Spektral tahlil
Quyosh nuri prizma orqali o'tkazilganida, uning ortidagi ekranda spektr paydo bo'ladi. Olimlarning bu hodisaning mohiyatini anglashga va unga ko'nikishga ikki yuz yilga yaqin vaqt ketdi. Agar sinchkovlik bilan qaralmasa, spektrning alohida qismlari o'rtasida aniq chegarani ko'rib bo'lmaydi: qizil asta sekinlik bilan zarg'aldoqqa, zarg'aldoq esa sariqqa o'tib boradi va ho kazo.
Spektrga birinchilardan bo'lib sinchkovlik bilan nazar solgan inson - ingliz hakimi kimyogari Uilyam Xayd Vollaston (1766-1828) bo'ldi. Vollaston quyosh spektridagi bir necha oraliqlarda, ko'zga ko'rinmaydigan tartibda kesib o'tuvchi noma'lum xira chegara chiziqlarini kuzatdi. Lekin u bu hodisaga unchalik ahamiyat bermadi. Vollaston spektrdagi xira chiziqlarni prizmaning o'ziga xosligi (masalan nuqsoni) yoki nur manbaga bo'layotgan biror tashqi ta'sir, yoki yana biror boshqa juz'iy sababdan deb o'yladi. Uni faqat mazkur chiziqlar rangdor yo'laklarni bir-biridan yaqqol ajratib turganligi qiziqtirgan. Vollaston unchalik katta ahamiyat bermagan bu noma'lum chiziqlarni haqiqiy ma'noda chuqur ilmiy tahlil qilib o'rganib chiqqan olim Olmoniyalik Yozef Fraungofer (1787-1826) bo'ldi. Uning sharafiga bu chiziqlar fanda Fraungofer chiziqlari deb yuritila boshladi va ajoyib tadqiqotchining nomini tarixda abadiylashtirdi.







XIX-asrda amalga oshirilgan ko'plab ajoyib ixtirolar ichida shubhasiz fotografiya ham eng asosiylaridan biri hisoblanadi. O'sha paytda odamlarni "lahzani to'xtatish" degan nom bilan hayratga solgan ushbu ixtiro, haqiqatan ham tarixdagi eng buyuk ixtirolar sirasiga kiradi.
Sofya Kovalevskaya (1850-1891)