Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Yevklid. Geometriyaning "otasi"

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 63
Juda yomon!A'lo! 

Yevklid

(taxminan, eramizdan avvalgi 365-300 yillar)

Bu olim hayoti haqida deyarli aniq ma'lumotlar mavjud emas.  Bizga u haqidagi ayrim uzuq-yuluq afsona tarzidagi xabarlar yetib kelgan xolos. Uning eng mashhur asari «Boshlang'ichlar» ga birinchi bo'lib sharh yozga Prokl (V asr), Yevklidning qachon va qayerda tug'ilganligini yoki vafot etganligini aniq aytib bera olmagan. Proklning qayd etishicha «bu arbob alloma» Ptolomey I zamonasida yashagan ekan. Ba'zi biografik ma'lumotlar XII-asrga oid arab qo'lyozmasida saqlanib qolgan: «Yevklid, Naukratning o'g'li «Geometr» nomi bilan mashhur, qadimgi zamon allomasi, kelib chiqishiga ko'ra yunon, yashagan joyi Suriya, Tir o'lkasida tavallud topgan».

Yangilаndi: 18.09.2026 11:29
 

Gey- Lyussak qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 23
Juda yomon!A'lo! 

Gey- Lyussak qonuni

Gazlarning hajmiy nisbatlarining qonuniyatlarini ifodalovchi, Jozef Lui Gey-Lyussak tomonidan ochilgan va uning sharafiga atalgan qonun, nazariy kimyo fanining yanada ilg'or qadam tashlashiga katta turtki berdi. Gey-Lyussak qonuni, o'sha vaqtlarda endigina kashf qilingan Dalton qonuni bilan birgalikda kimyoviy birikmalar nazariyasining asosini tashkil qildi.

Gey-Lyussak, XIX asrning birinchi yarmida, mumtoz kimyo fanining poydevorini qurgan, buyuk kimyogar olimlar sirasiga kiradi. Jozef Lui Gey-Lyussak (1778-1850) Farangistonning Limuzen grafligiga qarashli kichik San-Leonar shaharchasida tug'ilgan. Bolaligida, qat'iy intizom va tartib-qoidalarga asoslangan katolik maktabida ta'lim olib, 15 yoshida esa Parijga ko'chib o'tadi. Parijda Gey-Lyussak San-sye pansionida o'qishni davom ettirib, tez orada ajoyib matematik iqtidori bilan bachaning nazariga tushadi. 1797-1800 yillarda u Parij politexnika maktabida ta'lim oladi. Politexnika maktabida kimyo fanidan iste'dodli kimyogar, o'qituvchi va olim Klod Lui Bertole dars berar edi. Aynan Bertole, yetishib chiqayotgan yosh olimning kimyo faniga bo'lgan qiziqishlariga va keyingi ilmiy yo'nalishini tanlashiga katta ta'sir o'tkazgan. Ta'lim jarayoni va undan keyingi hayotlarida ham bu ikki inson juda qalin do'st bo'lib, ilmiy mulohaza va fikrlarini doimiy o'zaro muhokama qilib borishgan. Politexnika maktabida o'qishni tamomlagach, Gey-Lyussak bir qancha kimyo korxonalarida mehnat qilib chiqdi. 1802-yildan e'tiboran esa, u yana o'zining jonajon o'quv yurti - Parij politexnika maktabiga qaytib, u yerda assistent bo'lib ishlay boshladi.

Yangilаndi: 26.02.2025 08:04
 

Yer Sayyorasining tuzilishi qanday? (Infografika)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 41
Juda yomon!A'lo! 

Yer Sayyorasining tuzilishi qanday?

Yer - Quyosh tizimidagi sayyoralar ichida, tartib bo'yicha uchinchi, o'lchamlariga ko'ra beshinchi o'rinda turuvchi sayyoradir. Shuningdek, ona sayyoramiz, insoniyatga ma'lum bo'lgan sayyoralar ichida, tiriklik mavjud bo'lgan yagona sayyora. Ilmiy farazlarga ko'ra, Yer, Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralar singari, Quyosh gaz-chang tumanligidan, bundan taxminan 4.5 milliard yil avval paydo bo'lgan.

Yer sayyorasi shakliga ko'ra, yassi ellipsoidga o'xshash bo'lib, "Geoid" deb ataladi. Geoid va unga o'xshash (approksimatsion) ellipsoid orasidagi farq 100 metr atrofida[1]. Sayyoramizning o'rtacha diametri 12742 kilometr. Aylanasi esa ?40000 kilometr. Yerning ekvatori, o'ziga xos do'nglikni hosil qilgan. Uning ekvatorial diametri, qutblar orasidagi diametridan 42.6 kilometr uzunroq. Yer sirtidagi eng baland nuqta, Everest cho'qqisi (Jomolungma) bo'lib, u dengiz sathidan 8848 kilometr balandlikda joylashgan. Eng chuqur botiqligi esa, Marianna botig'i bo'lib, u dengiz sathidan 994 metr pastda joylashgan. Ekvator do'ngligi hisobiga, Yer markazidan eng uzoq joylashgan nuqta Everest cho'qqisi emas, balki, ekvatorga yaqinroq joylashgan boshqa cho'qqilar - Ekvadordagi Chimboraso vulqoni cho'qqisi hamda, Perudagi Uaskaran tog'i tepasi hisoblanadi.

Yangilаndi: 08.10.2026 15:30
 

Apollon-11

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Apollon-11

"Apollon-11" - Apollon seriyasidagi, uchuvchili kosmik kema. 1969-yilning 16-24 iyul kunlari, tarixda ilk marta, bortida inson bilan Oyga parvoz qilgan va Oy sirtiga qo'nish amalga oshirilgan ilk fazo kemasi. Ikkita asosiy moduldan - boshqaruv moduli - "Kolumbiya" va Oy moduli "Burgut"dan iborat bo'lgan. 1969-yil, 16-iyul kuni, Floridadagi, Kennedi kosmik markazining 39A kompleksidan, "Saturn-5" raketa eltuvchisi yordamida fazoga uchirilgan. Start vaqtidagi massasi - 43901 kg. Parvozning umumiy davomiyligi - 8 kun, 3 soat, 18 daqiqa va 8 soniyani tashkil etgan. Kema kapitani - Nil Armstrong, ekipaj a'zolari - Edvin Oldrin (Oy moduli uchuvchisi) va Maykl Kollinz (boshqaruv moduli uchuvchisi). Startdan (13:32) 11 daqiqa, 42 soniyadan so'ng, "Apollon-11", yer sirtidan 190.8 km balandlik masofasida, 7.79 km/soniya tezlikka ega bo'lgan tarzda, Yer tevarak aylana orbitasiga muvaffaqiyatli chiqishga erishdi. Yer atrofida 1.5 aylanish bajarilganidan so'ng, Tinch okeani ustidan uchish vaqtida, "Apollon-11" ikkinchi kosmik tezlikka erishdi va Oyga uchish trayektoriyasiga yo'naldi. Parvozning to'rtinchi kuni, startdan 75 soat 41 daqiqa o'tgan vaqtda, "Apollon-11" Oydan 572 km masofada, Oyning Yerdan ko'rinmaydigan teskari tomoniga o'tdi va 8 daqiqadan so'ng, u 114.1 km aposeleniy va 313.9 km pereseleniyga ega bo'lgan, Oy tevarak-atrofi orbitasiga chiqishga erishdi. Keyinchalik, Oy atrofidagi aylanish orbitasiga tegishli tuzatishlar kiritilganidan so'ng, 13-marta aylanishning so'ngida, "Burgut" va "Kolumbiya"o'zaro ajraldi va "Burgut", astronavtlar bilan birga Oyga qo'nishni amalga oshirishga kirishdi.

Yangilаndi: 09.10.2026 09:45
 

Dengiz mili

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Dengiz mili

Dengiz mili - asosan dengizchilikda va qisman aviatsiyada qo'llaniladigan, shuningdek dengizbo'yi mamlakatlarida hududiy qirg'oq masofasi va hududiy suvlar chegarasini belgilash uchun ishlatiladigan masofa o'lchov birligi bo'lib, SI Xalqaro Birliklar Tizimiga kirmaydigan birlikdir. Belgilanishi OTXQ va Xalqaro gidrografiya jamiyati qoidalariga ko'ra M tarzida qabul qilingan (inglizcha mile so'zidan). Lekin, fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti NM tarzida (Nautical Mile so'zlarining bosh harflaridan), hamda ayrim boshqa tashkilotlarda nm tarzida belgilanishi ham uchrab turadi. Lekin, ushbu nm tarzida belgilanishi O'TXQ tomonidan ma'qullanmagan va qo'llashga tavsiya etilmaydi. Chunki, u nanometr birligining belgisi bilan aynan bir xil bo'lib qoladi. O'zbekchada qisqartma tarzida DM deb yozilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Yangilаndi: 07.02.2025 14:00
 


Maqolaning 51 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135433

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)