Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Nobel-2019. Kimyo sohasida Nobel mukofoti egalarining ilmiy ishlari haqida batafsil.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Nobel-2019. Kimyo sohasida Nobel mukofoti egalarining ilmiy ishlari haqida batafsil

Demak, bu yilgi kimyo bo'yicha Nobel egalari "litiy-ion batareykalarini ixtiro qilganliklari uchun" ushbu eng nufuzli ilmiy mukofotga munosib ko'rildilar. Laureatlarning ikkitasi - Jon Gudenou hamda, Stenli Uittingem AQShlik bo'lsa, uchinchi laureat - Akira Yoshino - Yaponiyalik kimyogardir. Ta'bir joiz bo'lsa, ular insoniyatga qayta zaryadlasa bo'ladigan, yengil, ixcham va xavfsiz tok manbaini - litiy ion batareykalarini taqdim qilganliklari uchun Nobelga sazovor bo'lishdi.

Yangilаndi: 17.02.2025 07:49
 

Saturnning yangi yo'ldoshlari kashf etildi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Saturnning yangi yo'ldoshlari kashf etildi

7-oktyabr kuni, Xalqaro Astronomiya Ittifoqining Kichik sayyoralar markazi Saturn sayyorasining yana 20 ta yangi tabiiy yo'ldoshi aniqlanganini e'lon qildi. Demak, endilikda, tabiiy yo'ldoshlari soni bo'yicha Saturn mutlaq rekordchi bo'lib, oldi va bundan buyon, uning yo'ldoshlari soni 82 ta deb hisoblanishi kerak. Shu choqqacha, Quyosh sistemasida yo'ldoshlari soniga ko'ra Yupiter yetakchi edi va uning 79 ta yo'ldoshi borligi ma'lum edi. Halqali sayyoraning yangi yo'ldoshlarini Karnegi institutida ishlovchi Skott Sheppard boshchiligidagi ilmiy guruh diametri 8,2 metr bo'lgan "Subaru" teleskopi vositasida kashf qilgan. Ushbu teleskop Gavay orollaridagi Mauna-Keya tog' cho'qqisida joylashgan rasadxonaga o'rnatilgan.

Yangilаndi: 14.02.2025 10:38
 

Kepler qonunlari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 50
Juda yomon!A'lo! 

Kepler qonunlari

1: Sayyoralar Quyosh atrofida cho'zinchoq elliptik orbitalar bo'yicha harakatlanadi, ushbu ellips fokuslaridan birida Quyosh joylashgan bo'ladi.

2: Quyosh va sayyorani tutashtiruvchi xayoliy to'g'ri chiziq, teng vaqtlar orasida ellipsni teng yuzalarga taqsimlaydi.

3: Sayyoralarning Quyosh atrofida aylanib chiqish davrining kvadratlari nisbati, ushbu sayyora orbitasi katta yarim o'qlari nisbatiga teng bo'ladi.

 

Iogann Kepler ajoyib ichki hissiy anglash, intuitsiya egasi bo'lgan. U butun umri davomida, Quyosh sistemasining qandaydir ajoyib sirli san'at asari ekanligini isbotlashga tirishgan. Avvaliga u Quyosh sistemasi tuzilishini qadimgi yunon geometriyasidan buyon saqlanib kelayotgan besh xil to'g'ri ko'pyoqlar bilan bog'lab izohlashga urindi. (To'g'ri ko'pyoqlar bu - barcha yoqlari teng yonli muntazam ko'pburchaklardan iborat bo'lgan uch o'lchamli jism bo'ladi). Kepler zamonasida astronomlar faqat oltita sayyorani bilishar edi va tasavvurga ko'ra ular, "shaffof sferalar" ichida joylashib harakatlanadi deb qaralardi. Kepler o'z ilmiy kuzatish va tekshirishlarini, ushbu sferalarning o'zaro joylashuvi bir-birining ichiga ichki chizilgan (to'g'rirog'i, ichki joylashgan) to'g'ri ko'pyoqlar ko'rinishida bo'ladi degan fikrni tekshirib ko'rishdan boshlagan. Uning tasavvuriga ko'ra: Saturn va Yupiter orasida kub, Yupiter va Mars orasida esa tetraedr, Mars va Yer orasida dodakaedr, Yer va Venera orasida ikosaedr, Venera va Merkuriy orasida oktaedr tartibdagi sferalar joylashadi deb o'ylagan. Ma'lumingizkim, to'g'ri ko'pyoqlari (ularni shuningdek, "Platon jismlari" ham deyiladi) 5 xil va o'sha zamonda odamlarga ma'lum bo'lgan sayyoralar esa 6 ta edi. Shunga muvofiq, Kepler har bir sayyora orasida shunday to'g'ri ko'pyoqlardan birortasi ko'rinishidagi shaffof sfera mavjud bo'lsa, bu osmon jismlari harakati mukammallik, ideallik bo'ladi deb o'ylagan. U hayotining bu qismida, sayyoralar harakati va umuman Koinot albatta ideal bo'lishi kerak degan fikrda edi.

Yangilаndi: 13.02.2025 15:53
 

Boriy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Boriy

Boriy – beqaror radioaktiv element. Formulasi Bh. Atom raqami 107. 261 dan 272 massa soniga ega izotoplari ma’lum. Eng uzoq yashovchi nisbatan barqaror izotopi boriy-267 bo‘lib, yarim yemirilish davri 17 soniyaga teng.

Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.

107-element sintez qilingani haqidagi ilk xabarni 1976-yilda Dubnadagi yadroviy tadqiqotlar institutida ishlovchi Yuriy Oganesyan boshliq ilmiy guruh tomonidan e’lon qilingan. Ushbu sintez xrom-54 va vismut-209 yadrolarining o‘zaro birlashish reaksiyasi hosilalarining spontan parchalanishi mahsulotlarini tadqiq qilishga asoslangan edi. Boriyning kashf qilingan ilk izotoplarining yarim yemirish davri 5 soniyadan 1-2 soniyagacha bo‘lgan. 1981-yilda, Darmshtadt og‘ir ionlar instituti ham vismut-209 nishonni xrom-54 yadrolari bilan bombardimon qilishga asoslangan 209Bi+54Cr reaksiyasini tadqiq qilgan va bunda, nuklidlarning α-yemirilishi sezish, hamda, uning parametrlarini aniqlash imkonini beradigan yangi texnologiyalarni qo‘llagan. Darmshtadtda olib borilgan eksperimentlar ham, 107-elementning 262-izotopiga taalluqli bo‘lgan α-yemirilishi hodisasini 5 bora payqagan. Nemislarning tajribalarida bu elementning 4,7 va 2,3 soniya yarim yemirilish davriga ega izotoplari aniqlangan.

Yangilаndi: 10.02.2020 16:21
 

Umar Hayyomning «Risolasi»

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Umar Hayyomning "Risolasi"

Fors matematigi, astronomi va faylasufi bo'lgan Umar Hayyomni ko'pchilik asosan ajoyib to'rtlik baytlari - ruboiylari orqali yaxshi taniydi. Biroq, matematika olamida uning ruboiylaridan ham ko'ra, "Al-Jabr val-Muqobaladagi masalalarning isbotlari haqidagi risola" nomli risolasi kattaroq mashhurlikka erishgan. Unda Umar Hayyom kubik tenglamalarning yechimlarini, hamda, yana bir necha yuqori darajali tenglamalarning yechish usullarini keltirib o'tadi. Masalan, unda, x3+200x=20x2+2000 singari masalalarning yechimi ko'rsatilgan. Garchi, risolada keltirilgan usullarni o'sha payt uchun yangilik bo'lgan, yoki, original yechimlar keltirilgan deb bo'lmasa-da, biroq, Hayyom keltirgan umumlashtirishlar istalgan kubik tenglamani yechish uchun tadbiq qilsa bo'ladigan tarzda ifodalanganligi bilan diqqatga sazovordir. "Risola"da muallif kubik tenglamalarning to'liq tasnifi va ularni konus kesimlari orqali yechish usullarini ham ko'rsatilgan.

Yangilаndi: 12.02.2025 07:45
 


Maqolaning 31 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135080

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov