Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Ayzek Azimov

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Ayzek Azimov
(Isaak Yudovich Azimov)

Ayzek AzimovIlm-fanni ommalashtirish, ilmni olimlardan tashqarida, oddiy xalq orasida ham keng yoyishga intilish masalasi juda dolzarbdir. Chunki jamiyat hayotining ajralmas va eng ustivor qismi bo'lgan ilm-fan sohasiga taaluqli ma'lumotlar, ham qiziqarli hamda kundalik turmushda asqotadigan foydali ahamiyatga ega bo'ladi. Ayniqsa ommobop-ma'rifiy ilmiy asarlar vositasida, yosh avlodni ilmiy sohalarga qiziqtirish, iste'dodli yoshlarni tegishli ilm yo'nalishlariga jalb etish borasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Bunday muddaoga amalda erishmoq uchun esa, ilmiy masalalar mohiyatini ommaga tushunarli va qiziq tilda bayon qiluvchi malakali yozuvchilar maydonga chiqishadi. Bunday yozuvchilarni jahon va yurtimiz adabiyotidan juda ko'plab misollar orqali keltirishimiz mumkin. Ilmiy-ommabop va fantastik asarlar yozuvchilari orasida eng mashhuri va ta-bir joiz bo'lsa, janr Shekspiri - atoqli amerika yozuvchisi, biokimyogar mutaxassis, fan doktori - Ayzek Azimov sanaladi. Ushbu maqolamizda, barcha davrlaning eng yetuk fantasti yozuvchisi bo'lmish Azimov hayoti va ijodi haqida so'z yuritamiz.

XX-asr ilmiy-ommabop va ilmiy-fantastik adabiyotining yorqin namoyondasi, amerika yozuvchisi Ayzek Azimov 1920-yil 2-yanvar sanasida Rossiyaning Mogilyov guberniyasi (hozirda Smolensk viloyati), Petrovichi shahrida, tegirmonchi oilasida tug'ilgan. Unga ona tomondan bobosining xotirasi uchun, bobosining ismini qo'yishgan ekan.

1923-yilda Azimovlar oilasi AQSHga muhojirlikka ketishadi. U o'zi haqida xazil aralash "ota-onam meni chamadonda olib kelishgan"der edi. Ular Bruklinda joylashib, qandolatchilik do'koni ochishadi.

Ayzek Azimov 5 yoshida Bredford-Stayvesant maktabiga o'qishga boradi. 1935-yili 15-yoshli Azimov maktabni tamomlab, Set-Lou kollejiga o'qishga kiradi. Lekin u o'qishga kirganidan keyingi bir yil ichida mazkur kollej butunlay yopiladi va u o'qishni boshqa ta'lim muassasida - Kolumbiya universitetining Nyu-Yorkdagi kimyo fakultetida davom ettirishga qaror qiladi. 1939-yilda u mazkur universitetning kimyo fakulteti bakalvr diplomini, 1941-yilda esa magistr diplomini qo'lga kiritgan. Kimyo bo'yicha ilmiy ishlarni davom ettirish uchun aspiranturaga kirgan Ayzek Azimovni, 1942-yilda Filadelfiyadagi harbiy kemasozlik korxonasiga kimyogar mutaxassisligi bo'yicha ishga jalb qilinadi. 1945-yilda esa uni AQSH armiyasiga harbiy xizmatga chaqirishdi. 1946-yilning iyuligacha armiya safida bo'lgan Azimov, shu yili xizmatni o'tab Nyu-Yorkka qaytadi va aspiranturani davom ettiradi. 1948-yilda u aspiranturani muvaffaqiyat bilan yakunlab, biokimyo doktori (PhD) darajasiga erishgan. 1979-yilda Ayzek Azimov Kolumbiya universiteti professori maqomigacha ko'tarilgan.

Yangilаndi: 22.01.2025 13:51
 

Biz qanchalik tezlashdik? (Infografika)

E-mail Chop etish PDF

Biz qanchalik tezlashdik?

(Valentina D'Efillippodan tarjima)

"Haqiqat oyoq kiyimini kiygunicha, yolg'on dunyoning yarmini aylanib chiqadi" qabilidagi iborani odatda Uinston Cherchilldan (1874-1965) iqtibos sifatida keltirishadi. Bu qanchalik haqiqat ekanligini tekshirib ko'rishning iloji yo'q. Chunki muhandislar yolg'onning tarqalish tezligini o'lchaydigan asbobni haligacha yasashgani yo'q. Yolg'onni qo'ya turaylikda, keling, biz odamlar foydalangan va foydalanayotgan, tarixda ma'lum asosiy transport vositalarining maksimal tezligi bilan dunyoni qancha vaqt ichida aylanib chiqish mumkinligini hisoblab ko'ramiz. Bunda transportning maksimal harakatlanish uzoqligi, suvda yura olish-olmasligi kabilari e'tiborga olinmaydi. Biz faqat uning tezligiga ahamiyat qaratamiz. Bu shunchaki yaqqol namoyish qilish vositasi xolos, avtomobilda okeanni suzib o'tishga urinmang, iltimos ????????????????????????????????

Topshiriq: Yer sharini ekvator bo'ylab aylanib chiqish.

Ekvator aylanasi uzunligi: 40075 km.

Yangilаndi: 31.01.2025 09:08
 

Pifagor maktabi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Pifagor maktabi

Eramizdan avvalgi 530-yilda qadimgi yunon matematigi va faylasufi Pifagor hozirgi Italiya hududida bo'lgan Korton shahriga kelib joylashdi. Uning maqsadi, ushbu shaharda matematika, musiqa va ruhning ko'chib yurishi haqidagi o'z ta'limotlarini yoyish edi. Aslini olganda, hozirgi zamon ilm-fanida Pifagor nomi bilan keltiriladigan ko'plab ilmiy faktlar, Pifagorning o'ziga tegishli emas. Aksincha, muallifi Pifagor deb keltiriladigan ilmiy tushunchalarning aksariyatini uning maslakdoshlari va shogirdlaridan iborat katta ilmiy guruh tomonidan shakllantirilgandir. Albatta, Pifagor o'zi ushbu guruhning rahnamosi va ilmiy yetakchisi bo'lgan. Shuning uchun ham, uning atrofida to'plangan mazkur katta ilmiy guruhni tarixchilar "Pifagor maktabi", yoki, "pifagorchilar" deb qayd etishgan. Pifagorchilar tomonidan o'rtaga tashlangan ko'plab muhim ilmiy g'oyalar, uzoq asrlar davomida ayniqsa arifmetika sohasida eng ilg'or ilmiy g'oyalar bo'lib qolaverdi.

Yangilаndi: 12.02.2025 07:41
 

Giposikloidalar

E-mail Chop etish PDF

Giposikloidalar

Giposikloida - qo'zg'almas aylana ichida joylashgan, radiusi ushbu aylanadan kichikroq bo'lgan ikkinchi aylanaga tegishli nuqtaning harakati chizadigan trayektoriyalarning umumiy nomidir. Bunda ichkaridagi kichik aylananing, ya'ni harakatlanuvchi aylananing radiusi b bilan; tashqi katta aylana, ya'ni, qo'zg'almas aylananing radiusi a bilan belgilanadi. Shuni e'tiborga olish muhimki, giposikloidada har doim a radiusdan b radius kichik (b<a) bo'lishi shart. Ushbu radiuslarning o'zaro nisbati, ya'ni, a/b ning qiymatiga qarab, giposikloidalarning shakli ham turlicha bo'ladi. Masalan, a radius b radiusdan ikki barobar katta bo'lsa, unda kichik aylanadagi nuqtaning harakatidan, katta aylananing diametrini ifodalovchi kesma hosil bo'ladi. Diametr esa to'g'ri chiziq ekanini inobatga olsak, aynan shu holatda, ushbu giposikloida misolida biz to'g'ri chiziq (kesma) ham egri chiziqning xususiy holi ekanini ko'rishimiz mumkin. a/b nisbatning kattalashishi bilan, borgan sari yangi-yangi turdagi egri chiziqli giposikloida shakllar hosil bo'la boshlaydi. Ushbu giposikloidalarning a/b=n nisbatda, uchlari ham doimo n ga teng bo'ladi. Quyidagi tasvirlarda ushbu fikrni tasdiqlovchi misollarni ko'rishingiz mumkin:

Yangilаndi: 25.09.2026 09:31
 

Angstrem

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Angstrem

Angstrem - o'zbekcha va xalqaro belgilanishi - (shved alifbosidagi harf), SI tizimiga kirmaydigan, tizimlashmagan maxsus uzunlik o'lchov birligi. 1 angstrem 10-10 metrga (1 metrning o'n ming milliarddan bir ulushiga), boshqacha aytganda, 0,1 nanometrga teng. Ushbu birlikni 1868-yilda shved fizigi va astronomi Anders Yonas Angstrem (1814-1874) tomonidan fanga taklif etilgan va keyinchalik olimning o'z familiyasi bilan atala boshlangan. Qoidaga ko'ra, birlik belgisi sifatida yozilganda - tarzida yozilaveradi. Lekin, matn ichida to'liq yozma shaklda keltirilganda, kichik harflar bilan, "angstrem" ko'rinishida yoziladi. Ushbu o'rinda, olim familiyasi emas, aynan birlik nomi yozilayotgani e'tiborga olinadi (olim familiyasi bo'lsa har qanday o'rinda albatta katta harf bilan yozilishi shart).

Yangilаndi: 06.02.2025 10:20
 


Maqolaning 58 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135456

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)