarini qabul qilar va bu uning salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirar edi. Shunga qaramay olima izlanishlarni hech qachon to‘xtatib qo‘ymagan. Birinchi jahon urushi yillarida Mariya Kyuri o‘z ilmiy izlanishlarining amaliy natijalarini, kasal va yaradorlarni davolash maqsadlarida tibbiyot xizmatiga qo‘ya oldi. Olimaning hayoti intihosi ham uning ilm-fanga bo‘lgan beqiyos muhabbati in'ikosi edi. U o‘z hayoti uchun xavfli sharoitlarda ishlab, ilmiy izlanishlar yuritgan bo‘lsa-da, lekin u qilgan kashfiyotlari minglab insonlarning hayotini saqlab qoldi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko‘rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 04.12.2018 10:36
 

Differensial tenglamalar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 59
Juda yomon!A'lo! 

Dlfferensial tenglamalar

 

Mualliflar: R.S. Guter, A.R. Yanpolskiy

Tematik yo‘nalishi: Oliy matematika,

Tarixi: Toshkent, "O‘qituvchi" nashriyoti, 1978-yil.

Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.

Grafikasi: o‘zbek tili kirill alifbosida.

 

Yangilаndi: 22.11.2018 14:04
 

Etvyosh gravitatsion gradiometriyasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 22
Juda yomon!A'lo! 

Etvyosh gravitatsion gradiometriyasi

1848-1919 yillarda yashab o'tgan vengr alpinisti va fizigi Lorand fon Etvyosh ikkita massaning o'zaro gravitatsion tortishishini o'lchash uchun burama tarozidan foydalangan. Bunday tarozilar ipning chirpirak bo'lib aylanishi evaziga, juda bo'sh, zaif kuchlarni ham o'lchash imkonini beradi. Garchi, Etvyosh bunday tarozidan foydalanib gravitatsion tortishuvni o'lchashga uringan birinchi olim bo'lmasa-da, lekin u mazkur tarozini takomillashtirib, uning sezgirligini yanada orttirishga erishganligi bilan nom qozongan. Etvyosh gravitatsion tarozisi Yer sirtida gravitatsion kuchlarni o'lchash uchun ishlatiladigan eng yaxshi vositalardan biriga aylangan. Shuningdek, uning vositasida nafaqat Yer sirtidagi gravitatsiya, balki, yer ostidagi turli strukturalarni aniqlash ham mumkin bo'lgan. Garchi, Etvyoshning o'zi asosan fundamental tadqiqotlarga ko'proq e'tibor qaratgan bo'lsa hamki, lekin u takomillashtirgan mazkur asbob keyingi geologik qidiruv ishlarida, ayniqsa, neft va tabiiy gaz konlari ochilishida o'ta muhim ahamiyat kasb etdi.

Yangilаndi: 11.02.2025 07:37
 


Maqolaning 7 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14134824

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!