Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Oppoq kiyinganlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Oppoq kiyinganlar

Ilmiy nufuzga ega biror shaxs haqida axborot berilayotganida yoki uni biror hay'atga tanishtirilayotganida, odatda uning ilmiy unvoni (yoki darajasi desak ham bo'ladi) qo'shib aytiladi. Masalan, "Falonchi Pistonchiev, fan doktori", yoki, "Pistonchi Pistonchiyevich, dotsent" kabi. Umuman olganda ilmiy unvonlarga ega bo'lish hammaga ham yoqsa kerak. Keling ushbu unvonlarning tarixi haqida suhbatlashamiz.

Ilmiy unvonlar o'zbek tiliga, XX-asrda kirib kelgan deganlar qattiq yanglishadi. g'arbga xos ilmiy unvon yoki darajalardan farqli o'laroq, sharqona nozik an'analar va qadriyatlar zamirida, ustoz, muallim, piri-komil, shayx kabi o'ziga xos ilmiy daraja va unvonlar mavjud bo'lgan. ekin, Sharq ilm-fani va unga tegishli faktlar alohida katta mavzu bo'lgani uchun, biz bu maqolada bugungi kunimizda amalda bo'lgan va aksariyati Yevropa tillaridan kirib kelgan ilmiy unvon va darajalar haqida fikr almashamiz.

Yangilаndi: 08.10.2026 15:26
 

Nil Armstrong

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Nil Olden Armstrong

Nil Armstrong

Nil Oldin Armstrong (inglizcha: Neil Alden Armstrong) 1930-yilning 5 avgustida AQSHning Ogayo shtati, Ualakoneta shahrida tug'ilgan. AQSH astronavti, insoniyat tarixida Oyga qadam qo'ygan birinchi inson, sinovchi-uchuvchi, kosmik muhandis. Ualakoneta shahridagi o'rta maktabni 1947 yilda tamomlagach, shu yilning o'zida, Indiana shtati, Vest-Lafayet sharidagi Perdyu universitetining aviatsiya sanoati yo'nalishiga o'qishga kiradi. Universitetdagi o'qishni, oraliq tanaffuslar bilan, 1955-yilgacha davom ettirgan va yakunda, 1955-yili, aviatsiya texnikasi fanlari bo'yicha bakalavr diplomini qo'lga kiritgan. Shundan so'ng, u harbiy xizmatga chaqirilgan va AQSH harbiy havo kuchlari tarkibida, Koreys urushida qatnashgan. Koreys urushidan ikkita oltin yulduz va "Aviatsiya" medali bilan qaytgach, 1958-yilda, tajribaviy kosmik apparati - American X-15 da uchish uchun tanlov bo'yicha, sinovchi-uchuvchilar safiga kiritildi. Ushbu turkumdagi raketalardagi ilk parvozini 1960-yilda amalga oshirgan Armstrong, 1962-yilga qadar 7 marta, atmosferaning yuqori qatlamlariga raketa parvozlarini amalga oshirdi. 1962-yilda, raketalardagi uchishlarning muvaffaqiyatsiz loyiha ekanligini ta'kidlagan holda loyihani tark etdi va NASAning koinotga uchish uchun olib borayotgan fazogirlar tanloviga ishtirok etish uchun hujjat topshirdi. Shu yili Armstrongni, kosmik parvozlar uchun tayyorlanuvchi kosmonavtlar ro'yxatining 2-guruhiga qabul qilishdi. Nil Armstrong NASAdagi ilk kosmik parvozini, 1966 yilida, "Ajena-8"fazoviy kemasida amalga oshirdi. Biroq, parvoz, fazo kemasining yo'nalish belgilovchi tizimlarida kelib chiqqan jiddiy nosozliklar tufayli, ekipaj muddatidan avval yakunlanib, yerga qaytishga majbur bo'lgan. Ushbu parvoz davomida, Armstrong fazo kemasi kapitani bo'lib, ikkinchi uchuvchi - Devid Skott bilan birgalikda, ilk bora ikkita fazo kemalari - "Ajena-8" hamda, uchuvchisiz "Jemini" apparatlarining o'zaro tutashtirish operatsiyasini amalga oshirishgan edi.

Yangilаndi: 09.10.2026 09:45
 

Parovoz

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Parovoz

Paravozning ixtiro qilinishi - rels yo'llari va lokomotivning loyihalanishi bilan chambarchas bog'liqdir. Aytish joizki, rels yo'llari lokomotivdan ko'ra ancha avvalroq paydo bo'lgan. Relslarni dastavval qattiq pishiq yog'ochdan yasashgan va asosan tog'-kon ishlarida, qazilmalarni aravachalarda kon ichkarisidan tashqariga tashib chiqishda foydalanishgan. Tog'-kon ishlarida yog'och relslarning qo'llanishiga oid ilk tarixiy yozuvlarni biz Sebastiyan Myunster qalamiga mansub bo'lgan, 1541-yilda chop etilgan risolada uchratishimiz mumkin. XVIII-asrga kelib, relslarni cho'yandan tayyorlay boshlashgan. Biroq, cho'yan bu borada o'zini unchalik ham oqlamagan. Sababi, cho'yan birmuncha mo'rt metall bo'lib, cho'yan relslar tez qiyshayib, ko'p buzilgan. XIX asr boshlarida esa relslarni yumshoqroq temirdan yasay boshlashgan va shu davrdan boshlab, rels yo'llarini "temiryo'l" deb atash urfga kira boshlagan. Shunga qaramay, uzoq yillar mobaynida temiryo'ldan faqat konlarda ruda tashish uchun foydalanilgan va undan yo'lovchi tashishda foydalanishga o'tish uchun ancha yillar kerak bo'lgan.

Yangilаndi: 23.01.2025 13:57
 

Albert Eynshteyn

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 51
Juda yomon!A'lo! 

Albert Eynshteyn

(1879-1955)

Albert Eynshteyn 1879 yilning 14-mart sanasida Avstriyaga qarashli Ulm shahrida tavallud topgan. Bo'lajak buyuk fizikning otasi German Eynshteyn ham, maktab chog'laridayoq tengdoshlariga nisbatan kuchli zehni va ajoyib matematik qobiliyati bilan ajralib turgan ekan. Albert 1 yoshga to'lgan yili, Eynshteynlar oilasi Myunxenga ko'chib o'tadi. Albert Eynshteyn 5 yoshlik paytida unga kompas sovg'a qilishgan. Yosh Albert ushbu ajoyib narsaning xususiyatlaridan hayratlanib, butun kelajak hayotiga ta'sir ko'rsatuvchi kuchli qiziqishlar olamiga sho'ng'ib ketgan. Keyinchalik, 12 yoshlik chog'ida uning qo'liga Yevklidning geometriya kitobi (ya'ni, "Boshlang'ichlar" asari) tushib qoladi. Eynshteyn o'zining fizika va umuman ilm-fan olamiga kirib kelishida bolaligida qo'liga kelib tushgan aynan o'sha ikkita narsa - kompas va geometriya kitobi hal qiluvchi o'rin tutganini ko'p bora ta'kidlagan.

Yangilаndi: 29.01.2025 08:55
 

O'lchamlarni taqqoslab...

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

O'lchamlarni taqqoslab...

Uydan ishgacha yoki, o'qish joyigacha bo'lgan masofaning olisligidan shikoyat qilayotgan odamni hech kuzatganmisiz? Uning uchun dunyodagi eng olis masofa aynan shu masofa bo'lib ko'rinadi. Keling hissiyotlarga berilmay, aslida qaysi masofa eng olis ekani haqidagi infografika bilan tanishib chiqamiz:

Siz maktab fizika kursidan, ulkan astronomik miqyoslar uchun noodatiy o'lchov birligi - yorug'lik tezligidan foydalanilishini bilsangiz kerak. Yorug'lik soniyasiga 299 792458 metr tezlik bilan harakatlanadi. Bu tabiatdagi eng katta tezlikdir va boshqa hech narsa yorug'lik tezligidan tez harakatlana olmaydi. Odatda yorug'lik tezligi 300000 km/soniya tarzida yaxlitlab olinadi. Shu tezlik bilan harakatlanish orqali, yorug'likning bir yil ichida bosib o'tadigan masofasini astronomlar o'z ishlarida o'lchov birligi sifatida qo'llaydilar. Agar erinmay hisoblab chiqilsa, bir yorug'lik yili 9460528400000 km ga teng ekanini aniqlash mumkin. Ya'ni, yorug'lik bir yil ichida shuncha masofani bosib o'tadi.

Shunday mislsiz tezlik bilan harakatlanib, yorug'lik Quyosh tizimini taxminan atiga 10 soat mobaynida kesib o'tadi.

Yangilаndi: 23.01.2025 14:28
 


Maqolaning 48 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135264

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)