Intermetallidlar
Intermetallidlar - hali unchalik yaxshi o'rganilmagan, lekin, ajoyib xossalarga ega noyob birikmalardir. Nomidan ham ko'rinib turibdiki, intermetallidlar - metallarning birikmalari bo'ladi.
Bu tushunchaning turli xil tariflari keltirilgan. Lekin, nisbatan tushunarliroq va sodda ta'rifni XX-asrning 60-yillarida nemis kimyogari Shults tomonidan keltirilgan edi. U quyidagicha ifodalanadi: Intermetallid deb, kamida ikkita metalldan tashkil topgan va shuningdek, yana biror metalloidga ham ega bo'lishi mumkin bo'lgan kimyoviy birikmalardir. Intermetallid birikma kimyoviy jihatdan kristall strukturaga ega bo'lishi lozim; lekin, uning kristall strukturasi tuzilishi, intermetallid tarkibidagi metallarning kristall strukturasidan farq qiladi.
Yangilаndi: 06.02.2025 10:12
|
Xoll effekti
1879-yilda amerikalik fizik Edvin Xoll qiziq bir fizik tajriba o'tkazdi. U yupqa to'rtburchak oltin plastinani kuchli magnit maydoniga, ushbu magnit maydoni tekisligiga perpendikulyar tarzda joylashtirdi. Keling, x va x′ o'sha tilla to'rtburchakning ikkita qarama-qarshi tomonini ifodalasin; y va y' esa qolgan yana ikkita qarama-qarshi tomoni bo'lsin. Olim tilla to'rtburchakning x va x′ tomonlariga batareykaning qutblarini uladi va tok x yo'nalishda oqishni boshladi. Shunda Xoll hayrat bilan shuni kuzatdiki, y va y′ tomonlar orasida ham muayyan elektr kuchlanishi yuzaga keldi. Ushbu kuchlanish esa, tokning zichligi va magnit maydoni qiymati Bz ning ko'paytmasiga proporsional ekan. Ko'p yillar mobaynida, Xoll effektidan amaliy foydalanish sohasini topish qiyin bo'ldi. Chunki, bunda hosil bo'layotgan kuchlanish qiymati juda past edi. Lekin, ushbu effekt, XX-asrning ikkinchi yarmida butun dunyo bo'ylab son-sanoqsiz sondagi ilmiy tadqiqotlar va tajriba-sinov ishlanmalarida anchayin foydali manba sifatida qo'llanildi. Aytish joizki, Xoll tomonidan bunday past kuchlanishni kashf qilishi, elektron kashf qilinishidan naq 18-yil avvalroq sodir bo'lgan edi.
Yangilаndi: 14.02.2025 08:22
Neon
Neon - kimyoviy elementlar davriy jadvalining ikkinchi davr, 18-guruh elementi. Formulasi Ne. Atom raqami 10.
Koinotda tarqalganligi bo'yicha, vodorod, geliy, kislorod va uglerod elementlaridan keyingi, beshinchi o'rinda turadi. Oddiy modda sifatidagi neon bir atomli, hidsiz va rangsiz gaz ko'rinishida bo'ladi.
Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.
Neonni 1898-yilda ingliz kimyogarlari Uilyam Ramzay va Moris Travers kashf qilishgan. Ular havo tarkibidan kislorod, azot va boshqa nisbatan og'irroq elementlar chiqarib yuborilgandan keyingi qolgan moddalarni o'rganish yo'li bilan neonni ajratib olishgan. Element nomi yunon tilida «yangi» degan ma'noni bildiradigan so'zdan olingan. Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu nomni, Uilyam Ramzayning 13 yoshli o'smir o'g'li taklif qilgan emish.
Yangilаndi: 10.02.2025 07:49
|
Oy toshlari
Yerdan turib ham qurollanmagan ko'z bilan sirtini kuzatish mumkin bo'lgan yagona osmon jismi - Oy bo'ladi. Oyni o'rganish bo'yicha zamonaviy tadqiqotlar butun boshli mustaqil fan - selenologiyani shakllantirgan. Oyga uyishtirilgan kosmik parvozlar esa uning sirtiga oid jinslarni, ayniqsa, Oy toshlarini o'rganish imkonini berdi. Oy toshlarining oxirgi partiyasi Yerga 1976-yilda keltirilgan edi.
Oy bizga faqat bir tarafi bilan qarab turadi. Lekin bu Oy umuman harakatsiz degan noto'g'ri taassurot uyg'otmasligi lozim. Oy ham o'z o'qi atrofida aylanadi. Lekin, uning o'z o'qi atrofida aylanish jarayoni juda olis uzoq o'tmishda uning Yer atrofida aylanish jarayoni bilan sinxronlashib, uyg'un monandlikka kelgan. Yani, Oyning o'z o'qi atrofida aylanish davri uning Yer atrofini aylanib chiqish davriyligi bilan tenglashib qolgan va shu sababli, har ikkala jism muttasil aylanishda bo'lgani bilan, baribir biz Oyning faqat bir tarafini ko'ramiz.
Yangilаndi: 14.02.2025 10:42
Plimpton 322

"Plimpton 322" bu - qadimgi Bobil madaniyatiga taalluqli bo'lgan sirli bir sopol bo'lagining nomidir. Unda 4 ta qator va 15 ustundan iborat jadvalga o'yib yozilgan sonlar aks ettirilgan. Uni ayrim matematiklar jahondagi eng mashhur va muhim artefaktlardan biri deb baholaydilar. Jadvalda a2+b2=c2 shartga mos keladigan butun sonlar ketma-ketligi, ya'ni, Pifagor sonlarining ro'yxati berilgan bo'lib, tahlillarga ko'ra, mazkur sopol bo'lagi taxminan eramizdan avvalgi 1800-yillarga tegishli bo'lishi mumkin ekan. Dastlabki uchta ustunda 3,4,5 singari Pifagor sonlari keltirilgan bo'lib, to'rtinchi ustun esa shunchaki satr raqamini ifodalaydi. Mazkur jadvalni qadimgi Bobilliklar nima maqsadda ishlatishgani ma'lum emas. Lekin, ba'zi tarixchilar, uning algebraik yoki trigonometrik masalalarni yechishda qo'llanilgan tayyor yechimlar ro'yxati sifatida ishlatilgan bo'lsa kerak deb taxmin qilishadi.
Yangilаndi: 03.02.2025 09:13
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
|
Maqolaning 43 sahifasi, jami 110 sаhifа |