Minimum qonuni
(Libix qonuni)
Tabiatda mavjud barcha jonivorlar, hamda, odam ham, yoki o'simliklarni, yoki hayvonlarni yeb oziqlanadi. Boshqacha aytganda, jonivorlar o'txo'r va go'shtxo'r turlarga bo'linadi. Lekin o'simliklarchi? o'simliklarning nima bilan oziqlanib, nimaning evaziga unib-o'sishi haqidagi masala ming yillar davomida odamzotni qiziqtirib kelar edi. Ushbu masalaga oydinlik kiritilishi esa, shunchaki masalaning tagiga yetish bilan cheklanmasdan, balki, insoniyatni ochlik muammosidan xalos bo'lishida ulkan xizmat qilgan kashfiyotlarga sabab bo'ldi.
o'simliklarning oziqlanishi masalasi bilan eng qadimgi faylasuflar ham qattiq qiziqishgan. o'simlik juda kichik urug'dan qanday qilib ulkan daraxtga aylanishi, bunda urug'ning boshlang'ich vazni va undan unib chiqqan o'simlikning yakuniy vazni orasidagi farq naqadar ulkan bo'lishi olimlar uchun jumboq bo'lib qolavergan. Aristotel o'simliklarning o'sishi masalasi haqida fikr bildirar ekan, "O'simliklar o'ziga kerakli moddalarni tuproqdan tayyor holda oladi, shu sababli o'simliklar tanasida moddalar almashinuvi, yoki, hazm jarayonlari bo'lmaydi, shunchaki tuproq o'zining bor vazni bilan o'simlik tanasiga aylanadi" - deb hisoblagan. Aristotelning obro'si bilan mustahkamlangan ushbu yanglish fikr o'rta asrlargacha ilm-fanda o'rnashib qolgan bo'lib, ko'pchilik bundan ortiq gap aytishga jur'at eta olmas edi.






Zamonaviy tibbiyotda yurakning ritmik faoliyati bilan bog'liq kasalliklarni davolash uchun xilma-xil usullar qo'llaniladi. Agar, bemor yuragi me'yoridan tezroq, yoki, sustroq urayotgan bo'lsa, yoinki, yurak urishi tezligi muntazam o'zgaruvchan bo'lsa, unda kardiolog vrachlar bemorga yurak urishini me'yorlovchi maxsus tibbiy asbob - kardiostimulyator tavsiya qilishadi.
To XIX-asr o'rtalarigacha bir-birida uzoq shaharlarda va qit'alarda yashovchi odamlar orasida xat-xabar almashinishning yagona vositasi oddiy qog'oz maktublar bo'lgan. Qit'alararo xat tashish 




