Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Tribolyuminessensiya

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Tribolyuminessensiya

Tasavvur qiling, siz haqiqiy Amerika vestern muhitiga tushib qoldingiz. Aytaylik, Yuta shtatida yashovchi hindu qabilalaridan birining sardori bilan, odam bo'yi keluvchi kaktuslar o'sib yotgan cho'ldan kvarts qidirmoqdasiz. Kvarts kristallarini birqanchasini yig'ib olib, ularni bizon terisidan tikilgan maxsus shaqildoq ritual marjonga joylaysiz va qabila yeriga qaytib, maxsus diniy marosimda ishtirok etasiz. Qabila sardori maxsus raqs va harakatlar vositasida go'yoki, o'lib ketgan insonlarning ruhini chaqirmoqchi bo'ladi. Tun oqib, atrof qop-qorong'u bo'lgani uchun, siz boya sahrodan yig'ib kelgan kvarts bo'laklari solingan shaqildoqni shaqillatib ritual harakatlarni bajarayotgan shaman qo'lidan qandaydir sirli yog'dular, chaqnashlar bilan o'qtin-o'qtin nur chiqib turadi. Hozir qandaydir mo'jiza yuz beradigandek....

Yangilаndi: 28.01.2025 16:20
 

Xonakilashtirish va jilovlash

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

Xonakilashtirish va jilovlash

Hozirgi paytda, aksariyat ashulachilarning ashulalariga olingan kliplarni ko'rsangiz, bir xil siyqasi chiqqan manzarani guvohi bo'lasiz: xullas, deyarli hamma klipda, bir yigit, o'zicha "ketvorgan" bir qizni ortidan kuymalanib yurib, ko'cha-ko'yda, yerosti o'tish yo'laklarida, supermarketlarda va ho kazo joylarda uni e'tiboriga tushishga harakat qiladi. Ya'ni, jargon bilan aytganda, yigit qizni "ilintirishga", "o'rashga" harakat qiladi.

Lekin, qadim zamonlarda, ibtidoiy jamoa tuzumi davrlarida yashagan qadim odamlarning fantaziyasi kuchliroq bo'lgan shekilli, harholda ularning nimanidir "ilintirish" va qo'lga o'rgatish borasidagi qiziqishlari boshqacharoq bo'lgan.

Yangilаndi: 08.10.2026 15:27
 

Proyektor

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Proyektor

Proyektor bu - teskarisiga ishlaydigan fotoapparat desa ham bo'laveradi. Fotoapparat - tasvirni o'zidagi plyonkaga proyeksiyalaydi. Proyektor esa aksincha, o'zidagi plyonkadagi (yoki, boshqa biror manbadagi) tasvirni ekranga proyeksiyalaydi. Lekin, proyektorning fotoapparatdan farq qiladigan o'ziga xos jihatlari ham mavjud.

Birinchidan, proyektor ekranda hosil qilgan tasvirning yorqinligi zalda o'tirganlarning hammasiga birdek tiniq ko'rinadigan darajada bo'lishi lozim. Ekran maydoni kattalashgan sari, proyektor hosil qilayotgan tasvir sifati ham xiralashib boradi. Shuning uchun, ekran o'lchamlariga muvofiq tasvir tiniqligi va yorqinligini sozlash talab etiladi. Masalan, ekrandagi tasvir maydoni kengligini ikki barobar oshirilishi umumiy maydonning to'rt karra kattalashuviga sabab bo'ladi. Bunday holatlarda tasvir yorqinligi va tiniqligini saqlash uchun, proyektor ekranidan chiqayotgan yorug'lik miqdori ham tasvir kengligiga proporsional kuchayishi lozim bo'ladi.

Yangilаndi: 13.02.2025 08:13
 

Erkin Kurganov

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Erkin Kurganov

Orbita.Uz minbarida navbatdagi tadqiqotchi - biofizik Erkin Shuxratovich Kurganov. Erkin Shuxratovich hali o'zi juda yosh bo'lishiga qaramay, biofizika/fiziologiya bo'yicha ancha yillardan bri tadqiqot olib boradi. Keling, Erkin Shuxratovich tarjimai holi bilan qisqacha tanishib olamiz.

Kurganov Erkin Shuxratovich, 1987-yil 4-iyunda Namangan viloyati Chortoq tumanida tug'ilgan. Boshlang'ich va o'rta maktabni o'zi tug'ilgan qishloqda, Sharof Rashidov nomli 11-maktabda o'qib, so'ngra Namangan shahrida joylashgan 2-ixtisoslashgan maxsus maktab-internatida davom ettirgan. 2006-yil Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti, Biologiya-tuproqshunoslik fakultetiga, Biologiya yo'nalishi bo'yicha davlat granti asosida o'qishga kirib, 2010 yili Qizil diplomga bitirgan. o'z sohasi bo'yicha ilmiy izlanishlarni, oliygohdagi ta'limning 2-kursida boshlagan. o'sha paytda Erkin Shuxratovich biofizika faniga qattiq qiziqib, shu sohani yetuk olimlaridan biri Professor Sabirov R.Z. rahbarligi ostida ilmiy izlanishlarni boshlagan edi. 2012 yildan e'tiboran esa, yosh tadqiqotchi Yaponiyadagi Okazaki shahrida joylashgan Fiziologiya Fanlari Milliy Institutiga PhD student sifatida qabul qilingan.

Endi esa suhbatdoshimizni savolga tutamiz:

Yangilаndi: 10.02.2025 07:45
 

Osmiy sotiladi, arzonga!

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Osmiy sotiladi, arzonga!

Metallarning narx-navosi va kimyo fanidan xabardor bolgan kishilar mazkur sarlavhani oqib hayron bolishlari turgan gap. Chunki, osmiy metalli qimmatligi boyicha eng oldingi orinlarda turadi. Osmiyning nisbatan keng tarqalgan oddiy izotopining bir grammi taxminan oltin bahosi bilan teng yuradi. Lekin, osmiy-187 izotopi esa qimmatligi boyicha hamma metallarni ortda qoldiradi va atiga bir grammi uchun 200 000 AQSH dollari talab qilinadi. Bundan ham qimmat turadigan yagona metall - kaliforniydir. Unda nega sarlavhada osmiy arzonga sotilishi gapirilyapti deysizmi? Qiziqib qolgan bolsangiz, maqolani oxirigacha oqing.

Yangilаndi: 13.02.2025 08:06
 


Maqolaning 25 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135015

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!