Geya gipotezasi
Yer - yaxlit tirik organizm o'laroq namoyon bo'ladi
Geya - yunon ma'budasining ismi bo'lib, u Borliqni xaosdan xalos qilib tartib va muvozanatga keltirgan emish. Geya gipotezasini Angliyalik fizik Jeyms Lavlok ilgari surgan bo'lib, u 1960-yillarda NASAda ishlagan va ushbu g'alati g'oyani ham o'sha yillarda o'ylab topgan. 60-yillarda odamzot kosmosni o'zlashtirishni endi-endi boshlagan edi va ko'pchilik, tez orada Quyosh sistemasida hayot alomatlarining aniqlanishini kutayotgandi. Shunday bir sharoitda, Lavlok Yer atmosferasi va boshqa sayyoralarning atmosferasini o'zaro taqqoslab ko'rib, hayot nishonasi yo'q bo'lgan boshqa hamma sayyoralardan farqli o'laroq, bizning Yerimizning o'zi go'yoki ulkan yaxlit tirik organizm ekani haqidagi fikrlarni o'rtaga tashlay boshladi. O'shanda u "Yer - shunchaki yashash joyimiz emas. U tirik organizmdir va biz uning bir qismimiz" degandi.







Nobel-2019. Fiziologiya va Tibbiyot yo'nalishidagi bu yilgi Nobel egalari e'lon qilindi
Mazkur kitob o'tgan asrning 70-90 yillarida oily o'quv yurtlariga kirish imtihonlari uchun matematikadan yozma va og'zaki misol va masalalar to'plamidan iborat qo'llanma sifatida chop etilgan. Katta avlod vakillari bu kitobning ahamiyati va qadrini juda yaxshi bilishadi. Nisbatan nashr eskirgan bo'lsa-da, ammo uning ahamiyati va dolzarbligi hech qachon yo'qolmagan. Aksincha fanda o'ziga xos mavqe'ga ega bo'lgan mumtoz qo'llanma darajasida bugungi kunda ham o'z qadriga ega hisoblanadi. Kitobda Matematikaning barcha yo'nalishlari - arifmetika, algebra, trigonometriya, progressiyalar, birlashmalar nazariyasi, Nyuton binomi, algebraik tenglama va tengsizliklar, logarifmlar, matematik analiz, planimetriya, streometriya, bo'limlari bo'yicha, har bir bo'lim uchun A va B guruhlarga bo'lingan holda 100-150 dan misol yoki masalalar keltirilgan. Kitobda jami bo'lib matematikaning turli yo'nalishlari bo'yicha 3000 ga yaqin turli qiyinlik darajasiga ega misol va masalalr mavjud. Mazkur kitob matematika yo'nalishida imtihonlar topshiruvchi abiturientlarga uzoq yillar benazir va beqiyos manba bo'lib ximat qilgan, hozirgi kunda ham kollej va maktab o'quvchilariga mazkur kitobdagi masala va misollarni yechish orqali o'z bilimlarini mustaxkamlash, zehnlarini sayqallashlarini tavsiya etamiz.
