
Politexnika lug'ati
Ushbu ensiklopedik shakldagi politexnika lug‘atida texnikaning turli sohalariga, shuningdek, ba'zi tabiiy fanlarga (matematika, fizika, kimyo va boshqalar) oid tushuncha yoki terminlarning ta'iflari (definitsiya), ularga tushuntirishlar, zarur holatlarda esa etimologik ma'lumot, jarayon, mexanizm, asbob, apparat, material, qonun, qoida va boshqalarining vazifasi, ularning qo‘llanish sohalari haqida qisqacha sharh berib o‘tilgan. Lug‘atdan asosiy maqsad kichik hajmdagi maqolalar yordamida keng kitobxonlar ommasining shu masaladagi ehtiyojlarini ma'lum darajada qondirishdir.
Lug‘atda asosan fan va texnikada amalda keng qo‘llaniladigan 4000 dan ortiq tushuncha va termin, shu jumladan, mahalliy materiallar, chunonchi, paxtachilikka oid muhim maqolalar kiritilgan. Lug‘atda 600 dan ortiq terminga rasm va chizmalar berilgan. Tushuncha va terminlarning o‘zbekcha muqobilini berishda o‘zbek tilida nashr etilgan tabiiy fanlarga oid adabiyotlardan foydalanilgan. Ba'zi terminlarning ruscha muqobili qavs ichida keltirilgan.
Yangilаndi: 04.01.2019 13:16
|
Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni
Hozirgi zamon fizikasida termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni, ikkinchi tur abadiy dvigatelning, ya'ni issiqlikni butunlay ishga aylantirib, davriy ishlaydigan dvigatelning yasash imkonsizligini uqtiradi. Keling, ushbu qonunning ochilishi tarixi va u tufayli insoniyat erishgan boshqa ilmiy-texnik yutuqlar haqida gaplashamiz.
Ingliz Gemfri Devid (1788-1829) 23 yoshidayoq ko'plab ilmiy va ijtimoiy mukofotlar, hamda, professor darajasiga ega bo'ldi. Undan tashqari uni qirollikning eng oliy e'tiroflaridan bir - "ser" unvoni bilan sharaflashdi va London qirollik ilmiy jamiyatining prezidenti etib saylandi. o'zining qisqa umri davomida ko'plab muvaffaqiyatli tadqiqot va tajribalar o'tkazdi. XIX-asr boshlarida Devi noldan past haroratda muzni eritishga muvaffaq bo'ladi. Keyinroq uning tajribalarini rus olimi Petrov takrorladi. Harbiy amaliyotchi Benjamin Tompson (1753-1814) AQSH mustaqilligi uchun bo'lgan urushdan qaytib, Bavariyada graf Rumford unvoni bilan taqdirlandi. U 1798-yili zambarak quvurlarini tayyorlash bo'yicha o'zining' tajribalari bayon qilingan risolani chop ettirdi. Uning tajribalarida, slindr shaklida quyilgan metallni o'rtasini burg'ulab, zambarak quvuri tayyorlash usullari keltirilgan edi. Uning tajribalaridan birida, zambarak quvuri tayyorlash jarayonida, metallni burg'ulayotganida, burg'uning aylanishlari soni daqiqasiga 960 martaga yetganida, slindr harorati 37 °C ga yetgani yozilgan. Mazkur qayd bilan tanishgan Gemfri Devi, fanda hukm surib kelayotgan teplorod haqidagi tushuncha Rumfordning ham, o'zining ham tajribalariga mos kelmasligini fahmladi. Devi, issiqlik paydo bo'lishi hodisasini tushuntirish, uchun o'z nazariyasini taklif etdi. Unga ko'ra, issiqlik bu - jismni tashkil qiluvchi moddalarning tebranma harakati natijasida paydo bo'lib, Devining fikriga ko'ra, gazlar va suyuqliklar uchun zarrachalarning harakati nafaqat tebranma, balki aylanma yo'nalishda ham bo'lishi kerak edi. Devining bu nazariyasi kinetik issiqlik nazariyasi nomini oldi. Shunga o'xshash nazariyani Gustav Yung ham ilgari surgan.
Yangilаndi: 29.01.2025 09:05
Elektroliz
Elektroliz - eritmalar yoki elektrolit eritmasi orqali elektr toki o'tganda elektrodlarda sodir bo'ladigan fizik-kimyoviy jarayonlar shu nom ostida birlashadi. Musbat va manfiy elektrodlarda bo'ladigan jarayonlar mexanizmi turlichadir. Anodda ionlar atom yoki molekulalar elektronlarini bergani uchun unda elektrokimyoviy oksidlanish reaksiyasi sodir bo'ladi. Aksincha, katoddagi turli zarralarga elektronlar kelib qo'shiladi va bu yerda sodir bo'ladigan reaksiyalar, elektrokimyoviy tiklanish reaksiyalari bo'ladi.
Elektroliz 1833-1834 yillarda ingliz olimi Maykl Faradey ochgan qonunlarga bo'ysunadi.
Faradeyning birinchi qonuni shunday ta'riflanadi: elektrodda ajralib chiqadigan modda miqdori M elektrolitdan o'tgan elektr zaryadi miqdoiri q ga to'g'ri proporsional: M=kq.
Proporsional koeffitsienti k son jihatdan elektrolitdan elektr zaryadi birligi o'tganda ajralib chiqadigan modda massasiga teng va unga moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti deyiladi. Elektrolitdan t vaqt oralig'ida I o'zgarmas tok o'tganda q=I·t va M=k·I·t bo'ladi.
Yangilаndi: 14.02.2025 08:23
|
Zivert
Zivert - Xalqaro Birliklar Tizimidagi SI dagi effektiv va ekvivalent ionlanuvchi nurlanish dozasining o'lchov birligi. 1979-yildan e'tiboran fanga joriy etilgan. Birlik, ionlanuvchi nurlanishlarning (radiatsiya) inson salomatligiga ta'sirini o'rganishda katta mehnatlari singgan mashhur shved olimi Rolf Zivert sharafiga shunday atalgan. SI dagi birliklarning nomlarini yozish imlo qoidalariga muvofiq, olim sharafiga atalgan birlikning nomi, so'z boshida kelgan o'rinlardan tashqari, so'z o'rtasi va oxirida, kichik harflar bilan "zivert" tarzida yoziladi. Uning belgisi esa, matn davomidagi har qanday o'rinda katta harflar bilan "Zv" tarzida yoziladi.
Zivertning ta'rifi quyidagicha:
Yangilаndi: 31.01.2025 09:02
Sun'iy intellekt: fikrlaydigan mashinalar, ongli robotlar haqida
(yoxud, robotlar Frankenshteynga aylanmasligiga kafolat bormi?)
Intellekt tushunchasi ta'rif uchun bag'oyat qiyin tushunchalar sirasiga kiradi. Uzoq asrlar davomida insoniyatning eng zehni o'tkir ilm peshvolari intellektning aynan nima ekanligi haqida muttasil ilmiy-falsafiy munozaralar yuritib kelishgan. Lekin bundayin ilmiy bahslar qanchalik darajada keskin yoki murakkab bo'lmasin, ularda o'ziga xos mutlaq yakdillik bor edi: intellekt - insongagina xos bo'lgan oliy tushuncha o'laroq qaralardi. Basharti, biror adabiy yoki fantastik asarda insondan o'zga mavjudod yoki narsaning ong va tafakkur sohibi bo'lishi, qisqacha aytganda - intellektga egaligi haqida gap borsa hamki, bu o'z nomi bilan badiiy to'qima yoki, fantastik uydirmadan nariga o'tmagan. Suqrotdan boshlab, Eynshteyngacha bo'lgan davrlarda hatto eng yuksak zakovatli olimlarda ham intellektning sun'iy bo'lishi mumkinligi haqida jo'yali jiddiy ilmiy fikrning o'zi bo'lgan emas...
Biroq, XX-asrning dastlabki choragidan boshlab vaziyat butunlay o'zgardi. Aniqrog'i, insoniyat o'z xizmati uchun elektron hisoblash mashinalari - kompyuterlarni joriy qila boshlar ekan, intellekt masalasidagi bahslar ham yangi o'zanga burildi. Insoniyat o'z qo'li bilan yaratilgan intellektual mashinalar - kompyuterlar, robotlar va boshqa shunga o'xshash mexanik-elektronik tizimlar tomonidan muayyan intellektual salohiyat taqozo etuvchi masalalarni mustaqil hal etishi, o'zi qaror qabul qilishi va vaziyatga qarab o'z hatti-harakatlarini muvofiqlashtira olishi mumkinligi kabi intellektual "hislatlari" bilan yuzma-yuz keldi. O'shanda ilk bora intellektning yasama shakli, ya'ni - sun'iy intellekt haqidagi bahslar o'rtaga chiqqan edi. Keling, ushbu maqolada biz ham yana bir bora o'sha muhim va qiziq masalaga - sun'iy intellekt masalasiga murojaat etib ko'ramiz.
Yangilаndi: 08.10.2026 15:24
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
|
Maqolaning 41 sahifasi, jami 110 sаhifа |