Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Butunjahon kvant kuni!

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Butunjahon kvant kuni!
(#WorldQuantumDay)

Butunjahon kvant kuni, yoki, butunjahon kvant fani kuni – 2021-yildan buyon, har yili 14-aprel kuni nishonlanishi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu bayram sanasiga butun dunyo bo‘ylab kvant mexanikasi sohasida izlanib kelayotgan olimlar tomonidan asos solingan bo‘lib, sanani nishonlashdan maqsad – keng jamoatchilik uchun kvant fani va texnologiyalarini tushunishda yordam ko‘rsatish, hamda, ushbu fanning ilg‘or jabhalaridagi yutuqlar bilan yaqindan tanishtirishdir.

Kvant fizikasi sohasidan jilla qursa sirtdan xabardor bo‘lgan do‘stlarimiz nima uchun aynan ushbu sana tanlanganini darhol fahmlashgan bo‘lsa kerak. Bu – Plank doimiysining dastlabki uchta raqamini yaxlitlangani ko‘rinishidagi sana bo‘lib, ma’lumingizkim, bu son 4,135667696 × 10-15 eV·s (elektronvolt-soniya) ni tashkil qiladi. Kvant fizikasi –tabiatni hozirgi zamon ilm-fani erishgan eng fundamental darajada tadqiq qilish sohasi bo‘lib, u tabiatdagi jarayon va hodisalarni atom va subatom zarrachalari miqyosida bayon qilib beradi. Kvant fizikasining dunyoga kelishi va taraqqiy etishi – XX-asrning dastlabki qismiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, bu jarayon dunyoni klassik fizikadan (Nyuton fizikasidan) – hozirgi zamonaviy fizikaga, ya'ni, o‘z ichiga umumiy va maxsus nisbiylik nazariyasini, hamda, kvant mexanikasi sohalarini qamrab olgan butunlay boshqa fizika olamiga yetaklab kirgan jarayon bo‘lgan edi.

Yangilаndi: 14.04.2025 10:23
 

Tritemiy poligrafiyasi

E-mail Chop etish PDF

Tritemiy poligrafiyasi

Bizning davrimizda kriptografiya asosida murakkab matematik nazariya yotadi. Biroq, qadimgi davrlarda xat-xabarlarni shifrlash uchun juda jo'n usullardan foydalanishgan va bunda masalan, xabar matnidagi harflar shunchaki alifbodagi o'ziga qo'shni har bilan almashtirib yozilgan. Bunday tarzdagi shifrlashda masalan «men» so'z «nfo» bo'ladi va ho kazo. Albatta, bundayin oddiy shifrlarni yechish ziyrak odamlar uchun unchalik qiyinchilik tug'dirmagan. Ayniqsa, IX-asrda yashab o'tgan arab olimi Abu Yusuf Yoqub ibn Isa'hoq ibn Saboh al-Kindi (801-873) tomonidan ishlab chiqilgan takroriylik tahlili usulini qo'llash orqali bu kabi shifrlashni ochish yanada oson bo'lib qolgan. Takroriylik usuli muayyan tilda aynan qaysi harflarning eng ko'p qo'llanishini tahlil qilishga asoslangan bo'lib, masalan ingliz tilidagi so'zlarda harflarning eng ko'p qo'llanilishi quyidagicha ketma-ketlikda bo'ladi: ETAOINSHRDLU. o'zbek tilida esa eng ko'p qo'llanadigan harflar AINLROTDMGS bo'ladi. Shu tariqa shifrlangan xabar mazkur metod vositasida tahlil qilish orqali, uni katta ehtimol bilan shifrdan to'g'ri yechish mumkin. Masalan, ingliz tilida Q harfidan keyin deyarli doimo U keladi va ho kazo.

Yangilаndi: 20.01.2025 09:26
 

Bekkerel (birlik)

E-mail Chop etish PDF

Bekkerel (birlik)

Bekkerel birligi Xalqaro SI birliklar tizimida radioaktiv manbadagi nuklid faolligining o'lchov birligi hisoblanadi. o'zbekcha belgilanishi Bk, xalqaro belgilanishlari bir xil - Bq ko'rinishida belgilanadi (кириллчада Бк).

Ta'rifi: 1 bekkerel - 1 soniya vaqt ichida bir jarayon parchalanish sodir bo'ladigan radioaktiv manbadagi nuklidning faolligiga tengdir. Bekkerel - SI tizimidagi o'z maxsus nomiga va belgisiga ega bo'lgan hosilaviy birlikdir. Uni SI tizimining asosiy birliklari orqali ifodalanishi quyidagicha bo'ladi: Bk=c-1

Yangilаndi: 20.01.2025 07:54
 

Loksodroma

E-mail Chop etish PDF

Loksodroma

Buyuk geografik kashfiyotlardan so'ng dengizchilik shiddat bilan rivojlanib, kemalar butun sayyoramiz dengiz va ummonlari bo'ylab suza boshlagan zamonlarda, xaritashunoslar va ayniqsa darg'alar oldida o'ta muhim bir masala ko'ndalang chiqdi. Ya'ni, Yerning sharsimon shaklda ekani e'tiboridan, ochiq dengizda yo'nalishni to'g'ri belgilash va masofani chamalash - o'ta muhim vazifaga aylandi. Aynan shu maqsadda, XV-asrdan boshlab geodeziya va kartografiyada loksodroma tushunchasi keng yoyila boshladi. Loksodroma - fanga navigatsiya maqsadlarida joriy qilingan tushuncha bo'lib, uni shuningdek sferik spiral, yoki, rumb chizig'i ham deyiladi. Loksodroma go'yoki ulkan ilon singari, Yer sharini o'rab-chirmab oladi va qutblar yaqinida buraladi, lekin, hech qachon qutblarga yetib bora olmaydi. Loksodroma chizig'i xaritada barcha meridianlarni muntazam burchak ostida kesib o'tadi.

Yangilаndi: 20.01.2025 09:30
 

SI tizimining afzalliklari va ahamiyati

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

SI tizimining afzalliklari va ahamiyati

 

Tasavvur qiling, siz XIX asr Amerikasidasiz. Sizga bir necha miqdordagi mato zarur. AQSHda matolarni, umuman olganda uzunlikni dyum o‘lchov birligida o‘lchashadi. Dyum esa, odam bosh barmog‘i bo‘g‘ining uzunligiga teng. Endi o‘ylab ko‘ring, Sizning bosh barmog‘ingizdan ko‘ra menga mato sotayotgan sotuvchining bosh barmog‘i uzunroq bo‘lsa ho‘p-ho‘p, agar uning bosh barmog‘i kalta bo‘lsa-chi? Bu holda matoni Sizning barmog‘ingiz bo‘yicha o‘lchab olsangiz, Siz yutamasiz, aksincha holatda sotuvchi yutadi noholis holat shundaymi?...

Ushbu oddiy maishiy misoldan jiddiyroq miqiyosli misolga o‘tamiz: misolimiz tragik qiyofada: 1996-yilning kuzida Hindistonning Nyu-Deli shahri osmonida ikkita avialayner to‘qnashib ketdi. Biri - qozoqlarga tegishli, ikkinchisi - Saudiya arabistoni aviatsiyasi tarkibidagi yo‘lovchi tashuvchi layner. Jami bo‘lib 351 kishi falokat qurboni bo‘ldi.

Falokat sabablarini tekshirish bir oyga yaqin vaqtni oldi. Ekspert xulosalari e'lon qilingach, butun dunyoga achinarli va alamli tarzda ma'lum bo‘ldiki, Qozoq havo yo‘llari layneriga Hindiston yeridagi dispetcherlik markazi operatori, balandlikni egallash haqidagi buyruqni, fut o‘lchov birliklarida bergan ekan. Ekipaj uchuvchilariga esa, buyruqni metrda bajargan! Mana sizga o‘lchov birliklarining ahamiyati! Oddiygina fut va metr o‘rtasidagi munosabat tufayli aviatsiya tarixidagi qurbonlar soni bo‘yicha 4 o‘rinda turuvchi falokat yuz berdi.

Yangilаndi: 18.03.2018 12:51
 


Maqolaning 6 sahifasi, jami 109 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 884
O'qilgan sahifalar soni : 13399665

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis