Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Fyuchers, WTI, Brent, Barrel

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Fyuchers, WTI, Brent, Barrel

So'ngi sutkalar ichida WTI turidagi neft narxining may oyi uchun fyuchers savdolarida narx manfiy qiymatga tushib ketgani (bir barreli -39,44 AQSh dollar) ko'pchilikni hayron qoldirdi. Hech zamonada shunaqasi ham bo'ladimi? Narx shunchaki tekin (0) emas, balki, manfiy ham bo'lishi mumkin ekanmi?

Bu tarixda misli ko'rinmagan holat bo'lsa kerak. Izohlarga qaraganda, bu holning asosiy sababi, asosan Shimoliy Amerika va Xitoy bozorida iste’mol qilinadigan WTI turidagi neft ishlab chiqaruvchilarda, qazib olingan neftni qo'ygani joy qolmagan emish. Omborlar to'lib ketgan, tankerlar ham band. May oyi kirib kelishiga esa 10 kundan ham kam vaqt qoldi. Iyun oyi uchun fyucherslar ham 1% ga pastlab, bir barrel WTI nefti uchun 21,1 dollarni tashkil qilmoqda. Qayd qilinishicha, WTI tipidagi neft narxining 0 dan past bo'lishi avvalgi safar 1983-yilda, ya'ni, bu turdagi neft ilk bora NYMEX birja savdolariga qo'yila boshlaganda sodir bo'lgan ekan.

Yangilаndi: 29.01.2025 16:14
 

Jamoliddin Razzokov

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

Jamoliddin Razzokov

- Assalomu alaykum! Jamoliddin aka, orbita.uz bilan suhbat uchun vaqt topganingizga rahmat. Avval yaqindan tanishib olsak? Ilmiy faoliyatingiz qanday boshlangan?

-Men Jamoliddin Razzokov 1986-yilda Surxondaryo viloyatida tavallud topganman. O’rta maktabdan fizika faniga bo’lgan qiziqishim meni universitet tomon yetakladi. O'zbekiston Milliy universitetini fizika fakulteti, nazariy fizika kafedrasini tamomlaganman (Bakalavr 2003-2007, Magistratura 2007-2009). Ilk ilmiy faoliyatimni bakalavr 2-kurs vaqtimda Fanlar Akademiyasini Issiqlik Fizikasi bo’limida muhandis sifatida boshlaganman. Magistraturani tamomlaganimdan keyin esa Fanlar Akademiyasini Ion-Plazma va lazer texnologiyalari institutida kichik ilmiy xodim sifatida ishlaganman. 2012-2013 yillarda Jepa-fondidan ajratilgan grant yordamida Nederlandiyada, Eyndxoven Texnika universitetida ilmiy tekshirish olib borganman. Sintetik oqsillarni o’z-o’zidan tolalar hosil qilishini modellashtirish yordamida o'rganganmiz. O'zbekistonga qaytib 2 yil davomida Ion-Plazma va lazer texnologiyalari institutida faoliyatimda davom etganman. So’ngra Belgiya Qirolligini Antverpen Universiteti, Kimyo fakultetiga PhD grant yutdim va 2015 yil Dekabridan buyon PLASMANT guruhida ishlamoqdaman. 2019 yilda “Plazma tibbiyoti uchun molekulyar darajadagi modellashtirish” mavzusida doktorlikni himoya qildim. Hozirda ushbu guruhda postdoctoral tadqiqotchi sifatida faoliyat olib bormoqdaman va “Reaktiv kislorod va azot molekulalarini saraton hujayralariga ta'siri” loyihasi ustida tadqiqotlarni davom ettirmoqdaman.

Yangilаndi: 10.06.2020 17:50
 

Organik sintez

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Marselen BertloOrganik sintez

Gey-Lyussakning shogirdi bo'lgan farang kimyogari Teofil Jyul Peluz (1807-1867) tomonidan 1834-yilda kaliy sianid ta'sirida alkilsernokislota tuzlari orqali sianidli alkillarni tayyorlashga muvaffaq bo'ldi. O'sha yilning o'zida Jan Batist Dyuma (1800-1884) tomonidan o'yuvchi kaliy ta'sirida xloroformdan chumoli kislotasi hosil bo'lishi aniqlandi. Shu tariqa, Dyuma galogen hosilalaridan gidroliz usuli bilan kislotalarni olish yo'lini topgan edi.

1842-yilda ishqoriy metallarning amalgammasi orqali galogen hosilalarini tiklash usulini Melzens ismli kimyogar taklif qildi. Oradan besh yil o'tib, 1848-yilda bir guruh olimlar - Jan Batist Dyuma, Malaguti, Leblan, Frankland hamda, Kolbyelar tomonidan kam uglerodli birikmalardan nitrillar vositasida kislotalarni olish usuli taklif qilindi. Shu paytning o'zida, olmon kimyogari Erxald Micherlix (1794-1863), tarixda birinchi marta, to'yingan azot kislotasi va oltingugurt kislotasi aralashmasi orqali, nitrobenzol va benzol moddalarini sintez qilishga muvaffaq bo'ldi.

Yangilаndi: 21.01.2025 07:56
 

Ilmiy nazariyalar uchun 3 daqiqadan

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 80
Juda yomon!A'lo! 

Ilmiy nazariyalar uchun 3 daqiqadan

Bugungi kunda ilm-fandagi dolzarb markaziy nazariyalar qaysilar? Ular nimalarni tadqiq qilmoqda va qanday da'volarni ilgari surmoqda? Qaysi nazariyalar isbotini topib, haqiqiy ilm sifatida o'rnashib qoldi-yu, yana qaysilari hali xom gipoteza o'laroq qolib ketmoqda? Kitobda zamonaviy ilm-fandagi dolzarb 50 ta eng muhim nazariya haqida so'z boradi. Har bir nazariya haqida, uning qisqacha mohiyatini tashkil qiluvchi izohlar, u bilan bog'liq olimlarning ilmiy ishlari, hamda, hazilomuz tarzdagi jumlalar keltirilgan. Nazariyalar fundamental fanlar, tibbiyot, psixologiya, axborotlashtirish masalalari singari yo'nalishlarga taqsimlab keltirilgan hamda, har bir bobda, ushbu yo'nalish bo'yicha katta ilmiy ishlarni amalga oshirgan olimlar haqida ham ma'lumotlar keltirilgan.

Ushbu kitob, ilm-fanga qiziquvchan kishilarni hozirdagi dolzarb bo'lgan juda g'aroyib, ta'bir joiz bo'lsa, aql bovar qilmas, lekin, o'ta muhim nazariyalar bilan tanishtirishni maqsad qilgan. Kitobda ilmiy nazariyalarga oid 50 ta eng muhim va eng qiziqarli ma'lumotlar haqida 3 daqiqadan, lo'nda-lo'nda tarzda hikoya qilinadi. Mavzuni yoritishning ushbu formati, mutolaachi uchun, bayon qilingan ilmiy fenomenni tushunishda qo'l keladi degan umiddamiz.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko'rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 22.01.2025 07:50
 

Erg

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

Erg

Erg birligi SGS birliklar tizimida ish va energiya birligi hisoblanadi. O'zbekcha xalqaro belgilanishlari bir xil - erg ko'rinishida belgilanadi. SI tizimiga kirmaydi.

Ta'rifi: 1 erg - 1 dina kuch sarflash orqali jismni 1 sm masofaga siljitishda bajarilgan ish miqdoriga teng bo'ladi:

Yangilаndi: 20.01.2025 16:08
 


Maqolaning 4 sahifasi, jami 109 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota o'z oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni o'g'lim tili chiqib, birinchi so'zini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 884
O'qilgan sahifalar soni : 13882409

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis