Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Katta sonlar qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Katta sonlar qonuni

Shveytsariyalik matematik Yakob Bernulli (1654-1705) qalamiga mansub "Taxmin san'ati" (lotincha "Ars Conjectandi") kitobi 1713-yilda, ya'ni, olim vafotidan 8 yil o'tib chop etilgan. Ushbu asarda Yakob Bernulli ochgan katta sonlar qonuni asosiy o'rin tutadi. Ushbu matematik qonun ehtimollar nazariyasiga oid teorema bo'lib, tasodifiy o'zgaruvchining uzoq muddatli barqarorligini ifodalaydi. Xususan, tajriba natijasini kuzatish amaliyoti (masalan tangani tashlash) juda ko'p marta qayta takrorlansa, undagi muayyan natijaning ulushi (masalan, tamg'a tarafining tushishi) ushbu natijaning ehtimolligiga yaqin bo'ladi (tanga tashlash misolida, tamg'a taraf tushishi ehtimolligi 0,5 ga teng bo'ladi). Yanada ilmiyroq qilib aytadigan bo'lak, agar, natijasi yakuniy matematik ehtimollik va dispersiyaga ega bo'lgan, o'zaro mustaqil va bir xil taqsimlangan tasodifiy o'zgaruvchilar mavjud bo'lsa, unda kuzatishlar natijasi kutilayotgan nazariy, yoki, matematik natijaga yaqin bo'ladi.

Yangilаndi: 29.01.2025 16:21
 

Entropiya? Bu juda oddiy...

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Entropiya? Bu juda oddiy...

Entropiya. Bu tushuncha ne-ne kallalarni qotirmagan deysiz. Togrirogi, bu tushunchani mohiyatini anglash uchun ne-ne kallalar qotimagan, ne-ne miyalar qiynalib qolmagan deysiz. Chunki, mavzular ota jiddiy izchillik bilan yoritiladigan fizika darsliklarida entropiya tushunchasi biroz murakkab ta'riflanadi. Odatda, entropiya tushunchasining ta'rifini birinchi marta oqigan oquvchi yoki talaba taxminan quyidagi memda tasvirlangan holatga tushadi.

Yangilаndi: 30.01.2025 08:37
 

Kunning ilmiy manzarasi: Parker yo'lga chiqdi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Kunning ilmiy manzarasi:

Parker yo'lga chiqdi

-O'rtoq fazogirlar! Amerikaliklar Oyga qadam qo'yishdi. Biz maslahatlashib, endi sizlarni Quyoshga uchirmoqchimiz!

-Leonid Ilich, axir kuyib ketamizku?!

-Qo'rqmanglar o'rtoqlar, partiya hammasini puxta o'ylab qo'ygan. Sizlar Quyoshga qishda kechasi qo'nasizlar.

 

XX-asrning 70-80 yillariga, ya'ni, AQSH va SSSR o'rtasidagi "kosmik poyga" zamonasiga tegishli ushbu hazil latifa albatta o'z nomi bilan hazil xolos. Uning reallikka hech qanday aloqasi yo'q.

Yangilаndi: 22.01.2025 08:47
 

Uglerod - hayot elementii

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 20
Juda yomon!A'lo! 

Uglerod - hayot elementi

Tabiiy holdagi uglerodning har bir atomi to‘rtta boshqa uglerod atomlari bilan mustahkam bog‘langan bo‘ladi. o‘sha to‘rtta atomning har biri ham yana to‘rtta atomga mahkam bog‘lanishi mumkin. Shu tariqa, barcha uglerod atomlari bir-biri bilan juda mustahkam bog‘lanish hosil qiladi. Bunday bog‘larni uzishga ham ulashga ham muayyan jiddiy kuch sarflash kerak bo‘ladi. Shu sababli ham uglerod odatiy sharoitlarda qattiq holda bo‘ladi. Uglerod qip-qizarib ketguncha qizdirganda ham u qattiqligicha qolaveradi. Lekin, uni ham baribir suyuq ko‘rinishga keltirish mumkin. Buning uchun 3500 °C harorat kerak bo‘ladi. Kimyoviy elementlar ichida eng yuqori erish haroratiga ega bo‘lgan element aynan ugleroddir.

Yangilаndi: 22.11.2018 14:36
 

Kaloriya

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 11
Juda yomon!A'lo! 

Kaloriya

Kaloriya - issiqlik miqdorining tizimdan tashqari (ya'ni, SI tizimiga kirmaydigan) birligi. Belgilanishi «kal» (xalqaro «cal»). U 1 gramm suvni 1 °С ga isitish uchun sarflanadigan energiya miqdori sifatida ta'riflanadi.

«Kaloriya» termini fransuzcha calorie so'zidan olingan bo'lib, o'z navbatida, u ham lotincha calor so'zidan kelib chiqqan. Bu so'zing ma'nosi bizdagi «issiqlik» degan so'zga to'g'ri keladi.

Hozirda jahon amaliyotida kaloriya birligining bir-biridan oz-moz farq qiladigan uch xili qo'llanilmoqda. Lekin, Jahon metrologiya qonunchiligi tashkiloti tomonidan, ushbu birliklarning birortasi qo'llash uchun tavsiya etilmagan va buning o'rniga SI dagi muqobil issiqlik miqdori birligi - jouldan foydalanish kerakligi ta'kidlangan.

Yangilаndi: 25.09.2026 08:55
 


Maqolaning 46 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Massaning saqlanish qonuni


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135264

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov