Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Platon jismlari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Platon jismlari

Platon jismlarini maktab geometriya kursida muntazam ko'pyoqlar deb tanishtiriladi. Muntazam ko'pyoq bu - yoqlari muntazam ko'pburchaklardan tashkil topgan, ya'ni, tomonlari va burchaklari teng kattalikda bo'lgan uch o'lchamli geometrik obyektdir. Platon jismining har bir cho'qqisidan bir xil sondagi qirralar chiqib keladi. Platon jismlari ichida eng taniqlisi va soddasi bu - kub bo'lib, uning hamma 6 ta yog'i bir xil o'lchamdagi kvadratlardan tashkil topgan bo'ladi.

Qadimgi yunonlar geometriyani juda yaxshi rivojlantirishgan edi. Umuman olganda atiga 6 xil platon jismlari yasash mumkinligini ham eramizdan avvalgi Yunoniston matematiklari allaqachon isbotlab qo'yishgan. Bu olti xil muntazam ko'pyoqlar quyidagilardir: kub, tetraedr, oktaedr, dodekaedr, hamda, ikosaedr. Masalan, ikosaedr yoqlari 20 ta muntazam uchburchaklardan iborat bo'ladi.

Yangilаndi: 12.02.2025 07:49
 

Gippokrat

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 29
Juda yomon!A'lo! 

Gippokrat

(taxminan, eramizdan avvalgi. 460 - 370 yillar)

Gippokrat

O'z professional kasb yo'lini boshlashdan avval har bir hakim avvalo Gippokratni albatta yodga olib o'tadi. U diplom olish chog'ida uning nomi bilan ataluvchi qasamyodni qabul qiladi. Gippokratdan bir necha yillar keyinroq yashagan boshqa bir yunon hakimi - Galendan tashqari hech kim qadimgi Yevropa tibbiyotining oyoqqa turishiga bunchalik katta ta'sir ko'rsatgan emas.

Gippokrat milodgacha bo'lgan 460-yilda Yunonistonning Ioniyalik Doriylari tomonidan tashkil qilingan koloniyasi - Kos orolida tavallud topdi. Afsonaga ko'ra Gippokrat, tibbiyot ma'budi Asklepiyning avlodidan bo'lgan emish. Asklepiy avlodlarida tib ilmi avloddan avlodga, ustozdan shogirdga muntazam o'rgatilib borilgan va o'ziga xos "Asklepiychilar uyushmasi" shakllangan. Ko'plab o'z zamonasining yetuk tibbiyotchi va dorishunoslari mazkur uyushma atrofida birlashganlar. Shu tarzda Gippokratning o'g'illari hamda ko'p sondagi shogirdlari ham yetuk hakimlar bo'lib yetishishgan va Gippokratning tibbiy amaliy va ilmiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi kashfiyot va ishlarida doimiy yordamchi bo'lib xizmat qilishgan.

Yangilаndi: 18.09.2026 11:30
 

Fizika tarixidan metodik qo'llanma

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 25
Juda yomon!A'lo! 

Fizika tarixidan metodik qo'llanma

Muallif: T.Usmonov

Tematik yo'nalishi: Fizika, fan tarixi, metodika

Tarixi: Toshken 2003. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti

Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlarida. Kompyuterda sahifalangan.

Grafikasi: O'zbek tili kirill alifbosida.

Yangilаndi: 27.12.2018 13:59
 

Elektr va Magnetizm hodisalalrining bog'liqligi. Ersted qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Elektr va Magnetizm hodisalalrining bog'liqligi. Ersted qonuni

Elektr va magnetizm hodisalarining o'zaro uzviy bog'liqligi, parranda pati va hayvon junining qahraboga, temir qirindilarining magnitga tortilishi kabi oddiy fizik jarayonlar orqali,butun Yevropaning eng yuksak zehn zakovat egalarining farazlarida mavjud edi. Ilmiy adabiyotlarda po'lat ignaning elektr uchqunlari bilan magnitlanib qolganligi hamda, kompas magnit strelkasining chaqmoq ta'sirida magnit xususiyatidan mosuvo bo'lganligi haqida faktlar allaqachon mavjud edi. Galvanizm bo'yicha risolasida (1804-yil) Aldini, Volt ustuni tufayli magnitlanib qolgan po'lat igna haqida, Romanozi esa, magnit strelkasining Volt ustuni ta'sirida magnitsizlanib qolganligi haqida yozgan edi. Lekin, bu faktlarning barchasi tasodifiy kuzatuvlar shaklida bo'lib, ular umumlashtirilmagan va mufassal yoritilmagan edi.

Bu hodisalarning mohiyati va ahamiyatini birinchi bo'lib, Daniyalik fizik olim, Hans Xristian Ersted angladi va unga butun dunyo olimlarining diqqatini jalb etdi.

"Daniyalik olim, professor, - deb yozgan edi Amper, - o'zining buyuk kashfiyoti bilan fiziklar uchun yangi tadqiqotlar yo'lini ochib berdi. Bu tadqiqotlar o'z samarasini bermay qolmadi; ular, taraqqiyotning keyingi yo'nalishiga befarq bo'lmagan insonlar uchun e'tiborga molik bo'lgan ko'plab faktlarning ochilishiga turtki bo'ldi."

Hans Xristian Ersted (1777-1851) Daniyaga qarashli Langeland orolidagi kichik Ryudkobing shaharchasida, o'rtahol dorixonachi oilasida tug'ildi. Oilaning moliyaviy holati, Hans va uning akasi Anderslarga boshlang'ich ta'limni uzluksiz olishga imkoniyat bermagan. Shu sababli, ularning o'qishi betartib ravishda, to'g'ri kelgan joyda davom etgan. 12 yoshidan boshlab Hans, otasining dorixonasida sotuvchi bo'lib ishlay boshlagan. Aynan shu davrda uning istiqboli uchun tibbiyot birinchi o'ringa chiqib, adabiyot, kimyo, tarix va boshqa sohalarni ikkinchi darajaga surib qo'ygan edi. U Kopengagen universitetiga kirganida, aynan tibbiyot sohasining mutaxassisi bo'lishni reja qilgan edi. Lekin u talabalik yillaridayoq, tibbiyot bilan birgalikda, birvarakayiga fizika, astronomiya, falsafa va she'riyat sohalarini ham puxta o'zlashtirib bordi.

Yangilаndi: 22.01.2025 11:29
 

Kuryositi marsaxodi (Infografika)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Kuryositi marsaxodi (Infografika)

Mars haqidagi dastlabki astronomik kuzatishlar qayd qilingan yozma manbalar eramizdan avvalgi 3.5 ming yilliklarga tegishli Bobilliklarning astronomik jadvallari va ierogliflari hisoblanadi. O'rta asrlarda hind va musulmon sharqi munajjimlari Marsning o'lchamlarini va undan Yergacha bo'lgan masofa hisoblab chiqishgan. XVI-asrga kelib Nikolay Kopernikning geliotsentrik modeli asosida Iogann Kepler Marsning ekliptik orbitasining aniq keltirib chiqardi. Marsni kuzatish, teleskop kashf etilgach yana jadallashdi. 1659-Yilda Franchesko Fontanna teleskopik kuzatishlar asosida Mars sirtini tasvirini chizdi. 1660-yilda Dominik Kassini Marsning qutblarini aniqlab, tasvirga tushirdi. 1888-yilda Jovanni Skiaparell Mars sirtidagi alohida detallarga nom berishni boshladi: Adriatika, Kimmeriya, Feniks kabi dengizlar nomlarini aynan u bergan. XIX-asrga kelib Marsni o'rganish yana yangi bosqichga kirdi. Bu davrda Marsda kanallarning mavjudligi haqidagi xabar asnosida, Marsda hayot bor yoki, yo'qligini aniqlash bo'yicha tekshirishlar avj oldi. Koinotni zabt etish erasidan avvalgi davr astronomlari ichida Marsni tadqiq qilganlardan Persival Louell, Slayfer, Antoniadi, Leddi, Vokulyer, Tixovlarning izlanishlari ko'p samara keltirdi. Lekin baribir, Marsni nisbatan mukammal tadqiq qilish, unga tomon 1960-yillarda "Fobos", "Deymos", "Mariner", "Viking", "Mars Global Surveyor" kabi fazoviy dasturlarning uchirilishidan keyin boshlandi.

Yangilаndi: 05.02.2025 15:30
 


Maqolaning 54 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135456

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)