Kim qancha tosh bosadi? yoxud, biomassa haqida...
Odamzot o'zini Yer sayyorasining egasi deb o'ylaydi. Ko'pchilikning g'aliz tushunchasiga ko'ra, biz - Yerdagi eng asosiy mavjudotmiz. Bir qarashda bu mutlaqo to'g'ri va yaqqol haqiqatdek ko'rinadi: qayoqqa qaramang, har tarafda inson omili, uning faoliyati ta'sirini ko'rish va kuzatish mumkin. Lekin, vaziyatga xolis baho beradigan bo'lsak, biz Yerda unchalik ham asosiy mavjudot emasmiz...
Ayniqsa, biz Yerdagi biomassa nuqtai nazaridan qaralganda, hech vaqo emasmiz. Biomassa deganda - Yerda yashayotgan barcha-barcha tirik organizmlarning umumiy massasi nazarda tutiladi. Yer biomassasini aniq raqamlar bilan hisoblab chiqish juda mushkul. Lekin, dag'al yaxlitlash orqali hisoblangan ma'lumotlarga ko'ra, bakteriyalarni inobatga olmaganda, bugungi kunda Yerda 1,7 trillion tonna tirik biomassa mavjud. Ushbu biomassaning hayratlanarli darajada katta ulishi o'simlik dunyosi hissasiga to'g'ri keladi. o'simliklar, Yerdagi tirik organizmlarning 99% qismini tashkil qiladi. Qolgan barcha tirik mavjudotlar - hayvonlar, baliqlar, hashoratlar va ho kazolar jumlasidan odamzot ham qo'shib hisoblaganda, biomassaning atiga 1% qismini tashkil etadi xolos!
Yangilаndi: 08.10.2026 15:29
|
HAARP loyihasi

Agar "Insoniyatga qarshi fitna", "Dunyoni boshqarish" singari uzun-quloq gap-so'zlarga ishonuvchilarga qolsa, HAARP loyihasi bu - AQSHning butun Yer yuzini egallashga bo'lgan militaristik urinishlari yo'lidagi navbatdagi o'ta maxfiy loyiha bo'lib, u shunchaki ilmiy tadqiqot loyihasi nomi bilan yashirinar EMISH! Ularning o'ylab chiqqan uydirmalariga ko'ra, HAARP orqali AQSH harbiylari ob-havoni boshqarishi va shu yo'l bilan, dunyoning istalgan joyida iqlim o'zgarishlarini keltirib chiqarishi mumkin Emish. Yana bir turkum kishilar esa, HAARPni raketaga qarshi mudofaa tizimi deb o'ylasa, yana boshqalari, butun dunyo bo'yicha amalga oshirilayotgan radiolokatsion va mobil, hamda, telealoqa signallarini tutuvchi josus uskuna deb ham gumon qiladilar. Xullas, HAARP, fizikadan unchalik ham xabari bo'lmagan, hamda, maxfiylikka oid mavzulardagi uzun-quloq gap-so'zlarga ishtiyoqmand kishilar uchun, g'iybat obyektlaridan biridir. Aslida-chi?
Yangilаndi: 31.01.2025 10:39
Tranzistor
Ming yillar o'tib, insoniyatning eng buyuk ixtirolari haqida kitob chiqarilsa, o'sha paytdagi avlodlar albatta 1947-yilning 16-dekabr sanasini "Axborot erasining boshlanishi" sifatida alohida qayd etishadi. Aynan shu kuni, Bell laboratoriyasi xodimlari - Jon Bardin (1908-1991) va Uolter Bratteyn (1902-1987) ikkita yuqori elektrodlarni, germaniy plastinkasi bilan ishlov berilgan va uchinchi, elektr kuchlanish manbaiga ulangan elektrodga joylashtirilgan maxsus plastinka bilan ulab, ajoyib bir mikroelektron detalni yaratishdi. Ushbu detalda, yuqori elektrodlardan biriga past kuchlanishli tok oqizilganda, ikkinchi yuqori elektrodda nisbatan kuchliroq tok paydo bo'lar edi. Shu tarzda haqiqatan ham axborotlashtirish erasini boshlab bergan eng muhim vositalardan biri - tranzistor ixtiro qilindi.
Yangilаndi: 23.01.2025 07:47
|
χ2 kriteriysi
Ba'zan olimlar shunday muammo bilan to'qnash kelishadi: nazariyani shakllantirish vaqtida hisob-kitob qilingan va kutilgan ehtimoliy natijalar, amaliy tajriba-kuzatuvlardagi qayd etilgan real holat bilan mos kelmaydi. Masalan, gardkam toshlarini ketma-ket tashlayvergan bilan, ehtimollar nazariyasidan kelib chiqqan hisob-kitoblardagi ehtimollik qayd etilmasligi mumkin. Ya'ni, tushayotgan toshlar bilan kutilgan natija orasidagi farq juda katta bo'lib ketadi. Bunda turli xil taxminlar ilgari surila boshlaydi. Masalan, kimdir, o'sha gardkam toshlarining nosimmetrik ekanini aytsa, yana boshqa odamning miyasiga, toshlarning og'irlik markazi noto'g'ri ekani haqidagi fikr keladi.
Yangilаndi: 29.01.2025 16:20
Amaliya (Emmi) Nyoter - matematikaning toj-taxtsiz qirolichasi
Zamonamizning saralangan eng yetuk matematiklarining fikricha, ayollar uchun oliy ma'lumot eshiklari ochilganidan buyon dunyoga kelganlar orasida Emmi Nyoter eng yuksak matematik ijodiy iste'dod sohibasi bo'lgan.
Albert Eynshteyn.
Eynshteyn haq edi. Emmi Nyoter (1882-1935) haqiqatan ham, hayratlanarli darajada o'ta iste'dodli ajoyib matematik olima bo'lgan. Eynshteyn Emmi Nyoter bilan Prinston Istiqbolli Tadqiqotlar Institutida birga ishlashni istagandi. Biroq, XX asr fizikasi dahosining bu niyati amalga oshmagan. Ular birgalikda, hamkasb bo'lib ishlashga muvaffaq bo'lishmadi. Bunga sabab, Emmi Nyoterning bevaqt o'limi bo'lgan edi.
Yangilаndi: 30.01.2025 08:57
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
|
Maqolaning 38 sahifasi, jami 110 sаhifа |