Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

DNK

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

DNK

DNK molekulasi qo'shspiral shakliga ega bo'lib, ushbu qo'shspiraldagi har bir zanjir yangi molekulalarni yig'ish uchun matritsa vazifasini bajaradi

Hozirda hammamiz yaxshi bilamizki, DNK molekulasi barcha tirik organizmlarning irsiy axborot tashuvchisi hisoblanadi va DNK molekulasini tasvirlovchi qo'shspiral shakli hamma uchun taniqli bo'lgan eng mashhur ilmiy ramzlardan biriga aylanib ulgurgan. DNKning kashf qilinishi ham, boshqa qator buyuk kashfiyotlar singari faqatgina bir olimning mehnatlari mahsuli bo'lmay, balki, uzoq yillar mobaynida, juda ko'plab ilmiy guruhlar va olimlar tomonidan olib borilgan izchil izlanishlar va eksperimental tadqiqotlar mahsulidir. Masalan, irsiy axborot tashuvchisi avval o'ylaganimizdek, oqsillar emas, balki aynan DNK molekulasi ekanini Xershi-Cheyz eksperimenti isbotlab bergan edi. 1920-yillarga kelib esa, asli Rossiyalik bo'lgan AQSh biokimyogar olimi Fibus Levin (1869-1940) tomonidan DNK molekulasini tashkil qiladigan asosiy unsurlar bu besh atomli dezoksiriboza shakari, fosfat guruhi va to'rt xil azotli asos - timin (T), guanin (G), sitozin (C) va adenindan (A) iborat bo'lishi aniqlandi. 1940-yillar oxirida esa asli Avstriyalik bo'lgan yana bir AQSh biokimyogari Ervin Chargraff (1905-2002) DNKda timin va adenin miqdori teng bo'lishini, shuningdek, guanin va sitozin ham o'zaro teng miqdorda bo'lishini aniqladi. Biroq, aytish kerakki, DNK molekulasidagi timin/adenin nisbati va guanin/sitozin nisbatlari har bir tur uchun o'ziga xosdir.

Yangilаndi: 21.01.2025 07:51
 

O'zbekistonning havaskor astronomlari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

O'zbekistonning havaskor astronomlari

O'zbekistonda Havaskor Astronomlarning o'rni haqida gap ketishidan avval bu fan haqida qisqacha eslab o'tamiz. Astronomiya fani bilan qadim qadimdan va o'rta asrlarda buyuk olim va allomalarimiz shug'ullanib kelishgan. O'zbekiston zamini astronomiya faniga buyuk olimlarni yetishtirib bergan. Astronomiya fanini gapirganda Mirzo Ulug'bek, Al-Beruniy, Ali Qushchi kabi buyuk olimlarni eslab o'tmasdan iloj yo'q va ularning astronomiya faniga qilgan xizmatlari butun dunyoga ma'lum va mashhurdir.

Hozirda ham bu fan bilan shug'ullanishda davom etayotgan ustozlar va yosh olimlar bilan O'zbekiston doim faxrlanadi. Sh. Egamberdiyev, Y. Tillayev, I. Asfandiyarov, B. Xafizov, B. Axmedov, O. Burxonov, A. Matekov, A. Tursunov va yana bir qancha olimlar va ilmiy xodimlar shular jumlasidandir.

Zamonaviy O'zbekistondagi astronomik kuzatishlar jabhasida, olimlar va yosh ilmiy xodimlar qatorida, shuningdek, joylarda mustaqil kuzatishlar olib borayotgan havaskor astronomlar ham o'z o'rniga ega. Hozirgi kunga kelib O'zbekistonda 13 nafar havaskor astronomlar faoliyat yuritishmoqda.

Biz ushbu maqolamizda sizlarni ular bilan qisqacha tanishtirmoqchimiz.

Yangilаndi: 21.01.2025 07:46
 

Oliy matematikadan amaliy mashg‘ulotlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 46
Juda yomon!A'lo! 

Oliy matematikadan amaliy mashg‘ulotlar

Muallif: N.V. Bogomolov

Tarjimonlar: H. Alimov, M. Sagdullayev

Tematik yo‘nalishi: Oliy matematika, masalalar to‘plamlari, amaliy mashg‘ulotlar

Tarixi: Toshkent, "O‘qituvchi" nashriyoti, 1976-yil.

Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.

Grafikasi: O‘zbek tili kirill alifbosida.

Yangilаndi: 25.12.2018 15:01
 

Eng uzun so'z va eng katta formula

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 29
Juda yomon!A'lo! 

Eng uzun so'z va eng katta formula

Litseyda ta'lim olayotganimizda sinfdoshlar bilan o'zbek tilidagi eng uzun so'z haqida bahs boylashib qolgan edik. Ko'pchilik singari men ham o'z taxminlarimni aytganman. Bu bahs bejizga bo'lmay, yaqinlashib kelayotgan 21-oktyabr, o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganliga bag'ishlab litseyda o'tkazilishi rejalashtirilgan tadbirda o'tkaziladigan qiziqarli viktorina savollari ichida shunday savol borligini bilar edik. Baribir savolning javobini bayram kuni ona-tili o'qituvchimizning o'zidan eshitganmiz: "elektromexanizatsiyalashtiraolmayotganligimizdandirmikin". Ko'rib, o'qib turganingiz juda uzundan-uzoq so'z, biz sanagan vaqtda naq 51 ta harfdan iborat bo'lib chiqqan edi. Albatta biz maktabda hali kirill alifbosi amalda bo'lgan davrda ta'lim olganmiz. Hozirgi lotin alifbosida esa, ш, ё, я, va ц harflari juftlikka aylanib, sh, yo, ya va ts ko'rinishini olganligi bois, so'zning yozma shaklining uzunligi yana ortdi.

Lekin men bu maqolada sizlar bilan litsey xotiralari yoki, o'zbek tilidagi uzun so'zlar haqida emas, balki, kimyoviy atamalar va formulalarda uchraydigan, talaffuzga juda qiyin uzun so'zlar va sahifalarda katta o'lchamlarni egallaydigan formulalar haqida suhbatlashmoqchiman.

Maqolani o'zbek tilidagi eng uzun so'zdan haqida boshlashim ham besabab emas. Bir zamonlar kimyoga bag'ishlangan viktorinalarda ham shunga o'xshash savollar uchrab turar edi. Xususan, maktab kimyo kursiga oid darslik va qo'llanmalara uchratish mumkin bo'lgan eng uzun kimyoviy atama haqidagi savolga, kitobning o'zida, oxirgi sahifalarida javob berib qo'yilgan bo'lib, biz - erinchoq o'quvchilar, javobni o'sha yerdan qarab bilib olganmiz: "dixlordifeniltrixlormetilmetan" - 30 ta harfdan iborat. Ko'pchilik bu birikmaning qisqartma nomi - DDT orqali yaxshi taniydi. DDT bundan bir necha yillar avval, qishloq xo'jaligida zararkunandalarga qarshi kurashda keng qo'llanilgan vosita bo'lib, hozirda u haqida kimyo darsliklarida ma'lumot uchratish amri mahol. Agar maktab kimyo darsliklaridan emas, umuman kimyoga oid adabiyotlarda va ilmiy manbalarda uchraydigan eng uzun kimyoviy atamani qidirib ko'rsakchi?

Yangilаndi: 22.01.2025 11:25
 

Qora tuynuklar va chaqaloq koinotlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 57
Juda yomon!A'lo! 

Qora tuynuklar va chaqaloq koinotlar

Kitob zamonamizning eng nufuzli fizik olimlaridan bo'lmish Stiven Xokingning 1976-yildan to 1992-yilgacha vaqt mobaynida yozgan turli ilmiy-ma'rifiy va avtobiografik hikoyalari to'plamini o'z ichiga oladi. Bunda muallif o'z tarjimai holi,o'zining koinot haqidagi falsafiy va fizik qarashlari, koinotning paydo bo'lishi va uning kelajak taqdiri haqidagi fikr-mulohazalri bilan o'rtoqlashadi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko'rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 06.02.2025 08:48
 


Maqolaning 27 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Fizika o'qituvchisi bolalarga savol beryapti:

-1 kg temir og'irmi, yoki, 1 kg paxtami?

Bir olg'ir so'zamol bola javob qaytradi:

-Domla oyoqqa tushib ketsami, yoki, tarozida tortib ko'rsami?


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135015

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov