Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Hech narsa sanalmaydi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Hech narsa sanalmaydi

Rim raqamlari allaqachon matematika va moliya tizimida muomaladan chiqib ketgan bo'lsa-da, biroq, ular haqida bilish, yoki, Rim raqamlarida yozilgan sonlarni to'g'ri o'qiy olish o'zi ham hozirda odamga zarar qilmaydigan bilim sanaladi. Menimcha, Rim raqamlarida yozilgan sonni to'g'ri o'qiy olgan odam qandaydir o'z bilimiga nisbatan qoniqish hissini tuysa kerak. Masalan, bu quyidagicha bo'ladi: odam biror tarixiy bino oldidan o'tib borarkan, u yerda "bino MCMXVIII-yilda qurilgan" degan yozuvni uchratadi va uni demak, 1918-yilda qurilgan ekan deb bilib oladi. Shu bilan u o'ziga nisbatan qandaydir hurmat hissini sezadi. Mabodo, bir gala odamlar ichida bu yozuvni o'qiy olgan faqat u o'zi bo'lsa, hamda, yozuvning ma'nosini sheriklariga tushuntirib berolsa, shubhasiz bu odam o'zini shu to'daning eng bilimlisi deb his qilsa ajabmas.

Sonlar va ular ustida amallar borasidagi tushunchalar juda qadim zamonlardayoq odamlar ongida shakllanib ulgurgan edi. Fikrimcha, sayyoramizda son tushunchasi haqida tasavvurga ega bo'lmagan yovvoyi qabilalar ham qolmagan hozir.

Yangilаndi: 13.02.2025 08:24
 

Azot - jonsiz element

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 20
Juda yomon!A'lo! 

Azot - jonsiz element

Kislorod haqidagi maqolada ushbu elementning havodagi ulushi 1/5 miqdorda ekanini aytgan edik. Havodagi o'sha qolgan 4/5 qism ulushni, ya'ni, deyarli 78% qismini azot gazi tashkil qiladi. Ushbu element davriy jadvalda 7-raqam bilan o'rin olgan.

XVIII-asrda kimyogarlar kislorodni kashf etishganidan keyin, ular havoda yana bir boshqa gaz ham mavjudligini fahmlashgan. Ushbu gaz yonishga yordam bermasdi va oksidlanish jarayonlarida ishtirok etmas edi. Yopiq idish ichida yoqib qo'yilgan sham, ichkaridagi havoning taxminan 1/5 qismini sarflab, keyin esa o'chib qolardi.

Chunki, o'sha hajmning 1/5 qismini egallagan kislorod tugab bitgach, qolgan gaz shamning yonishiga ko'maklasha olmagan. o'sha gaz shuningdek hayot uchun (to'g'rirog'i nafas olish uchun) ham keraksiz gaz ekani ayon bo'lgan. Chunki, xuddi sham singari, yopiq idishga qamab qo'yilgan sichqon, u joyda kislorod tugashi bilan o'lib qolardi. Vaholanki, hali idish ichidagi havoning 75% dan ziyod qismi ishlatilmagan bo'lardi.

Yangilаndi: 13.02.2025 08:11
 

Avliyo Elm shu'lasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Avliyo Elm shu'lasi

Charlz Davrin dengiz sayohatlarining birida ko'pchilik dengizchilarni cho'chitadigan tabiat hodisasi - Avliyo Elm shu'lasiga guvoh bo'lgan edi. O'shanda u"Hammayoq olov ichida! Osmonda chaqmoq, kema machtalari ham zangori olov ichida!" - deb xitob qilgan edi. Avliyo Elm shu'lasi haqida ilk yozma ma'lumotlar, eramizning 78-yilida yozilgan"Tabiat tarixi" asarida uchraydi. Unda muallif Gay Piliniy Sekund (Katta Piliniy) O'rta Yer dengizida suzgan kemalarda uchraydigan shunday tabiat hodisasi haqida eslab o'tgan.

Qizig'i shundaki, o'rta asrlarda dengizchilar Avliyo Elm shu'lasini yaxshilik belgisi, omonlik ishorasi deb bilishgan. Keyinchalik, xususan, Darvin davridagi dengizchilar esa bundan shumlanishgan. Avliyo Elm shu'lasi tinimsiz liqillab turadigan zangori-shaffof tusdagi o'ynoqi olov ko'rinishida bo'ladi va bu holat, bid'atga beriluvchan, irimchi dengizchilar ko'ziga xuddi o'ynoqilab turgan arvoh singari ko'ringan.

Yangilаndi: 28.01.2025 16:21
 

Tesla

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Tesla

Tesla - Xalqaro Birliklar Tizimi (SI) ga ko'ra, magnit maydon induksiyasining o'lchov birligi. Xalqaro belgilanishi T. O'zbekcha belgilanishi Tl shaklida.

Bir jinsli magnit maydonining 1 Tl induksiyasi bu shunday induksiyaki, unda, magnit induksiyasi vektoriga perpendikulyar bo'lgan, ichidan 1 amper tok oqib o'tayotgan, hamda, uzunligi 1 metr bo'lgan to'g'ri chiziqli o'tkazgichga 1 nyuton kuch ta'sir etayotgan bo'ladi.

SI ning asosiy birliklari orqali Tesla quyidagicha ifodalanadi: kg·s-2·A-1.

Sining hosilaviy birliklari orqali teslani quyidagi nisbatlar bilan ifodalash mumkin:

Yangilаndi: 06.02.2025 10:08
 

Stoks

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

Stoks

Stoks – fizikada va asosan sanoatda qo‘llaniladigan kinematik qovushqoqlik birligidir. O‘zbekcha va xalqaro belgilanishi St (кирилл алифбосида Ст). Birlik nomi ingliz olimi ser Gabriel Jorj Stoks sharafiga qo‘yilgan. Stoks birligi amaldagi Xalqaro Birliklar Tizimi (SI) ga kirmaydi; u muomaladan chiqarilgan SGS tizimi birligidir. Xalqaro metrologiya qonunchiligi tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, stoks birligini milliy qoidalarga asosan, muayyan xos sohalarda qo‘llashga ruxsat etiladi.

Yangilаndi: 30.07.2019 08:53
 


Maqolaning 30 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135015

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!