Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Erg

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

Erg

Erg birligi SGS birliklar tizimida ish va energiya birligi hisoblanadi. O'zbekcha xalqaro belgilanishlari bir xil - erg ko'rinishida belgilanadi. SI tizimiga kirmaydi.

Ta'rifi: 1 erg - 1 dina kuch sarflash orqali jismni 1 sm masofaga siljitishda bajarilgan ish miqdoriga teng bo'ladi:

Yangilаndi: 20.01.2025 16:08
 

Aldamchi kimyo

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Aldamchi kimyo

Kimyo fanida ba'zan qiziq va murakkab, uzundan-uzoq atamalar, terminlar va nomlar uchrab turadi. O'zi aniq fan bo'lgani uchun, biz kimyoga oid terminlar ham doim aniq va lo'nda bo'lishi kerak degan qarashga egamiz. Lekin, ushbu fanga oid shunday g'alati, ta'bir joiz bo'lsa, «aldamchi» terminlar ham mavjud bo'lib, ularga duch kelganda, nafaqat fandan yiroq bo'lgan diletantlar, balki, soha mutaxassislarining o'zlari ham yanglishib, adashib qolishlari hech gap emas. Shu sababli ham, bunday terminlar va nomlarni «aldamchilar» deyilsa, aslo mubolag'a bo'lmaydi.

Yangilаndi: 20.01.2025 16:43
 

Mendeleyeviy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 25
Juda yomon!A'lo! 

Mendeleyeviy

Menedeleyeviy - yettinchi davrning uchinchi guruhiga mansub element. Atom raqami 101. Formulasi Md. Aktinoidlar oilasiga mansub.

Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.

Mendeleyeviyning dastlabki atomlarini 1955-yilda olimlar Albert Giorso, Bernard Xarvi, Gregori Choppin, Stenli Tompson va Glen Siborg tomonidan Berkli laboratoriyasida 253Es izotopi yadrosini α±-zarralar bilan nurlatish yo'li bilan sintez qilingan. O'shanda AQShlik ushbu ilmiy guruh mendeleyeviyning atigi 17 dona atomini hosil qilishga muvaffaq bo'lgan edi. Keyinroq, 1962-yilda Dubna yadroviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan 238U izotopini nurlatish usuli bilan mendeleyeviyning yuzga yaqin atomi hosil qilingan. Elementga uni kashf qilgan AQSh olimlari tomonidan, davriy jadvalning muallifi Dmitriy Ivanovich Mendeleyevning nomi berilgan.

Yangilаndi: 20.01.2025 09:41
 

Noyob Yer gipotezasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Noyob Yer gipotezasi

Biz Koinotdagi yagona ongli hayot vakili bo'lsak kerak...

Yerdagi hayot bir necha muhim va nozik omillarning o'ta muvaffaqiyatli uyg'unligi, xuddi, favqulodda omadli baxtli tasodif singari moslik natijasida vujudga kelgan. Masalan, Oyning mavjudligi ham beqiyos o'ringa ega - deyiladi "Noyob Yer" gipotezasiga ko'ra.

Noyob Yer gipotezasiga qarama-qarshi gipoteza «xashaki Yer gipotezasi» deyiladi. Unga ko'ra, Yer Koinotdagi eng oddiy (xashaki) bir o'rtamiyona sayyora bo'lib, unga alohida maqom va tus berish kerak emas deyiladi. Ushbu ikki nazariyaning oltin o'rtaligini ko'zlovchi boshqa ilmiy dalillarning esa sanog'i yo'q. Demak, biz yoki o'ta noyob hayot shaklimiz va yoki, biz singari hayot shakli Koinot bo'ylab istalgancha topiladi va shu sababli, biz singari hayot shakli o'ta xashaki, oddiy hayot shakli xolos.

Yangilаndi: 20.01.2025 16:37
 

«Parker» kosmik zondi Quyosh toji orqali o'tdi

E-mail Chop etish PDF

«Parker» kosmik zondi Quyosh toji orqali o'tdi

Endi u inson qo'li bilan yaratilgan eng tezkor apparatg aylandi.

2024-yilning eng so'nggi kunlarida «Parker Solar Probe» kosmik zondi Quyosh tojiga yana bir bor sho'ng'ib chiqdi v bu orqali qator yangi rekordlarni ham o'rnatdi. U dastlab 2021-yild Quyoshga yetib borgan edi.

Aslida «Parker» 24-dekabr kuniyoq navbatdagi yaqinlashuv chog'ida Quyosh toji ichkarisiga kirib ketgandi. Lekin u keyingi bir nech sutka mobaynida signallarga javob bermadi v shu sababli ham, uning keyingi taqdiri shubha ostida qolayotgan edi. NASA muhandislari umidsizlikka tushmay, sabr bilan kutganliklari evaziga, 27-dekabr kuni Grinvich bo'yich soat tongi 5 da zond yana aloqaga chiqdi. Qayd etish joizki, bu safargi maksimal yaqinlashuv chog'ida «Parker» Quyoshdan atigi 6,1 mln masofada bo'lgan bo'lib, bu ko'rsatkich yulduzimizga eng yaqin sayyora bo'lmish Merkuriy orbitasidan deyarli 10 barobar yaqindir. Taqqoslash uchun eslatib o'tamizki, Yerimiz v Quyosh oralig'idagi masofa deyarli 150 million km ni tashkil qiladi. NASAdagilarning ta'kidlashicha, bu safargi yaqinlashuvni ham zond juda yaxshi o'tkazgan v unda hech qanday nosozliklar yuzaga kelmagan.

 

Yangilаndi: 20.01.2025 09:20
 


Maqolaning 5 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bog'liq bo'lmasa, u matematika, agar bog'liq bo'lsa u - buxgalteriya...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14134820

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!