Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Videofayllarni hajman siqish algoritmini ishlab chiqqan olimlar Olmoniya kelajak mukofoti uchun nomz

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Videofayllarni hajman siqish algoritmini ishlab chiqqan olimlar Olmoniya kelajak mukofoti uchun nomzod sifatida ko'rsatildi

Bugungi kunda internet tarmog'ida aylanayotgan axborot hajmining 70% qismini videofayllar tashkil qiladi va bu raqam o'sishda davom etmoqda. Agar odata juda katta axborot hajmini ishg'ol qiladigan videofayllarni samarali siqish uchun xizmat qiladigan dasturiy texnologiyalar barpo etilmaganida, zamonaviy internetda video ulushu bu qadar katta bo'la olmas edi. Videofayllarni maksimal siqish dasturiy texnologiyasini ishlab chiqqan nemis olimlari Germaniyaning Kelajak mukofoti uchun tavsiya etilishdi.

Hozirgi kunda vide har yer va har vaqtda bor. Harakatlanuvchi tasvir avvaliga faqat kinematografiya bilan bog'lab tushinilgan bo'lsa, keyinchalik, bu tushuncha televideniye bilan uzviylashdi. 90-yillrda bu jarayonga videmagnitafonlar aralashib kirdi. Yaqin yillar ichida esa, televideniye va kinematograf ham, o'zining videouzatmalar bo'yicha yetakchilik rolini internetga boy berib bo'ldi. Endilikda harakatlanuvchi tasvirninig jozibasidan bahramand bo'lish uchun, 100 yil avvalgidek chipta olib kinoteatrga kirish, yoki 50 yil avvalgidek, oq-qora ekranli televizorga termulish shart emas. 20-30 yil avvalgi chamadondek keladigan videmagnitafonlar va ularning yuzlab metrli tasmaga ega qutisimon kassetalari ham allaqachon urfdan qolgan. Tugmadek keladigan fleshka xotirasida o'sha "qadimiy" video-saqlagichlarni bir nechtasini band qila oladigan ulkan hajmli videofayllardan bir nechtasini birdaniga saqlash mumkin. Qolaversa, global tarmoq bo'ylab, ushbu videolarni jahonning istagan nuqtasiga bir necha daqiqialar ichida jo'natish bugungi kunimiz uchun oddiy hol. Endilikda tarixiy xronika, konsertlar, opera, spektakl, klip va boshqa ko'plab tomoshabop narsalarni internetdan oson topish va ko'rib zavqlanish mumkin. Bundan tashqari, endilikda skayp, videotelefoniya, videokonferensiyalar, teletibbiyot haqida gapirib ham zamondoshlarimizni hayratlantira olmaysiz. o'zbekistonimizda joriy, 2015-yildan e'tiboran, masofaviy videobog'lanish orqali xo'jalik sudlari majlislarini olib borish amaliyoti joriy qilingani ham yuqorida keltirgan so'zlarimizning isbotidir.

Xayko Shvarts, Tomas Vigand, Ditlef Marpe (o'ngdan chapga)

Yangilаndi: 23.01.2025 13:59
 

Serqirra daho. Jon fon Neyman

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

Serqirra daho. Jon fon Neyman

Jon fon Neyman XX asrning eng yirik matematiklaridan biri. U avvaliga o'yinlarning matematik nazariyasini ishlab chiqdi. Keyin esa, ko'plab jarayonlarni ushbu nazariya orqali ifodalash mumkinligini ko'rsatib berdi. Fon Neymanning ilmiy salohiyati faqatgina nazariy matematika bilan cheklanib qolmay, balki, matematikani boshqa ko'plab ilmiy-texnikaviy yo'nalishlarga tadbiq qilish bilan namoyon bo'lgan. U qaysi fan sohasiga qo'l urmasin ulkan amaliy natijalarni qayd etdi.

Jon fon Neyman. Manxetten loyihasidagi ishtiroki paytidaYanosh Layosh Neyman - bu Jon fon Neymanning asl ismi-sharifidir. Yanosh Neyman 1903-yilning 28-dekabrida Budapeshtda tug'ilgan. Uning otasi Miksa Neyman bankir, onasi Margaret Kann esa yirik boy tijoratchining qizi bo'lgan. Yanosh (uni erkalatib Yanchi deb chaqirishgan) Neyman juda iqtidorli bo'lib, bolaligidan boshlab matematikaga jiddiy qiziqqanligiga qaramay, otasi uni kimyogar bo'lishini istagan ekan. U 6 yoshligidayoq hatto sakkiz xonalik sonlarni ham qog'oz-qalam ishlatmasdan, bemalol dilda qo'shib, ayrib, ko'paytish va bo'lish amallarini bajara olgan ekan. 8 yoshida esa u matematik analizga oid masalalarni mustaqil hal qila olgan. 1911-yilda u lyuteran gimnaziyasiga o'qishga kiradi. 1913-yilda uning otasi zodagonlik maqomini oladi va endilikda qahramonimiz ham, Avstro-Vengriya Imperiyasi an'analariga muvofiq ravishda, o'zining asl Yanosh Neyman ismini zodagonlik maqomiga moslab Yanosh fon Neyman shakliga o'zgartiradi.

Yangilаndi: 07.02.2025 13:55
 

Karat

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Karat

Karat - o'zbekcha belgilanishi kar, xalqaro belgilanishi ct bo'lgan, SI Xalqaro Birliklar Tizimi tarkibiga kirmaydigan, tizimlashmagan maxsus massa birligi. Hozirda butun dunyo bo'yicha xalqaro miqyosda qabul qilingan va umumiy tan olingan karat birligi 200 milligramm, ya'ni, 0,2 grammga teng. Asosan, zargarlik sohasida, qimmatbaho toshlarning og'irligini ifodalash uchun qo'llaniladi. IV-o'lchov va Tarozilar Xalqaro Bosh Konferensiyasida, 1907-yilda qabul qilingan.

Karatni adabiyotlarda "metrik karat" deb yuritiladi. Chunki, karat birligining qadimda keng qo'llangan va grammga nisbatan boshqacha qiymatga ega bo'lgan turlari ham mavjud. Garchi, o'sha qadimgi karatlar allaqachon iste'moldan chiqib ketgan va amalda qo'llanilmayotgan bo'lsa-da, ilmiy manbalarda karat haqida gap ketganda, uning 1907-yilda O'TXQning IV Bosh Konferensiyasida qabul qilingan xalqaro karat ekaniga urg'u berish uchun, ataylab, "metrik karat" deb yoziladi.

Yangilаndi: 30.01.2025 11:52
 

Olmeklar kompasi

E-mail Chop etish PDF

Olmeklar kompasi

Yuz yillar mobaynida dengizchilar yo'nalishni aniqlash, ya'ni, Yerning shimoliy magnit qutbini belgilash uchun magnit strelkali kompasdan foydalanib kelishgan. Mezoamerika (markaziy Amerika) hududida eramizdan avvalgi 1000-yillarda yashagan Olmek qabilalari qo'llagan kompas, ehtimolki yer yuzidagi eng qadimgi kompas bo'lsa kerak. Olmek tamadduni hozirgi Meksika davlati hududida eramizdan avvalgi 1400-1000 yillar orasida gullab-yashnagan bo'lib, ushbu sivilizatsiya hayotidan bizga, vulqon jinslarida o'yib yasalgan ulkan odam boshi haykallari hikoya qilib turibdi.

Yangilаndi: 10.02.2025 15:32
 

Xlor

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 33
Juda yomon!A'lo! 

Xlor


Xlorni sof holda, alohida ajratib olishni esa 1811-yilda
Gemfri Devi uddalagan. U elektroliz vositasida oddiy osh tuzini natriy va xlorga parchalashga muvaffaq bo'lgan edi. Devi o'zi mazkur elementga "xlorin" deb nom qo'yishni taklif qilgan. Bir yil o'tib, Gey-Lyussak ushbu nomni oddiyroq qilib "xlor" tarzida qisqartirishni taklif qilgan va o'z yozishmalari orqali butun kimyo fanida ommalashtirib yuborgan. Xlorning atom massasi 1826-yilda Yens Yakob Berselius tomonidan o'ta katta aniqlikda hisoblab chiqilgan edi. Uning natijasi zamonaviy qiymatdan atiga 0,1% ga farq qiladi.Xlor - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning III davr VIIA guruh elementi. Atom raqami 17. Cl (lotincha Chloros - "yashil" so'zidan) formulasi bilan belgilanadi.

Yangilаndi: 20.08.2026 05:44
 


Maqolaning 55 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135456

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov