Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Kulon

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Kulon

Kulon - o'zbekcha belgilanishi Kl, xalqaro belgilanishi C bo'lgan, SI xalqaro birliklar tizimidagi elektr zaryadi (elektr miqdori) hamda, elektr induksiyasi oqimi (elektr siljishi oqimi) fizik kattaliklarining o'lchov birligidir.

Ta'rifiga ko'ra, 1 kulon - 1 soniya vaqt ichida o'tkazgichning ko'ndalang kesimidan o'tadigan 1A tok kuchiga ega elektr miqdori (elektr zaryadi) deyiladi. Maktab o'quv darsliklaridagi soddaroq ta'rifiga ko'ra esa, 1 kulon zaryad miqdori bu - tok kuchi 1 A ga teng bo'lgan elektr tokining, o'tkazgichning ko'ndalang kesimi orqali 1 soniya ichida otgan zaryadi miqdoriga tengdir.

Formula orqali ifodalansa, 1 Kl = 1A·1s bo'ladi.

Yangilаndi: 06.02.2025 10:09
 

Yer aholisining ortishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Yer aholisining ortishi

Odamzot nasliga 1,6 milliard nafar kishiga yetishi uchun juda ko'p ming yillar zarur bo'ldi. Ushbu ko'rsatkichga biz faqat 1900-yilga kelibgina erishganmiz. Biroq, shundan keyingi o'sish jadalligi juda tezlashib ketdi va keyingi 60 yil ichida Yer aholisi jon boshi ikki karraga ko'paydi (1960-yilda 3,2 milliard). XX-asr so'ngiga kelib esa biz endi 6 milliardlik dovonni ham bosib o'tdik. Demak, 10 milliardlik dovon ham unchalik olisda emas, shundaymi? BMT mutasaddilarining hisob-kitoblariga ko'ra, Yer aholisi 2020-yilga borib 10 milliardlik dovondan ham o'tadi. Xo'sh, xronologik tartibda ko'rib chiqsak, Yerda aholining o'sishi qachon qay darajada bo'lgan? Quyidagi infografikaga diqqat qilishingizni so'raymiz. Unda aholining o'sish jadalligi va Yer aholisining turli zamonlardagi miqdori bilan hozirgi zamondagi ayrim davlatlar aholisi sonio'rtasida qiyoslashlar keltirilgan.

Yangilаndi: 08.10.2026 15:28
 

Chasar ko'pyog'i

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Chasar ko'pyog'i

Ko'pyoqlar, yoki, poliedrlar bu - qirralari orqali o'zaro biriktirilgan ko'pburchaklardan tashkil topgan uch o'lchamli jismlar bo'ladi. Bir yog'idagi juft uchlarini qaralganda, ular o'zaro umumiy qirra bilan tutashadigan bo'lib chiqadigan poliedrlar mavjudmi va ular necha xil? Albatta, bunday poliedrlar mavjud. Lekin ular atiga ikki xil (ikkita) xolos. Yoqlari uchburchaklardan tashkil topgan piramida - tetraedrni odamlar qadimdan yaxshi bilishadi. Tetraedrning istalgan ikkita uchini qarasangiz, ularni umumiy qirra tutashtirib turgan bo'ladi. Ya'ni, uning diagonallari bo'lmaydi. e'tibor bering, tetraedrning oltita qirrasi, to'rtta uchi va to'rtta yog'i bo'ladi.

Yangilаndi: 29.01.2025 16:22
 

Smartfon nega portlaydi?

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

Smartfon nega portlaydi?

So'nggi paytlarda smartfon yoki planshetning o'z-o'zidan yonib ketgani, yoki hatto portlagani haqida ham xabarlar uchrab turibdi. Gugl qidiruv xizmati yordamida aniqlashimcha, o'tgan yilning sentyabridan shu bugungacha, ya'ni, bir yil davomida, o'znet internet-nashrlarda jami 8 marta smartfon portlagani haqida xabar e'lon qilingan ekan. Albatta, bu hech qanaqasiga obyektiv statistika bo'la olmaydi. Lekin, haqiqat ham smartfonlarning egasining cho'ntagida yonib, yoki portlab ketish holatlari rostdan ham uchrab turibdi. Bunday holatlarda eng achinarlisi, odamlarning ham tan jarohati olayotgani, smartfon egalarini turli darajadagi kuyish bilan shifoxonaga yotqizilgani haqidagi ma'lumotlardir.

Xo'sh, nima sababdan smartfon yoki planshet o'z-o'zida yonib ketmoqda? Uning ichida qanday jarayonlar yuz beradi? Ushbu maqolamizda shu masalaga oydinlik kiritishga harakat qilamiz.

Hamma gap devaysning akkumulyatorida.

Yangilаndi: 08.10.2026 15:23
 

Cho'g'lanma lampa

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Cho'g'lanma lampa

Yaqin yillar ichida cho'g'lanma lampalar ham tarixga aylanadi. Chunki, ularning zamonasi deyarli tugadi va deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda yoritish tizimlari uchun energiya tejamkor fluoressent lampalardan foydalanishga o'tilmoqda. Shunga qaramay, cho'g'lanma lampaning ham insoniyat tarixidagi ko'p yillik munosib o'rnini va xizmatini e'tirof etmaslik adolatdan emas. Deyarli 1 asrdan ziyod vaqt mobaynida cho'g'lanma lampalar yoritish tizimlari uchun eng maqbul lampa sifatida idoralar va xonadonlar shiftida o'z muqim o'rniga ega bo'lib keldi. Cho'g'lanma lampalar - dunyoni o'zgartirgan ixtirolardan biridir.

Cho'g'lanma lampa - issiqlik energiyasini yorug'likka aylantirib berish orqali nur taratuvchi sun'iy yoritish manbasidir. Bunda lampa ichida joylashtirilgan va qiyin eruvchan metalldan tayyorlangan o'ta ingichka spiral metall tola (odatda u volfram metallidan tayyorlangan bo'ladi) qiziganida o'zidan nur chiqarishi xossasidan foydalaniladi. Metallning oksidlanish natijasida lampa ishdan chiqishini oldini olish maqsadida, lampa ichidagi havo so'rib olinadi, ya'ni, vakuumli muhit hosil qilinadi.

Yangilаndi: 22.01.2025 07:58
 


Maqolaning 34 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135117

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis