Kimyoviy elementlarning Yer qobig'idagi ulushi
Yer po'sti, yoki, boshqacha aytganda, Yer qobig'ining qalinligi 60 km atrofida deb baholanadi. Insonning Yer, tuproq, qazilma konlari kabilar bilan bog'liq faoliyatining asosiy qismi aynan shu qatlamda kechadi.
Qobiq o'z qanday elementlardan tashkil topgan?
Agar siz erinmasdan, Yer yuzi bo'ylab ilmiy ekspeditsiyaga chiqib, Yer sirtining har yer-har yeridan har biri 1 grammdan bo'lgan 1000000 (million) xil namuna olsangiz, ona sayyoramiz po'stlog'ining 1 tonnalik namunasini yiqqan bo'lasiz. Ekspeditsiyangiz so'ngida, yiqqan namunalaringizni umumlashtirib, uni kimyoviy laboratoriyada tahlil qilib ko'rsangiz, Yer qobig'ining o'rtacha kimyoviy tarkibini aniqlashingiz mumkin.






Odam tanasidagi turli tovushlarni - o'pkada nafas kirib-chiqishi, yoki, yurak qorinchalarida qon harakatlanishi tovushini eshitish orqali tashxis qo'yish tibbiyotda ancha qadimgi usullardan biridir. Lekin avvallari vrachlar tanadagi tovushlarga ko'ra tashxis qo'yish uchun bemor tanasiga quloqlarini bosib eshitishlari kerak bo'lardi. Bu birinchida gigienik nuqtai nazardan yoqimsiz bo'lsa, qolaversa, ma'naviy-axloqiy qoidalarga ham biroz raxna solardi. Axir doktorlar odatda erkak kishilar bo'lishgan va bu ayol bemorlar tanasini eshitib ko'rishda yumshoq qilib aytganda "noqulayliklar"ga sabab bo'lgan. Qolaversa, bevosita quloqning o'zi orqali to'g'ridan-to'g'ri eshitib qo'yilgan tashxislar har doim ham aniq bo'lmagan. Chunki bunda tashqi shovqinlardan, xalaqitlardan himoyalanish deyarli imkonsiz bo'lgan. Vaziyat XIX-asrning 10-yillarigacha shunday davom etdi. Vrachlar bemor tanasini eshitish uchun qandaydir mukammalroq va gigienik xavfsiz vositaga muhtoj edilar.
Matematika tarixida notrivial algebraik egri chiziqning yoy uzunligini aniqlagan ilk olim Angliyalik Uilyam Neyl (1637-1670) bo'ladi. Uilyam Neyl 1657-yilda yarim kubik parabola deb nomlanadigan va y2=ax3 tenglama orqali ifodalanadigan egri chiziq uchun yoy uzunligini hisoblashning uddasidan chiqdi. Agar tenglamani y=±bx3/2 tarzida shakl almashtirishga keltirilsa, nima sababdan egri chiziqni yarim kubik deb nomlanishi oydinlashadi va 



