Pifagor
(taxminan, miloddan avvalgi 580-500 yillar)
Eramizdan avvalgi VI-asrda qadimgi yunon ilm-fani va san'atining o'ziga xos poytaxti sifatida Egey dengizining Kichik osiyo yaqinidagi qirg'oqlarida joylashgan Ioniya orollari guruhi ravnaq topdi. Pifagor aynan shu yerda, ko'p qirrali usta - hunarmand: zargar, muhr va tamg'alar hamda, o'ymakor usta Mensarx oilasida tavallud topdi. Afsonalarga ko'ra, Pifagorning otasi Mensarx va onasi Parfenisa nikohlaridan keyingi asal oyi vaqtida Delf hududlariga kelgan paytlarida, o'sha yerlik kohinlardan biri ularga asrlar davomida butun olamga mashhur bo'ladigan, zehn va zakovat, chiroy va ko'rkamlikda tengi yo'q o'ktam og'il farzand ko'rishlarini, ma'budlardan biri - Apollon esa, kohin orqali ularga sharqqa - Suriya hududlariga suzib borishlari zarurligini bashorat bergan emish. Birmuncha sodda ijtimoiy va ilohiy tushunchalar hukm surgan qadimgi Yunonistonda, boshqa mahalliy kishilar singari Pifagorning ota onasi ham kohinlar so'ziga chin dildan ishonishgan. Bashorat ajoyib tarzda amalga oshadi. Sidon shahrida Parfenisa o'g'il farzandni dunyoga keltiradi. Mazkur quvonchli hodisa tufayli ona Parfenisa qadimgi yunon an'analariga binoan, unga kohin tilidan o'g'il farzand bashoratini bergan Pifiyalik ma'bud Apollon sharafiga o'z ismini Pifiada deb o'zgartiradi. o'g'liga esa Pifagor - ya'ni, Pifiya bashorati (yoki, Pifiyadagi bashorat) deb ism qo'yadi. Afsonada Pifagorning tug'ilgan vaqti haqida hech qanday ma'lumot yo'q; tarix tadqiqotchilari uning dunyoga kelgan vaqtini eramizdan avvalgi 580-yil bilan bog'laydilar.
Yangilаndi: 12.02.2025 07:50
|
Jonivorlarda elektr toki
yoki, doimiy tok manbaining kashf qilinishi

XVIII-asrning ikkinchi yarmida, elektr hodisalarining ancha to'liq o'rganilishi, biologiya fani uchun ham bir qancha muhim xulosalar yasashga imkon berdi. Jon Uolsh va La-Roshelning ilmiy tajribalari elektr skatning tok chiqarish tabiatini yoritib bergan bo'lsa, anatomiya mutaxassisi Gunter, elektr skatning elektr chiqaruvchi organlarining aniq tafsilotlarini bayon qildi. Uolsh va Gunterlarning tadqiqotlarining natijalari 1733-yilda e'lon qilindi.
Shunday qilib, Galvanining tajribalarigacha, 1786-yildayoq psixik va fiziologik hodisalarning ilmiy asosi tayyorlangan bo'lib, jonivorlar tanasidagi elektr hodisalari bo'yicha ilmiy poydevor allaqachon qo'yilgan edi. Shu sababdan Liudji Galvani (1737-1798) elektr hodisalarini o'rganishda avvalo Uolsh va Gunterning jonivorlarda elektr hosil bo'lishi borasidagi ilmiy xulosalarini o'rganish bilan boshladi.
Yangilаndi: 22.01.2025 11:30
Oy

Oy - Yerning yagona tabiiy yo'ldoshi. Quyosh tizimidagi tabiiy yo'ldoshlar ichida kattaligi bo'yicha 5 o'rinda turadi. Yerdagi kuzatuvchi uchun Oyning ko'rinadigan yulduz kattaligi -12,71m, ya'ni Oy, ravshanligi bo'yicha Quyoshdan keyingi ikkinchi o'rinda turuvchi osmon jismidir. Oyning yerni yoritish ko'rsatkichi 0,25 - 1 lyuksni tashkil qiladi. Oy Yerdan tashqaridagi inson qadami yetgan yagona astronomik obyektdir. Oyda atmosfera deyarli yo'q. Oyning Quyosh bilan yoritilmagan tarafidagi yuza qismida, gazlar miqdori 2,0·105 zarracha/m3 dan ortmaydi. Quyosh chiqib, sirtni qizdira boshlagach, Oy guruntining qizishi natijasida undan gazlarning ajralib chiqishi sodir bo'ladi va zarrachalar miqdori biroz ko'payadi. Atmosferaning mavjud emasligi, Oy sirtida keskin haroratlar farqiga sabab bo'ladi va u kunduzi +120 °C gacha isiydi. Kechasi esa -170 °C gacha tushib ketadi. Oy sirti esa, fanda Regolit deb yuritiladigan jismlar - yupqa chang qatlami va meteorit zarbalari natijasida hosil bo'ladigan tog' jinslari parchalarining aralashmalaridan iborat bo'lgan moddadan iborat. Regolit qalinligi bir necha santimetrlarda, o'nlab metrlargacha bo'lishi mumkin. Oyning ichki tuzilishi esa, taxminan 68 - 107 km qalinlikdagi qobiq (yoki po'stloq), tashqi va o'rta mantiya, quyi mantiya (atenosfera), hamda, yadrodan iborat. Oyda magnit maydoni mavjud emas. Oydan turib Yerning ko'rinishi, Yerdan Oyning ko'rinishiga nisbatan, 13.5 marta kattaroq ko'rinadi. Yerdan qaytgan nurlarning Oyni yoritish darajasi esa Oydan qaytgan nurlardan Yerning yoritilganligidan deyarli 50 marta kuchli bo'lib, Yerning Oydan ko'rinadigan Yulduz kattaligi ?16m ni tashkil qiladi. Oy, Quyoshdan kelayotgan yorug'likning atiga 7% ni qaytaradi (akslantiradi xolos). Atmosfera yo'qligi sababli, hatto Quyosh gorizontdan balandda bo'lgan ya'ni, Oydagi kunduz vaqtida ham, osmon qorong'u bo'ladi. Oy kunduzida ham yulduzlar va boshqa sayyoralarni kuzatish mumkin.
Yangilаndi: 09.10.2026 09:48
|
Domna pechi
Ko'p asrlar davomida odamlar temirga ishlov berishda qadimiy va sodda uskuna - loydan yasalgan pechlardan foydalanib kelishgan. Yer sirtida hali-beri oson eriydigan temir rudalari mavjud ekan, bu usul temir va temir mahsulotlari ishlab chiqarish ehtiyojlarini to'la qanoatlantirar edi. Biroq, o'rta asrlarga kelib, odamzot yer sirtidagi oson eriydigan temir konlarini o'zlashtirib, deyarli tamomlab bo'ldi. qolaversa, metallarga, ayniqsa temirga bo'lgan talab borgan sari ortib bordi. Metallurgiyada asosan qiyin o'zlashtiriladigan va eriydigan temir rudalaridan foydalanishga to'g'ri kela boshladi. Bunday rudalardan temir ajratib olish uchun oddiy temirchilik pechlarida hosil qilinishi mumkin bo'lgan haroratdan ancha balandroq harorat talab qilingan. Ya'ni, bunday rudalar uchun erish harorat ancha yuqori bo'lishi zarur edi. o'sha vaqtlarda haroratni oshirishni faqat ikki xil usulini bilishar edi: 1) Pech balandligini orttirish orqali; 2) havo haydashni ko'paytirish orqali. Temirchi ustalar asta sekinlik bilan mazkur ikki usulni birlashtirib, ancha yuqori haroratlarga erishish va bu orqali, temirni yangicha qayta ishlash imkonini beruvchi pechlarni ixtiro qildilar. Bunday pechlar metallurgiya tarixida "shtukofen" pechi nomi bilan ancha mashhur bo'lgan.
Yangilаndi: 23.01.2025 14:00
Faradeyning elektromagnit induksiya qonunlari
Yuza orqali o'tayotgan magnit oqimining o'zgarishi, ushbu yuzani chegaralab turgan kontur bo'ylab elektr maydoni hosil bo'lishiga olib keladi.
Elektr maydoni intensivligi magnit oqimining o'zgarish tezligiga bog'liq.
XIX-asr boshlarida elektr toki magnit maydonini yuzaga keltirishi aniqlangach, olimlar aynan shu hodisa teskarisiga ham bo'lishi mumkinligini taxmin qilishgan edi. Ya'ni, magnit maydoni ham qandaydir tarzda, elektr toki yuzaga kelishiga sababchi bo'lishi kerak edi. Bunday taxminni ilgari surgan va uni tekshirishga jiddiy kirishgan olimlardan biri - Mayk Faradey bo'lgan. Olimning yon daftarchasidagi 1822-yilga taalluqli yozuvda u o'zi uchun "magnetizmni elektr tokiga aylantirish" vazifasini qo'yganligi qayd etilgan. U o'zi uchun belgilab olgan mazkur vazifani uddalashiga deyarli o'n yil sarfladi.
Yangilаndi: 13.02.2025 15:59
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
|
Maqolaning 57 sahifasi, jami 110 sаhifа |