Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Astronomik gid

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Astronomik terminlar uchun izohlar

(Koinotga oid terminlar uchun izohlar)

Koinot shu qadar hayratlanarli va aqlni shoshirib qo'yadigan darajada jozibadorki, uning ta'rifini mukammal qilishga shoirlarning qalami ham, suhandonlarning tili ham ojiz qolishi aniq. Koinotning asl haybati va miqyosini ifodalashga eng pixini yorgan fantast yozuvchining ham tasavvur doirasi torlik qiladi. Undagi jarayonlarning manzarasini esa hech qaysi musavvir hech qanday tasvirga sig'dira olmaydi.

Biz Koinot haqidagi ilmiy filmlarni ko'rganimizda, yoki, maqola va kitoblarni o'qiganimizda, astronomiyaga oid o'nlab ilmiy terminlarga duch kelamiz. Tanish va notanish bo'lgan o'sha terminlarning ma'nosini esa har doim ham tushunavermaymiz. Ushbu maqolada, Koinotga aloqador eng asosiy ilmiy terminlarning ma'nolari va sharhlarini havola etamiz. o'ylaymizki, bu sizning bilimingiz oshishida va mustahkamlanishida qo'l keladi.

Yangilаndi: 14.02.2025 10:46
 

Kompton effekti

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 14
Juda yomon!A'lo! 

Kompton effekti

Tasavvur qiling, siz aks-sado qaytadigan joyda qattiq qichqirdingiz. Albatta, sizning tovushingiz o'zingizga bir necha martadan qayta-qayta eshitiladi va u siz qanday qichqirgan bo'lsangiz, o'sha tovush chastotasida qaytadi. Tovushingiz hech qachon bir oktava past bo'lib qaytmaydi. Ammo lekin, rentgen to'lqinlari borasida bunday deyishning iloji yo'q. 1923-yilda fizik olim Artur Kompton (1892-1962) rentgen nurlarining elektronlarga tushishi natijasidagi tarqoq nurlanishlarning chastotasi va energiyasi pastroq bo'lishini ko'rsatib bergan. Bu ko'pchilik olimlar uchun kutilmagan hol bo'ldi. Chunki, elektromagnit nurlanishlarning klassik to'lqin nazariyasida bunday effekt ko'zda tutilmagan edi.

Yangilаndi: 11.02.2025 07:38
 

Kislotalar va asoslar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 23
Juda yomon!A'lo! 

Kislotalar va asoslar

Kislota tushunchasiga suvdan vodorod ionini ajratib chiqaradigan modda deb; yoki, o'zidagi protonni boshqa moddaga uzata oladigan modda deb; yoki, elektron juftlikni o'ziga biriktirib olish xususiyatiga ega bo'lgan modda deb ta'rif berish mumkin.

Asos tushunchasiga esa, suvdan gidroksid-ion ajratib chiqaradigan modda deb; yoki, proton qabul qila oladigan modda deb, yoki, elektron juftlikni uzata oladigan modda deb ta'rif berish mumkin.

Biz o'zimizning kundalik maishiy turmush tajribamizdan kelib chiqib, ayrim moddalarning o'ta faol korrozion xossalarga ega ekanini yaxshi bilamiz. Masalan, avtomashina akkumulyatoridagi kislota kiyimga tegib ketsa, u kiyimning o'sha joyini darhol kuydiradi va teshib qo'yadi (yemirib yuboradi). Biz uyni tozalash, xususan, kafellar va vannani artish uchun ba'zan ammiak eritmalaridan, yoki, boshqa tozalash vositalaridan foydalanamiz. Ushbu korrozion faol moddalar kimyogarlarga professional tilda kislotalar va asoslar nomi ostida yaxshi ma'lum.

Yangilаndi: 13.02.2025 15:58
 

Temir - mustahkam element

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Temir - mustahkam element

Jahon mumtoz adabiyotining eng qadimiy namunalaridan biri Gomerning "Iliada" dostoni sanaladi. Ushbu doston taxminan eramizdan avvalgi 800-yilda yozilgan bo'lib, taxminan eramizdan avvalgi 1000-yil atrofida bo'lib o'tgan Troya qal'asi qamali haqida hikoya qiladi. Afsonalarga ko'ra, o'sha qamal 10 yil davom etgan emish.

Dostonda naql qilinishicha, o'sha janglarda qatnashgan jangchilarda qurol-aslaha, o'q-yoy va sovutlar bronzadan yasalgan bo'lgan.

Yangilаndi: 22.01.2025 13:44
 

Yapon fiziklari rekord kuchlanishga ega magnit maydoni hosil qilishdi va laboratoriyani portlatib yuborishdi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Yapon fiziklari rekord kuchlanishga ega magnit maydoni hosil qilishdi va laboratoriyani portlatib yuborishdi

"Review of Scientific Instruments" jurnalida ma'lum qilinishicha, Tokio Universiteti fiziklari Shojiro Takeyama hamda Daysuke Nakamura boshchiligidagi ilmiy guruh fan tarixida rekord kuchga ega magnit maydoni hosil qilishga muvaffaq bo'lishgan.

Magnit maydoni - fizik muhitning fundamental xossalaridan biri bo'lib, elektron orbitallar va spinga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qilish orqali, magnit maydon kuchlanganligini o'ta katta aniqlikda nazorat qilish mumkin. Qattiq jism fizikasi, nanomateriallar, magnit materiallari, o'ta o'tkazuvchanlik va yarimo'tkazgichlar fizikasi sohalaridagi tadqiqotlarda magnit maydoni orqali tajribalarning ahamiyati beqiyos.

Yangilаndi: 14.02.2025 08:44
 


Maqolaning 56 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135456

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov