Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Berilliy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Berilliy

Berilliy - atom raqami 4 bo'lgan, ikkinchi davrning ikkinchi guruhiga mansub element. Formulasi Be. Oddiy modda shaklidagi berilliy yorqin kulrangda bo'lib, o'rtacha qattiqlikdagi, kuchli toksik metall bo'ladi.

Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.

Berilliyni 1798-yilda fransuz kimyogari Lui Nikola Voklen (1763-1829) kashf qilgan. O'sha paytda, kashshofning o'zi ushbu elementga "glyutsiniy" deb nom bergan edi. "Berilliy" nomini esa keyinchalik, nemis kimyogari Martin Genrix Klaport (1743-1817) tomonidan berilgan va ommalashtirilgan. Uni sof holda ajratib olishni ilk bora 1828-yilda fransuz kimyogari Antuan Byussi (1794-1882) tomonidan uddalangan. Shuningdek, o'sha yilning o'zida, Byussidan mustaqil ravishda, nemis kimyogari Fridrix Vyoler (1800-1882) ham berilliyni sof holda ajratib olgan. Sof metall holidagi berilliyni esa birinchi marta 1898-yilda elektroliz usuli bilan, Pol Lebo ismli fransuz fizigi ajratib olgan.

Yangilаndi: 14.02.2025 08:26
 

Borromeo halqasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Borromeo halqasi

Borromeo halqasi bu - o'zaro kesishuvchi obyektlarning bir vaqtning o'zida ham sodda va ham qiziq to'plami bo'lib, u matematiklar va kimyogarlar uchun ahamiyatli qiziq obyektdir. Bu nomning o'zi Uyg'onish davrida Italiyada katta obro'ga ega bo'lgan nufuzli xonadon sharafiga nomlangan bo'lib, Borromeolar shajarasi ramzida aynan shunday uchta o'zaro kesishuvchi halqa tasvirlangan bo'lgan.

Borromeo halqasining qiziq jihati shundaki, uning hech qaysi biri juft halqa bilan (ya'ni, har ikki tomondan) ulangan emas va shu sababli, uchta halqadan istalgan birini yechilsa, qolgan ikkitasi ham albatta chiqib ketadi. Tarixchilarning fikricha, uch halqadan iborat mazkur naqshdagi halqalarning har biri uchta shajarani - Viskonti, Sforza, hamda, Borromeolar shajarasining ramzlari bo'lgan. Bu oilalar o'zaro qiz olib qiz berish orqali, qarindosh-urug'chilikni yo'lga qo'ygan va o'zaro ittifoq tuzgan bo'lgan. Shunga o'xshash halqalardan tuzilgan naqshni shuningdek Florensiyadagi San-Pankratso cherkovi devoridagi 1467-yilga oid tasvirlarda ham uchratish mumkin. Undan tashqari, bu naqshning yanada qadimiyroq nusxasini vikinglardan qolgan 834-yilga oid yodgorlikdan ham topilgan.

Yangilаndi: 05.02.2025 11:37
 

Glikoliz va nafas

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Glikoliz va nafas

Jonivorlar va boshqa organizmlar metabolizmi asosida, uglevodlarda jamlangan energiyani ajratib olishga qaratilgan kimyoviy jarayonlar yotadi

Fotosintez jarayonida, Quyosh energiyasi uglevod molekulalarining kimyoviy bog'larida zaxiralanadi va bunday molekulalar ichida eng muhim ahamiyatlisi bu olti uglerodli shakar - glyukozadir. Boshqa organizmlar ushbu molekulalarni ozuqa sifatida iste'mol qilganidan so'ng, undagi zaxiralangan energiya ajralib chiqadi va metabolizm uchun yo'naltiriladi. Bu glikoliz va nafas olish jarayonida ro'y beradi. Undagi kimyoviy jarayonlarni qisqacha quyidagicha bayon qilish mumkin:

Glyukoza + kislorod → karbonat angidrid + suv + energiya

Osonroq tushunish uchun, shunday tasavvur qilish mumkinki, organizm energiya olish uchun, uglevodlarni "yoqadi".

Yangilаndi: 28.01.2025 10:23
 

Nobel-2019. Fizika sohasida Nobel mukofoti egalarining ilmiy ishlari haqida batafsil

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Nobel-2019. Fizika sohasida Nobel mukofoti egalarining ilmiy ishlari haqida batafsil

Avval xabar berganimizdek, bugun Stokgolmda Shvetsiya Qirollik Akademiyasi tomonidan, joriy yilgi fizika bo'yicha Nobel mukofoti egalari e'lon qilindi. Unga ko'ra, "Koinotning tadrijiy evolyutsiyasi va Yerning Koinotdagi o'rnini tushuntirib bergani uchun" ta'rifi bilan, AQShning Prinston universiteti professori Jeyms Piblsga teng yarim ulush bilan, hamda, "fizik kosmologiya sohasidagi nazariy kashfiyotlari uchun ta'rifi" bilan Jeneva universiteti olimi Mishel Mayorga chorak ulush bilan, hamda, "Quyosh turidagi yulduz atrofida aylanayotgan ekzosayyorani kashf qilgani uchun" ta'rifi bilan Kembrij universiteti professori Didye Kelozga chorak ulushdan taqsimlab beriladigan bo'ldi (u shuningdek, Jeneva universiteti professori hamdir va Mishel Mayor bilan birga ishlaydi).

Yangilаndi: 17.02.2025 07:50
 

Andreas Vezaliy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Andreas Vezaliy

(1514-1564)

Andreas Vezaliyni haqli ravishda zamonaviy anatomiyaning otasi va anatomiya maktabining asoschisi sifatida hurmat bilan yodga olishadi. U shuningdek hakim sifatida ham o'z zamonasida yuksak natijalarga erishgan.

Andreas Vezaliy 1541-yilda Bryusselda, oilaviy, avloddan avlodga o'tib kelayotgan vrachlar sulolasida dunyoga keldi. Uning bobosi va bobosining otasi ham vrach bo'lishgan. Vezaliyning o'z otasi esa, imperator Karl V ning saroyida, dorixona amaliyoti bilan shug'ullangan. Vezaliy avval oddiy maktabda, keyinroq Lyuven shahri universitetida ta'lim oldi. Universitetda u yunon hamda lotin tillarini mukammal o'rganib, yoshlik yillaridayoq, sharq va g'arbning buyuk olimlarning mazkur tillarda yozgan asarlarining asliyatlari bilan tanishishga erishdi. Vezaliy, qamoqda vafot etgan mahkumning ustuxonidan odam skletining namunasini yasab, u asosida yevropadagi eng birinchi anatomik qo'llanmani yozdi. Andreas Vezaliyni tibbiyot sohasida ayniqsa odam anatomiyasini o'rganish jiddiy qiziqtirgan. U har qanday bo'sh vaqtdan, turli hayvonlar, it, mushuk, sichqon kabilarning tana tuzilishini o'rganishga sarflovchi mashg'ulot topardi.  O'z bilimlarini mukammallashtirishga intilar ekan, Andreas Vezaliy 17 yoshida Monpelye universitetiga yo'l oldi. 1533-yilda esa u mashhur anatomiya olimi Yakob Silviyning ma'ruzalarini tinglash uchun, Parij universitetining tibbiyot fakultetida paydo bo'ldi. Yosh Vezaliy, o'sha vaqtdayoq, universitetlardagi anatomiya o'qitilishi usullariga tanqidiy yondoshib, undagi kamchilik va nuqsonlarni qayd etib borgan. Masalan u anatomiya darslarida amaliy ishlarning yo'qligi, yorib ko'rishlar (buni aksariyat hollarda cherkov ta'qib ostiga olardi) bajarilmasligi haqida taassuf keltirgan. U o'zining «Odam tanasi tuzilishi» nomli risolasining kirish so'zida bu haqida shunday yozadi: «Mening mashg'ulotlarim hech qachon muvaffaqiyat keltirmagan bo'lardi... agar, Parijdagi tibbiy amaliyotlarim vaqtida bu ishga o'z qo'limni urmaganimda va ... o'zim bur necha marta, shaxsiy tajribalarimni ommaviy ko'rsatish uchun, mustaqil ravishda yorib ko'rishlarni bajarmaganimda...»

Yangilаndi: 18.09.2026 11:24
 


Maqolaning 40 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Agar qizil qalpoqcha,
bo'ridan yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda qochsa,
u infraqizil qalpoqchaga aylanadi...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135118

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis