Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Kopernikiy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 14
Juda yomon!A'lo! 

Kopernikiy

Kopernikiy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VII-davr IIB-guruh elementi. Atom raqami 285. Cn (lotincha Copernicium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. IUPAC ushbu nomni tasdiqlashidan avvalroq mazkur elementni ununbiy deb ham nomlangan (aynan tarjimasi "bir yuz o‘n ikkinchi" - degani).

Kopernikiy - sun'iy olingan element bo‘lib, tabiatda uchramaydi. U simob, kadmiy va rux bilan bir guruhdan joy olgani bois, xossalari ham o‘xshash bo‘lsa kerak deb ilmiy taxmin yuritiladi.

Aniqlangan izotoplari ichida nisbatan barqarori 285Cn ning yadrosida 112 ta proton va 173 ta neytronlar mavjud bo‘ladi va uning yarim yemirilish davri taxminan 29 soniyani tashkil qiladi. Nuklidining atom massasi 285,177(4) m.a.b. ni tashkil qiladi.

Yangilаndi: 09.02.2019 10:17
 

"Molekulyar yaproq": Sof energiya manbai bo'lishi mumkin bo'lgan molekula sintez qilindi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

"Molekulyar yaproq":
Sof energiya manbai bo'lishi mumkin bo'lgan molekula sintez qilindi

Sezyapsizmi, sayyoramizda iqlim o'zgarishlari tobora yaqqol namoyon bo'lib bormoqda. Bu esa, olimlarni butun sayyora iqlimi va biosferasi uchun xavfsiz bo'lgan sof energiya manbalarini ishlab chiqish masalasi ustida bosh qotirishga majbur qilmoqda. Albatta, bu yo'nalishdagi ayrim amaliy ilmiy-texnik yutuqlar haqida siz allaqachon yaxshi bilasiz. Zero, bugungi kunda shamol parraklari, quyosh panellari kabi energiya manbalari bilan hech kimni hayron qoldirib bo'lmaydi. Lekin, sof energiya manbalari haqida gap ketganda, kam tilga olinadigan va keng ommaga deyarli oshkor qilinmagan bir yo'nalish borki, yaqin istiqbolda aynan ushbu yo'nalish toza va arzon energiya manbasi sifatida inqilobiy burilish yasashi mumkin.

Biz aytmoqchi bo'lgan muqobil, sof arzon energiya manbasi "molekulyar yaproq" deb nomlanadi. Olimlarning g'oyasiga ko'ra, ushbu "yaproq" tabiatdagi eng asosiy energiya o'zgartirgichi bo'lmish - fotosintez jarayonini sun'iy takrorlashi kerak. Qisqa qilib aytganda, olimlar fotosintez jarayonini sun'iy yo'l bilan amalga oshiradigan moddalarni va materiallarni ixtiro qilishmoqchi. Ya'ni, bu sun'iy yaproq bo'ladi desak aslo yanglishmaymiz. Faqat uning tashqi ko'rinishi biz bilgan oddiy yaproq va barglarni aynan takrorlashiga kafolat yo'q.

Yangilаndi: 29.01.2025 09:38
 

Messye obyektlari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Messye obyektlari

Sharl Messye aslida, kometalarni izlash bilan shug'ullanuvchi ashaddiy kometashunos astronom bo'lgan. Lekin, ilm-fan tarixida uning nomini abadiylashtirgan narsa kometalar emas. U na yulduz va na kometa bo'lgan obyektlarning tasnifini (katalogini) tuzganligi bilan tarixga kirdi.

Messye kometalarni izlab topishga shu darajada mukkasidan ketgan ediki, u deyarli har tun mijja qoqmay teleskop bilan qora osmonga sinchiklab termulardi. Lekin, olimning har safargi urinishlari muttasil besamar ketar, qilayotgan ishidan biror naf chiqarolmay xunob bo'lardi. Odatda, Messyening muvaffaqiyatsiz kuzatishlari quyidagicha kechgan: u osmonning biror qismidan, avval hali hech kim kuzatmagan, yangi kometani aniqlash maqsadida, kuchli teleskopda sinchiklab kuzatardi. Uning nigohiga esa, asosan, xira, tashqi ko'rinishidan ham yulduzga, ham kometaga o'xshab ketadigan obyektlar ko'rinardi. Bunday obyektlarni Messye keyingi bir necha kun yoki, oy davomida kuzatardi va lekin, har doim ham hafsalasi qattiq pir bo'lardi.

Yangilаndi: 14.02.2025 10:46
 

Plazma

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 19
Juda yomon!A'lo! 

Plazma

Plazma bu ko'p sonli ionlar va elektronlardan tashkil topgan kuchli ionlashgan gazdir. Plazma hosil qilish uchun, energiyaning turli shakllaridan - issiqlik energiyasi, elektr, yoki, nurlanish energiyalaridan foydalanish mumkin. Masalan, gazni shunchalik kuchli qizdirilsaki, unda, atomlarning o'zaro to'qnashishi natijasida, bir-biridan elektronlarni urib chiqarib yuborsa, ushbu gaz plazma holatiga o'tadi. Gazning o'zi singari, plazma ham, o'zi turgan idish shakliga kiradi. Oddiy gazlardan farqli o'laroq, plazma magnit maydoni ta'sirida turli xil strukturalar hosil qiladi va ularning ko'rinishi xuddi naqshlar singari, turli katakchalar, qatlamlar va chiziqlar ko'rinishida bo'ladi. Shuningdek, oddiy gazlarda uchramaydigan yana bir holat - uning muhitida tarqaladigan to'lqinlar xilma-xilligi bilan ham plazma gazdan farqlanadi.

Yangilаndi: 31.01.2025 10:40
 

Go o'yini

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Go o'yini

Go o'yini - ikki kishi o'ynaydigan stol o'yini bo'lib, uni taxminan eramizdan 2000 yillar muqaddam qadimgi Xitoyda o'ylab topishgan. Aniq dalil hisoblanadigan qo'lyozma manbalar ichida esa, eng qadimiysi eramizdan avvalgi 548-yilga taalluqli bo'lib, unda Szchao ismi xitoy muallif go o'yiniga mukkasidan ketgan odam haqida nasriy ko'rinishda ma'lumot yozib qoldirgan. o'yin Xitoydan Yaponiyaga ham o'tgan va eramizning XIII-asrida kunchiqar yurt aholisi mazkur o'yinga qattiq berilib ketgani haqida tarixiy ma'lumotlar bizgacha yetib kelgan. Klassik go o'yinida 19×19 o'lchamdagi doska kataklarining tutashgan joylariga o'yinchilar navbat bilan oq va qora toshlarni qo'yib chiqishadi. Hozirda doska kataklari o'lchami 19×19 dan kattalari ham, kichiklari ham mavjud. o'yin qoidasiga ko'ra, o'yinchi o'z toshlari bilan raqibining toshlarini har tomonlama butunlay o'rab olishi kerak. o'rab olingan, ya'ni, qurshovda qolgan tosh (yoki toshlar guruhi) o'yindan chiqadi. o'yin maqsadi - doskaning imkon qadar katta qismini raqibdan tortib olish (raqibdan ko'ra ko'proq joyni egallash) bo'ladi.

Yangilаndi: 29.01.2025 15:41
 


Maqolaning 59 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135456

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis