Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Maks Plank. Kvant Nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 65
Juda yomon!A'lo! 

Maks Plank. Kvant Nazariyasi.

Mikrodunyodagi inqilob.

Maks Plank garchi o'zi bunga qarshi bo'lsa-da, uni odatda inqilobchi deb atashardi. 1900-yilda olim energiyaning uzluksiz emas, balki, alohida-alohida qismlar (porsiyalar), boshqacha aytganda, kvantlar ko'rinishida nurlanishi haqidagi g'oyani ilgari surdi. Ushbu nazariyaning aks-sadosi o'laroq esa, nisbiylik nazariyasi bilan birgalikda, olam tuzilishi haqidagi zamonaviy tushunchalarning asosini tashkil qiluvchi - kvant mexanikasi sohasi yuzaga keldi va taraqqiy eta boshladi. Kvant mexanikasi mikroskopik olam manzarasini o'rganadi. Uning ayrim kashfiyotlari shu darajada hayratlanarliki, hatto Plank o'zi ham ko'p bora tan olganidek, bu sohaning kashfiyotlari inson aqlini shoshirib qo'yadi. Ustozlar ustozi deya e'tirof etilgan olim, o'n yillar mobaynida olmon ilm-fani boshqaruvida bo'ldi va natsizmning eng manfur illatlari qanot yozgan musibatli kunlarda ham, ilm va zakovat shamchiroqlari shu'lasini saqlab qola bildi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko'rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 31.01.2025 09:00
 

Erkinjon Karimov

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Erkinjon Karimov

Orbita.Uz minbarining birinchi ishtirokchisi - fizika-matematika fanlari doktori Erkinjon aka Karimov bo'ldilar.

Erkinjon Karimov

Orbita.Uz minbarining birinchi ishtirokchisi - fizika-matematika fanlari doktori Erkinjon aka Karimov bo'ldilar.

Suhbatdoshimizni savolga tutishdan avval, u kishi haqida qisqacha ma'lumot keltirsak:
Karimov Erkinjon To'lqinovich, 20.05.1977 yilda Farg'ona viloyati Bag'dod tumanida tug'ilgan. 1993-1998 yillarda Farg'ona davlat Universiteti, matematika fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini dastavval Bag'dod tumanidagi o'rta maktabda matematika o'qituvchiligidan boshlagan (1998-2001 yillar). 2001-2002 yillarda Farg'ona Davlat universitetida ishlagan. 2005-2008 yillarda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika va Axborot Texnologiyalari Institutida faoliyat ko'rsatgan. 2006- yildan e'tiboran to 2008 yilgacha qo'shni Qozog'istonning Sirdaryo Davlat universitetida katta o'qituvchi sifatida mehnat qilgan. 2009 yildan boshlab shu kungacha O'zbekiston Milliy Universiteti Matematika Institutida katta ilmiy xodim bo'lib ishlamoqda. Biz suhbatdoshimizning ilmiy ishlari va chop etgan maqolalari haqidagi odatiy standart ma'lumotlarni uning shaxsiy sahifasi: http://mathinst.uz/karimov/resume.html dan olishingiz mumkinligini aytib, e'tiborimizni suhbatga qaratamiz:

Yangilаndi: 06.10.2026 10:49
 

Katta adron kollayderi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 20
Juda yomon!A'lo! 

Katta adron kollayderi

Ilmiy-ommabop asarlar yozuvchisi Bill Brayson shunday yozadi: "Elementar zarralar fizikasida Koinot sir-asrorlarini o'rganish juda oson: olimlar zarrachalarni bir-biri bilan to'qnashishga majbur qilishadi va oqibatda nima yuz berishini kuzatishadi. Soddaroq quyidagicha o'xshatish keltirish mumkin: ikkita odam bir-birga Shveysariyaning o'ta aniq yuradigan mexanik soatlarini otib yuboradi. Soatlar albatta yerga tushib, yoki devorga urilib chil-chil bo'ladi. Keyin ular soat parchalarini yig'ib olib, aslida bu soatlar qanday ishlagan ekan? - deb qiziqib o'tirishadi".

Jeneva yaqinidagi Yevropa Yadro Tadqiqotlari Instituti (CERN) tomonidan qurib ishga tushirilgan Katta adron kollayderi (Large Hadron Collider - LHC) mohiyatiga ko'ra zarrachalarni eng yuksak energiya ko'rsatkichlarigacha tezlatish imkonini beradigan, jahondagi eng katta tezlatkichdir. U o'zaro qarama-qarshi kelib to'qnashadigan protonlar oqimiga yuksak energiyali tezlanish beradigan qilib loyihalangan. Adron kollayderi deyilishiga sabab, ushbu tezlatkichda elementar zarralarning adronlar sinfiga mansub bo'lgan va kuchli yadroviy o'zaro ta'sirlarda ishtirok etadigan zarrachalar ustida tajribalar o'tkaziladi. Ulkan quvvatli elektromagnit kuchlarning ta'siri ostida protonlar kollayder halqasi bo'ylab, ichki vakuum kanalida shiddat bilan aylanadi. Aylanishlarning har birida protonlarning energiyasi borgan sari yana va yana ortib boradi. Katta adron kollayderi magnitlarida o'ta o'tkazgichlardan foydalaniladi. Ularni ishlatish jarayonida esa katta termodinamik amaliyot bajarish kerak bo'ladi. Ya'ni o'ta o'tkazgich xossalaridan foydalanilganda favqulodda qizib ketishi tufayli magnitlarni suyuq geliy bilan to'xtovsiz sovitib turiladi. o'ta o'tkazgich holatidagi materiallarda elektr qarshilik deyarli nolga tenglashadi.

Yangilаndi: 30.01.2025 08:23
 

Buyuk Attraktor

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Buyuk Attraktor

Yer Quyosh atrofida aylanmoqda. Quyosh esa Galaktika markazi atrofida aylanadi. O'z navbatida Galaktika ham harakatda bo'lib, Mahalliy Guruhning boshqa a'zolari bilan borgan sari yaqinlashib boradi. Ushbu to'da esa, taxminlarga qaraganda, favqulodda ulkan massaga ega bo'lgan, ulkan obyekt tarafiga tortilmoqda.

 

Koinotning kengayayotganligini bayon qiluvchi Xabbl qonuniga ko'ra, bizdan olisdagi obyektlar qizilga siljish effektini namoyish qilmoqda va bu degani ular bizdan to'xtovsiz uzoqlashmoqda deb qaraladi. Bunda nisbatan uzoqda joylashgan obyekt nisbatan tezroq olislashadi. Bu esa ular orasidagi fazoning ham cho'zilishiga sabab bo'ladi. Buning natijasida o'sha obyektlardan yetib kelayotgan elektromagnit nurlanishlar ham, fazoda cho'zilishga duchor bo'ladi. Buning natijasida aynan o'sha effekt - qizilga siljish yuzaga keladi. Olis masofalarda joylashgan obyektlar o'zaro bir-biriga nisbatan ham qizilga siljishni namoyish qiladi. Ular ham bir-biridan olislashmoqda. Lo'nda qilib aytganda, koinot to'xtovsiz kengaymoqda. Kengayish har soniyada yanada va yanada tezlashadi.

Yangilаndi: 23.01.2025 14:26
 

Avgusta Ada King - dasturchilarning "momosi"

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Avgusta Ada King -
grafinya Lavleys (1815-1852)

Avgusta Ada Lavleysning asl familiyasi Bayron bo'lgan. Ha, adashmadingiz. Bu xuddi o'sha - sarguzashtmand oqsuyak, mashhur ingliz shoiri - Jorj Gordon Bayronning qizi bo'ladi. Shoir Bayron - badiiy asarlar uchun o'zi ham ideal romantik qahramon bo'la oladigan, nazm ustasi bo'lib, adabiyot ixlosmandlari uning "Chayld Xaroldning ziyorati" dostoni va boshqa ko'plab asarlari orqali yaxshi biladilar. Ada Lavleys Bayronning Anna Izabel Milbenk, ya'ni, baronessa Ventvort bilan nikohidan tug'ilgan bo'lib, lekin qizaloq o'zi otasi haqida deyarli hech narsa bilmagan. Chunki, Ada 1 oylik chaqaloqlik paytida onasi uni ko'tarib, Bayrondan qochib ketgan ekan. Bu voqea Vaterloo jangidan roppa-rosa bir yil to'lgan paytda sodir bo'lgan bo'lib, baronessa nima sababdan bunday ishga qo'l urganining sababi hozirgacha noma'lum. Ehtimolki, u qizini yo'qotishni istamagan bo'lsa kerak. Chunki, o'sha paytlardagi yuridik qoidalarga binoan, er-xotin ajrashsa, istisnosiz ravishda bolalarni albatta ota ixtiyorida qoldirilardi.

Yangilаndi: 30.01.2025 07:41
 


Maqolaning 28 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135015

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis