Do'stona sonlar uchun Sobit formulasi
Qadimgi yunon matematiklari va xususan, pifagorchilar "do'stona sonlar" haqidagi g'oyani mahkam tutgan edilar. Do'stona sonlar deganda, shunday sonlar juftligi tushuniladiki, ulardan har biri, ikkinchisining o'zidan boshqa barcha bo'luvchilarining yig'indisiga teng bo'ladi. Shunday do'stona sonlar juftligining eng kichigi bu 220 va 284 sonlari juftligidir. Chunki, 220 soni 1, 2, 4, 5, 10, 11, 20, 22, 44, 55 va 110 sonlariga qoldiqsiz bo'linadi (bu sonlar 220 sonining bo'luvchilari deyiladi). Ushbu bo'luvchilar yig'indisi esa, 284 chiqadi. Xuddi shuningdek, 284 sonining bo'luvchilari 1, 2, 4, 71 va 142 larning yig'indisi 220 ni beradi.
Yangilаndi: 07.02.2025 09:01
|
Immun tizimi
Immun tizimi bizning organizmimizga kirib olgan "yovlarni" payqab, bu haqidagi ma'lumotni maxsus hujayralarga uzatish va yov hujumini daf qilish vazifasini bajaradi.
Odamzotning va boshqa tirik organizmlarning yashash muhiti anchayin agressivdir. Turli viruslar va bakteriyalar qo'shini bizni har tarafdan qurshab olgan bo'lib, ular bizga hujum qilish uchun doimo qulay fursatni poylab yotadi. Shu sababli, bunday dushmanga qarshi kurashda bizning mudofaa tizimimiz - immun sistemasi ishga tushadi. Bu dushmanga qarshi kurashdagi mudofaa chizig'ining ayrim sarhadlari - sof anatomik mudofaa bo'lib, ular virus va bakteriyalarga qarshi jismoniy (fizik) to'siq qo'yadi va zararli mikroblar undan nariga o'tolmaydi. Masalan, teri va shilliq pardalar shunday vazifani bajaradi. Agar virus yoki bakteriya ushbu fizik to'siqdan ham oshib o'tib, organizmga kirishni uddalasa, unda, organizm unga qarshi yallig'lanish jarayoniga asoslangan qarshi hujumni ishga soladi va natijada, tananing zararlangan qismiga qon kelishi kuchayadi. Qon o'zi bilan leykotsitlarni olib keladi. Ular kapillyar tomirlar devorlari orqali o'tib, tanaga kirib olgan dushmanni mahv qiladi. Kesib olgan joyingiz atrofining qizarib qolishi organizmning aynan shu reaksiyasi tufayli yuzaga keladi.
Yangilаndi: 03.02.2025 09:17
Harorat shkalalari

Termometrik moddaga bog'liq bo'lmagan harorat shkalasi "Termodinamik harorat shkalasi" (ba'zan uni "Mutloq harorat shkalasi" yoki "Kelvin shkalasi" deb ham atashadi). Bu shkala ingliz fizigi
U. Tomson (Lord Kelvin) tomonidan XIX-asr o'rtalarida fanga tavsiya etilgan. Kelvin termodinamik harorat shkalasi bitta asosiy tayanch nuqtaga - suvning qattiq, suyuq va gaz fazalaridagi holatlarining termodinamik mutanosiblashgan nuqtasi - suvning uchlanma nuqtasiga asoslanadi. Termodinamik harorat - T belgisi bilan ifodalanadi. Termodinamik harorat birligi - Kelvin, K belgisi bilan ifodalanadi. Suvning uchlanma nuqtasining termodinamik harorati 273.16 K ga teng. 1 kelvin esa, suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 qismiga teng. Suvning uchlanma nuqtasi termodinamik harorati maxsus laboratoriyalarda, bug', muz va suyuq holatdagi suvni germetik ampulada termodinamik mutanosiblash yordamida amaliy tajribalarda aniqlanadi.
Yangilаndi: 29.01.2025 16:08
|
Elektromobillar erasida yordamga ummon keladi

Jahon energetika tarmog'ida qayta tiklanuvchan energiya manbalarining ulushi ortgani sayin, hamda, ichki yonuv dvigateliga asoslangan an'anaviy avtomobillar o'rnini elektromobillar egallashi asnosida, insoniyatning akkumulyatorlarga bo'lgan ehtiyoji yana va yana ortib boradi. Bizga yaxshi tanish bo'lgan akkumulyatorlar asosan metallar orqali kechadigan kimyoviy reaksiyalar evaziga ishlaydi va ushbu akkumulyatorlarni ishlab chiqarilishi uchun, qo'rg'oshin, marganets, kobalt va boshqa metallarning katta zaxiralari kerak bo'ladi. Prognozlarga qaraganda, faqatgina elektromobillar uchun kerak bo'lgan akkumulyatorlar bozori kelgusi 3 yil ichida har yili o'rtacha 24 foizdan o'sishi kutilmoqda va shu sababli, mutaxassislar akkumulyator ishlab chiqarish uchun zaruriy bo'lgan metallar bozorida tanqislik yuzaga kelishi ehtimolidan xavotirga tushib qolishgan.
Yangilаndi: 21.01.2025 07:47
Urban Leverye

Urban Jan Jozef Leverye (fransuzcha: Urbain Jean Joseph Le Verrier), 1811-yilning 11- mart kuni Sen-Lo shahrida tavallud topgan. Fransuz matematik va astronomi. Neptun sayyorasini kashf etgan olim.
Boshlang'ich ta'limni o'z shahrida olganidan so'ng, Kayenna Politexnika maktabiga o'qishga kirgan, biroq imtihonlardan topshirmasdan, o'qishni tashlab, keyinchalik boshqa o'quv yurti - Parijdagi Buyuk Lyudovik kolledjiga joylashgan. o'qishni matematikadan oltin medal bilan bitirgach, Stainlas kolledjida matematikadan dars bera boshlagan. 1837-yilda Parij Politexnika maktabiga astronomiya kafedrasiga ishga kirgan. Olim Aragoning taklifiga ko'ra esa, 1839-yilda Parij rasadxonasida faoliyat boshlagan. Aynan shu yili uning astronomiyaga oid dastlabki asari - "Sayyoralarning yo'llaridagi asriy o'zgarishlarning tadqiqi" nomli risolasi nashrdan chiqqan.
Yangilаndi: 31.01.2025 08:53
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
|
Maqolaning 36 sahifasi, jami 110 sаhifа |